O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 97.57 Kb.
bet5/18
Sana08.11.2023
Hajmi97.57 Kb.
#1754586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
man

Aktiv saylov huquqi, ya'ni saylash huquqi bevosita demokratiyaning bir ko`rinishi bo`lib, u har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o`z vakillarini saylash bilan ishtirok etishini ko`zda tutadi. Bu huquqqa qonunda belgilangan ma'lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli mamlakat fuqarolari ega bo`ladilar. O`zbekistonda saylash huquqiga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan 18 yoshga yetgan barcha O`zbekiston fuqarolari egadirlar.Yosh chegarasi turli mamlakatlarda turlicha belgilanishi mumkin. Masalan, Ma­layziya, Marokash, Boliviyada fuqarolar 21 yoshga to`lganidan keyingina saylash huquqiga ega bo`lishadi. Rossiyada 2002 yil 20 dekabrda qabul qilingan Qonunga ko`ra saylov kunigacha 18 yoshga to`lgan Rossiya fuqarosi saylash huquqiga ega. Fransiyada ham saylov huquqiga ega bo`lish uchun belgilangan yosh 1974 yil 5 iyuldagi qonun bilan 18 yosh qilib belgilangan.Fuqarolik senzi barcha davlatlarda odatiy shartga aylangan bo`lsa-da, ba'zi hollarda bunday senzning yo`qolib ketishini ham kuzatish mumkin. Masalan, o`ziga xos tuzilma bo`lgan Yevropa Ittifoqining Parlamentiga saylovlar paytida Fransiyada bo`lgan Germaniya fuqarosi Fransiyaning Yevropa Ittifoqi Parlamentiga vakili uchun ovoz berish huquqiga ega. Bu qoida Yevropa Ittifoqiga asos solgan 1992 yilgi Maastrixt Shartnomasida ko`zda tutilgan.Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlar saylash huquqidan foydalana olmaydilar ya'ni, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi vaqtincha to`xtatiladi.
Passiv saylov huquqi, ya'ni saylanish huquqiga ham ma'lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli fuqarolar ega bo`ladilar. Turli davlatlarda ma'lum davlat organlariga saylanish uchun belgilangan yosh chegarasi turlicha bo`lishi mumkin.Aktiv saylov, ya'ni saylash huquqidagi yosh senzi ma'lum davlatlarda aholining barcha qatlami uchun bir xil belgilansa, passiv saylov huquqida yosh senzi nomzodning qaysi organga saylanayotganligiga qarab turlicha belgilanishi mumkin. O`zbekistonda fuqarolar Mahalliy Kengash deputatligiga saylanish huquqiga ega bo`lish uchun 21 yoshga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi va Senatiga saylanish uchun 25 yoshga, Res­publika Prezidentligiga saylanish uchun esa 35 yoshga yetgan bo`lishi kerak. Masalan, Fransiyada Milliy Majlis deputatligiga, Respublika Prezidentligiga va Yevropa Parlamentiga nomzodi qo`yilgan shaxs 23 yoshga to`lgan bo`lishi, Senatga saylanish uchun esa 35 yoshga to`lgan bo`lishi shart. Undan tashqari barcha nomzodlarning harbiy xizmatni to`liq o`tagan bo`lishi ham talab qilinadi.Saylanish huquqi ham ba'zi mamlakatlarda ancha yuqori bo`lishi mumkin. Masalan, Italiyada senator bo`lish uchun nomzodning 40 yoshga to`lgan bo`lishi talab qilinadi.Saylanish huquqiga ega bo`lish uchun yana boshqa shartlar ham qo`yilishi mumkin. Masalan, Yevropa Parlamentiga nomzodi qo`yilgan fransuz fuqarosidan 1500 yevro garov summasi talab qilinadi. O`zbekiston Respublikasida Prezident bo`lib saylanish uchun nomzod O`zbekistonda kamida oxirgi 10 yil ichida doimiy yashagan bo`lishi va davlat tilini yaxshi bilishi kerak. Oliy Majlisning quyi va yuqori palatalariga deputatlikka saylanish uchun nomzod kamida so`nggi besh yilda O`zbekistonda doimiy yashagan, qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun avval sudlanmagan bo`lishi kerak. Ko`pchilik mamlakatlarda saylovlar to`g`ri va egri ko`rinishlarga bo`linadi. To`g`ridan-to`g`ri ovoz berish nomzodlarga ovoz berishning eng ko`p tarqalgan saylov turi hisoblanadi. To`g`ri saylovlarda saylovchi va nomzod o`rtasida hech qanday oraliq instansiya mavjud bo`lmay, saylovchining hohish irodasi bevosita ifodalanadi. Bu holatda saylov huquqiga ega bo`lgan fuqaro saylanish asosida ega bo`linadigan lavozimga qo`yilgan nomzodga bevosita ovoz beradi. To`g`ri, saylovlar jahonning ko`pchilik mamlakatlari parlamentining quyi palatalariga va barcha mamlakatlar prezidentligiga bo`ladigan saylovlarda qo`llaniladi.To`g`ri saylovlar mamlakatimizda Prezidentlikka, Oliy Majlisning quyi palatasi – Qonunchilik palatasi deputatligiga va halq deputatlari viloyat, tuman hamda shahar kengashlari deputatligiga bo`ladigan saylovlarda qo`llanilib, bunda fuqarolar va nomzodlar o`rtasida hech qanday oraliq instansiya mavjud emas.

Download 97.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling