O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Malakali ko`pchilik saylov tizimi


Download 97.57 Kb.
bet9/18
Sana08.11.2023
Hajmi97.57 Kb.
#1754586
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
man

Malakali ko`pchilik saylov tizimi amalda bo`lgan mamlakatlarda nomzod yoki nomzodlar muayyan okrugdan malakali ko`pchilik (2/3 qism yoki 65 %) ovoz to`plaganlarida saylangan hisoblanadi. Bunday saylov tizimi juda ham kam uchraydi, chunki mazkur tizim o`z xususiyatiga ko`ra juda ham kam natija beradi, ya'ni nomzodlar doim ham belgilangan miqdordagi saylovchilarni ovozlarini to`play olmaydilar, buning natijasida saylov ko`plab turlar asosida o`tkazilishiga olib keladi. Xozirda Chili Parlamentining quyi palatasiga saylovlarda mazkur tizimdan (2/3qism) foydalaniladi, shuningdek, bir muddat oldin Italiyada ham bir mandatli saylov okruglaridan saylanuvchi senatorlar ham saylovchilarning 65 foizini qo`llab quvvatlashiga erishishi talab qilinar edi.Tarixdan ma'lumki, dastlabki saylov tizimi sifatida majoritar saylov tizimi vujudga kelgan. Ushbu tizimga ko`ra nomzod belgilangan me'yordan ko`proq ovoz olganda saylangan hisoblanadi.
Nisbiy ko`pchilik saylov tizimi boshqa saylov tizimlariga nisbatan ancha sodda hisoblanib, bunday tizim amalda bo`lgan mamlakatlarda, saylovda qatnashayotgan nomzodlardan qaysi biri raqiblariga nisbatan ko`proq ovoz olsa u saylangan hisoblanadi. Ushbu tizim o`zining xususiyatiga ko`ra faqat bir turda natija berishligi bilan samaralidir. Nisbiy ko`pchilik saylov tizimida faqat bir holatda ikki yoki undan ortiq nomzodning bir xil ovoz olganlaridagina g`olib aniqlanmay qolishi mumkin, lekin bunday holat juda ham kam uchraydi. Ushbu tizim jahonning 150 mamlakatida qo`llanib, odatda saylov bo`lib o`tganligi uchun asos sifatidagi saylovchilarning qatnashish me'yori belgilanmaydi: agar saylovda birgina saylovchi qatnashgan bo`lsa ham saylovlar bo`lib o`tgan hisoblanadi.
Proporsional saylov tizimi saylovlarda keng omma vakillarini ishtirokini ta'minlash maqsadida kiritilgan saylov tizimi bo`lib, Yevropa, Lotin Amerikasi davlatlarining ko`pchiligida, Afrika davlatlarining uchdan bir qismida uchraydi.Bu tizimning asosiy maqsadi saylovlarda olingan ovozlar bilan amalda parlamentda egallangan mandatlar mutanosibligini ta'minlashdir. Ya'ni, masalan, bir partiya saylovda 30% ovoz olgan bo`lsa, parlamentda 30% mandatga ega bo`lishi kerak.Proporsional saylov tizimlarining ko`pchilik ovoz tamoyiliga asoslangan majoritar saylov tizimlaridan assosiy farqi ham shunda.Proporsional saylov tizimlarida katta-katta saylov okruglari tuzilib, har bir saylov okrugidan bir nechta deputatlar saylanadi. Saylov okruglari qancha katta bo`lsa, olingan ovozlar va egallangan mandatlar shunga mutanosib bo`ladi.
Bu tizimda har bir partiya o`z nomzodlari ro`yxatini tuzadi va saylovchilar alohida olingan nomzodga emas, balki ma'lum partiya ro`yxatiga ovoz beradi. Ba'zi hollarda saylovchilarga nomzodlarga nisbatan o`z munosabatlarini bildirishga ham imkoniyat berilishi mumkin.Saylovlar natijasini aniqlashda har bir deputatlik mandatini olish uchun zarur bo`lgan ovozlar miqdori belgilanadi. Bu miqdor har bir saylov okrugi uchun alohida qilib belgilanishi yoki butun davlat hududi uchun bir xil bo`lishi ham mumkin. Proporsional tizimning asosiy vazifasi ovozlar va mandatlar mutanosibligini ta'minlash yo`li bilan ozchilikning ham manfaatlarini ta'minlash hisoblanadi. Proporsional saylov tizimida partiya ro`yxatlari bo`yicha ovoz berishni ro`yxatlarning xarakteriga qarab qat'iy, qat'iy bo`lmagan va o`zgaruvchan ro`yxatlar bo`yicha turlarga bo`lish mumkin. Qat'iy ro`yxatlar asosida ovoz berish proporsional saylov tizimini qo`llaydigan davlatlarda eng ko`p tarqalgan bo`lib, bunda saylovchilar muayyan partiya tomonidan taqdim etilgan ro`yxatda ko`rsatilgan nomzodlar o`rnini o`zgartirishga, ya'ni o`zlari afzal ko`rgan nomzodni birinchi o`ringa qo`yishga haqli bo`lmaydilar.Ba'zida saylov bulleteniga deputatlikka nomzodlar familiyalari kiritilmay, faqatgina partiya rahbarining familiyasi va partiya ramzi kiritilishi mumkin. Bu usulda ovoz berishga Janubiy Afrika Respublikasida 1994 yilda o`tkazilgan saylovlar misol bo`la oladi. Bunday ovoz berishda saylovchilar o`zlari tanlagan partiya ro`yxatiga ovoz berish bilan cheklanadilar. Bu usulda ovoz berish boshqacha tarzda saylanishi qiyin bo`lgan ozchilikning hamda ayollarning saylovda g`olib chiqishiga imkon tug`dirsada, deputatlikka loyiq bo`lmagan nomzodlarning saylanib qolishiga sabab bo`lishi mumkin.Partiya ro`yxatlari bo`yicha ovoz berishning ikkinchi turi bu qat'iy bo`lmagan ro`yxat asosida ovoz berishdir. Bunda saylovchilar o`zlari tanlagan partiya ro`yxatini yoqlab ovoz berishdan tashqari bu ro`yxatdagi nomzodlar o`rnini almashtirish imkoniyatiga ham egalar. Saylovchilarga nomzodlarni tanlash imkoniyatining borligi bu usulning afzalligi bo`lsada, bu partiya ichida kelishmovchilikning kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin.

Download 97.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling