O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


Kurs ishining maqsad va vazifalari: bilishda


Download 100.61 Kb.
bet2/8
Sana21.11.2023
Hajmi100.61 Kb.
#1792390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI NA\'MUNA 2

Kurs ishining maqsad va vazifalari: bilishda subyekt – obyektning o’rnini aniqlash, ijtimoiy – gumanitar bilish haqida bilimga ega bo’lish va ijtimoiy – gumanitar bilishda subyekt – obyektning o’rnini aniqlash va tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lish.
Kurs ishining obyekti: bilish jarayoni bo’lib, bilishning o’ziga xosligi va metodlarini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining predmeti: bilishda subyekt - obyekt muammosi bo’lib, subektga va obyektga turli davrlarda berilgan ta’rif, munosabat bilib olish.

I BOB. Bilish jarayonida subyekt va obyektning namoyon bo’lishi


1.1 Bilishda subyekt va obyektning o’rni. Subyekt- obyekt munosabatlari.

Falsafaga bilim va bilish xarakteristikasi uchun qulay bo’lgan «subyekt» va «obyekt» tushunchalari kiritilgan. Umumfalsafiy jihatdan «obyekt» tushunchasi tashqi olam, borliq, voqelik va, xususan, moddiylikni ifodalaydi, «subyekt» esa insonni, shaxs, individni anglatadi, degan qarashga mutaxassislar e’tiroz bildirishmaydi. Ammo sof bilish jarayoni tahlil etilayotganida obyekt va subyekt munosabatlari nihoyatda serqirra ekanligi ko’zga tashlanadi. Xo’sh, inson bilishining subyekti va obyekti nima? Ularning o’zaro munosabatlari qanday?


Umumiy ma’noda aytganda, inson bilishning subyekti (sohibi)ni, insonni qurshab turgan borliqesa bilishning obyektini tashkil etadi. Lekin biz bilamizki, abstrakt inson ham, abstrakt borliqham yo’q va bo’lmaydi. Shu sababli bilishning subyektini borliqdagi predmet va hodisalar bilan bevosita yoki bavosita muayyan tabiiy va ijtimoiy munosabatlarda bo’luvchi, jamiyatning aniq bosqichiga xos, ijtimoiy mohiyatga ega bo’lgan aniq bir kishi yoki kishilar guruhi tashkil qiladi. Bilishning obyektini esa, subyektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishi qaratilgan borlikdagi aniq predmetlar, hodisa va jarayonlar tashkil etadi. Bilishning subyekti va obyekti bilan bir qatorda, bilishning predmeti ham mavjuddir. Bilishning predmeti — bu bilish obyektining subyekt bilishi qaratilgan, subyektning bilish faoliyati doirasigakirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridir.
Bilishning subyekti, obyekti va predmeti o’zgarmas, qotib qolga narsalar emas, balki bilish jarayonida ular doimo o’zgarib boradi. Shu bilan birga, ayni bir vaqtdagi va ayni bir makondagi subyekt va obyekt boshqa bir vaqt va boshqa bir makonda subyektva obyekt munosabatida bo’lmasligi mumkin. Insonning bilishi jarayonida subyekt bilishi zarur bo’lgan obyektini bilib olgach, bu obyekt subyektning bilish doirasidan chiqariladi va u endi bilishning obyekti bo’lmay qoladi. Insonning bilishi ana shu «subyekt obyekt-predmet» munosabatlari asosida yuzaga keluvchi ijtimoiy-tarixiy jarayondir. Inson bilishining tabiatini ayni shu «subyekt-obyekt-predmet»lar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish asosida to’g’ri tushunish mumkin. Bunda doimo subyektning faolligi muhim
rol o’ynaydi. Bilishda subyektning bu faolligi uning muayyan maqsadga qaratilgan amaliy-ijtimoiy bilish faoliyatida namoyon bo’ladi. Chunki inson borliqni faqat bilib olish uchungina o’rganmaydi, balki u borliqva uning qonunlarini bilib olishi bilan tabiatga va jamiyatga hamda o’ziga faol ta’sir ko’rsatib, tabiatni, jamiyatni va o’zini o’zgartirib boradi. Bu inson bilishining amaliyot bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Aslida, inson bilishi uning hayoti jarayonidagi amaliy faoliyati asosida vujudga keladi. Inson o’z amaliy va nazariy faoliyati jarayonida borliq vauning qonunlarini hamda o’zini bilib boradi. Tabiatshunoslikda borliq, obyektiv reallik, moddiy obyektlar inson bo’lmasa ham yashayveradi degan fikrga hech kim e’tiroz bildirmasligi mumkin. Bilish nuqtai nazaridan subyektsiz hech qanday gnoseologik jarayon ro’y bermaydi. Bilishda subyektning o’zi bir vaqtda ham obyekt, ham subyekt vazifasini bajarishi mumkin bo’lgan tushunarsiz holatlar ko’plab uchraydi. Xo’sh subyekt nima?

Download 100.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling