O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Saylov tizimi, saylov jarayoni va saylov organlari


Download 97.57 Kb.
bet8/18
Sana08.11.2023
Hajmi97.57 Kb.
#1754586
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
man

3. Saylov tizimi, saylov jarayoni va saylov organlari
Saylov tizimi - bu saylov o`tkazishga taalluqli barcha huquqiy hujjatlar, saylov tizimi tamoyillari, fuqarolarning saylov huquqlarini o`z ichiga olgan saylov o`tkazish tartiblari hamda ularni o`rnatuvchi huquqiy normalarning yig`indisi tushuniladi.Saylov tizimi davlatning demokratik yoki demokratik emasligini ko`rsatuvchi asosiy omildir. Professor A.X.Saidov: “Saylov tizimi - bu fuqarolik jamiyatida davlatning vakillik organlarini saylash yo`li bilan yuzaga keluvchi davlat jamoat munosabatlari tizimidir” - deb yozadi.Saylov tizimi tor ma'noda saylov natijalariga ko`ra nomzodlar o`rtasida mandatlarni taqsimlash uslubi hisoblanadi. Bunda uslublar bir qancha bo`lib, ularning qo`llanilish yakuniga ko`ra, saylovlar natijasi turli davlatlarda turlicha bo`lishi mumkin.Saylov tizimlari turli tuman bo`lib, bir davlatda amalda bo`lgan saylov tizimlari ikkinchi davlatda o`zini oqlamasligi mumkin. Bir saylov tizimini amalga kiritishdan oldin mamlakatdagi siyosiy kuchlar va etnik guruhlarning muvozanati yaxshilab o`rganilishi lozim. Hozirgi paytda dunyo mamlakatlari tajribasida saylov tizimlarining uch katta guruhi mavjud. Bu majoritar, proporsional va aralash saylov tizimlaridir. Eng keng tarqalgan saylov tizimlaridan biri bu majoritar saylov tizimi bo`lib, saylov natijalarini aniqlashda ko`pchilik ovoz tamoyiliga asoslanadi.
Majoritar saylov tizimi fransuzcha “majorite” (ko`pchilik ) degan so`zdan olingan bo`lib, bunda saylovda ovozlarning ko`pchiligini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadi.Bu tizim qoidalariga binoan, tegishli saylov okrugida belgilangan ko`pchilik ovozni olgan nomzod yoki nomzodlar ro`yxatigina saylovda g`olib chiqqan hisoblanadi. Majoritar saylov tizimi o`z navbatida mutloq, malakali va nisbatan ko`pchilik ovozga asoslangan turlarga bo`linadi.
Mutlaq ko`pchilik saylov tizimi talabi shundan iboratki, nomzod saylangan deb hisoblash uchun u saylovchilarning yarmidan ko`pining qo`llab-quvvatlashishiga, ya'ni 50%+1saylovchilar ovozini olishi lozim. Masalan, saylov okrugida saylanish uchun 3 ta nomzod qo`yilgan deylik (A,B,V). Berilgan 10.000 ovoz quyidagicha taqsimlandi: A- 3000, B- 1990, V -5010. Bunda 5010 ovoz olgan V mutlaq ko`pchilik ovozini olgan hisoblanib, saylovda g`olib chiqadi.Ushbu tizim amalda bo`lgan mamlakatlarda, odatda saylovlar bo`lib o`tganligini tasdiqlash uchun asos bo`ladigan saylovda saylovchilarning qatnashganligining quyi foizi belgilangan bo`ladi. Agar qonun yoki boshqa normativ xujjatlarda belgilangan miqdordagi ovoz beruvchilarni saylovlarda qatnashmasa, saylovlar bo`lib o`tmagan hisoblanadi yoki natijalari yuridik kuchga ega bo`lmaydi. Mutlaq ko`pchilik saylov tizimining yana bir o`ziga xos kamchilik tomoni shundaki, u doim ham birgina turda natija beravermaydi. Bunda gap ko`rsatilgan nomzodlardan birortasi ham belgilangan miqdordagi ovoz to`play olmaganlaridagi holatlar haqida bormoqda. Bunday vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda ko`pchilik mamlakatlarda saylovlarni bir necha bosqichlarda o`tkazilishiga sabab bo`ladi. Bu esa saylovchilarni saylovlarda faol qatnashishlarini susaytirishiga, oxir oqibat saylovlarni soxtalashtirish holatlariga olib kelishi mumkin.Yuqoridagi kamchiliklarga qaramasdan, mutlaq ko`pchilik ovozga asoslangan bu saylov tizimining afzalligi ham mavjud. Bu tizim parlamentdagi ko`pchilik qo`llaydigan barqaror hukumatni tashkil etish imkoniyatini beradi.

Download 97.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling