O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 97.57 Kb.
bet12/18
Sana08.11.2023
Hajmi97.57 Kb.
#1754586
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
man

Saylov uchastkalari. Saylov uchastkalari ovoz berishda o`zida muayyan joydagi saylovchilarni birlashtiradigan hududiy birliklardir. Bu birliklar faqat texnik axamiyatga ega, ya'ni saylov uchastkalari saylov jarayonlarini o`tkazishda samarali natijaga erishishni ta'minlovchi institutlardir. Ularni tartibga solish odatda, qonun bilan emas, balki qonun osti aktlari – ko`pincha ichki ishlar vazirligi instruksiyalari bilan tartibga solinadi.O`zbekiston Respublikasida Respublika Prezidentligiga, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarda saylovchilarga mumkin qadar ko`proq qulayliklar yaratish maqsadida tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda saylov uchastkalari tuziladi, ularning chegaralari tegishli saylov okruglari doirasilan chiqib ketmasligi kerak.O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari xuzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin yerlardagi fuqarolar turgan joylarda alohida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Ularni qaysi saylov okrugiga biriktirish to`g`risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi. Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining, xarbiy qismlarda qismlar yoki harbiy qo`shilmalar komandirlarining, xorijiy mamlakatlarda Respublika Tashqi Ishlar Vazirligining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan kamida 20 nafar va ko`pi bilan 3 ming nafar saylovchidan iborat tarkibda tashkil etiladi. Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tegishli hokimlik tomonidan bino ajratiladi.
Saylov organlari. Ushbu organlarga (komissiya, byuro, prezidium va boshqalar) saylov jarayoni ustidan tashkiliy rahbarlik vazifasi yuklatilgan bo`ladi. Saylov organlari turlicha bo`lishi mumkin:
- hududiy, jumladan markaziy. Ularning tizimi mamlakatning siyosiy-hududiy tuzilish tizimidan kelib chiqadi;
- okrug saylov organlari. Bu organ saylov okrugi siyosiy-hududiy birlik bilan muvofiq kelmaganda amal qiladi;
- saylov uchastkalarida amal qiluvchi organlar.
Saylov uchastkalari organlari odatda, saylovchilarni ro`yxatga oladi yoki ularni ro`yxatga olishdagi xatoliklarni bartaraf qiladi, ovoz berishni tashkillashtiradi va saylov uchastkasi yuzasidan saylov natijasini aniqlaydi. Okrug saylov organlari ilgari surilayotgan nomzodlarni ro`yhatga oladi, saylov oldi kampaniyasini normal kechishini ta'minlaydi va okrug yuzasidan saylov natijalarini aniqlaydi. Hududiy saylov organlari saylov okruglari mavjud bo`lgan taqdirda saylov natijalarini umumlashtiradi va o`sha hudud ommaviy axborot vositalarida chop etadi, agar saylov okruglari bo`lmasa, saylov okruglari vazifasini bajaradi. Umumxalq saylovlarida tashkil etiladigan okrug saylov organlari uchastka saylov organlari faoliyatini nazorat qiladi, ba'zi hollarda o`zining hududida uchastka saylov organining vazifasini bajaradi ( maslan, Avstraliya).O`zbekiston Respublikasida mazkur organlar saylov komissiyalari deb yuritiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovlarda Markaziy, okrug va uchastka saylov komissiyalari, halq deputatlari Kengashlariga saylovlarda viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari, shuningdek okrug hamda uchastka saylov komissiyalari tuzilishi mumkin.Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovlarini, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Referendumini tashkil etish va o`tkazish uchun tuziladi hamda o`z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis tomonidan tashkil etilib uning a'zolari Qoraqolpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, halq deputatlar viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo`yicha komissiya tarkibiga kiradi.O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis deputatlari saylovlarini, shuningdek O`zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o`tkazish uchun tuziladi hamda u o`z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Qonunda belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, siyosiy partiyalar va bevosita fuqarolar egadirlar. Okrug saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, halq deputatlari Kengashlariga saylovlarda tegishli viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 70 kun qolganda komissiyaning rais, rais o`rinbosari, kotibi va 6 – 8 nafar boshqa a'zolardan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, halq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.Uchastka saylov komissiyalari okrug saylov komissiyalari tomonidan, halq deputatlari Kengashlariga saylovlarda tegishli tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan saylovga kamida 40 kun qolganda 5-19 nafar a'zodan, shu jumladan rais, rais o`rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi (komissiya tarkibining soni zarur hollarda ko`paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin). Agar komissiya 7 nafargacha a'zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar halq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini idora rahbari amalga oshiradi.Saylov komissiyalarini a'zolari bir komissiyaga a'zolik davrlarida boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning a'zosi bo`lishlari mumkin emas.

Download 97.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling