O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 97.57 Kb.
bet4/18
Sana08.11.2023
Hajmi97.57 Kb.
#1754586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
man

VI bob. Fuqarolik
22-modda.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining uchinchi qismi.Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining ikkinchi qismi.Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi.
23-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi.Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 10 va 11-moddalari.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiq g‘amxo‘rlik qiladi.
24-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.
2. Saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslalari
Demokratik davlatning hokimiyat idoralarini shakllantirishda saylov muhim ahamiyatga ega. “Saylov” o`z mazmuniga ko`ra biron-bir organni (davlat, jamoatchilik, halqaro va hokazolar) ovoz berish yo`li bilan shakllantirish demakdir. Saylov o`zining mohiyatiga ko`ra shunday demokratik jarayonki, unda xalq hamda uning vakillari qonunda belgilangan tartibda hokimiyatni boshqarishga kimni qo`yish yoki chetlatish masalasini o`zi mustaqil hal etadi. Albatta, nodemokratik davlatlarda ham saylovlar o`tkaziladi, lekin odatda formal xarakterga ega bo`ladi. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 2-moddasiga ko`ra “davlatning asosiy hokimiyati bu halqning irodasidir.”
Saylov huquqi fuqarolarning o`z siyosiy huquqlarini amalga oshirishda yaqindan yordam beruvchi siyosiy holatdir. Saylov jarayonlarida yuzaga keladigan turli xil munosabatlarni tartibga solishda saylov huquqidan foydalanamiz. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida: “O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar” deb ko`rsatib o`tilgan.

Download 97.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling