O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


Gnoseologiyada subyekt tushunchasi obyekt tushunchasi bilan o’zaro bog’liqligi


Download 100.61 Kb.
bet5/8
Sana21.11.2023
Hajmi100.61 Kb.
#1792390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI NA\'MUNA 2

1.2 Gnoseologiyada subyekt tushunchasi obyekt tushunchasi bilan o’zaro bog’liqligi
Gnoseologiyada subyekt tushunchasi obyekt tushunchasi bilan o’zaro bog’liq deb qaraladi. Tabiiyki, agar subyekt bilish jarayonida faol tomon bo’lsa, obyekt subyekt faoliyati yo’naltirilgani uchun nisbatan passiv tomondir. Mushohadaviy falsafa bilish obyektini hech bir inson faoliyatiga kirmaydigan tashqi subyekt sifatida olib qaragan. Bu falsafada obyekt faoliyatning emas, balki passiv mushohadaning obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Bunda tashqi dunyoni bilishga qaratilgan subyektning faol faoliyati zaruriy shart hisoblanadi. Bunday faoliyat yordamida obyektiv reallikning u yoki bu fragmenti anglanadi va ular subyekt shaxsiy faoliyati shakllari qaratilgan bilish obyekti hisoblanadi. Agar bilish o’zining pirovard natijasiga ko’ra voqelikning in’ikosi bo’lsa, jarayonga ko’ra bilish subyekt tomonidan tashqi dunyoni faol ravishda qayta ishlab chiqarish hisoblanadi va u voqelikning turli shakl va xususiyatlarini aks ettirishga qaratilgan. Shu ma’noda, inson bilimi tashqi dunyoning o’z ongiga ta’sir qilishining oddiygina natijasi emas, balki insonning faol bilish va atrofni amaliy o’zgartirish faoliyatining natijasidir.
Masalan, quruvchi toshni muayyan binoning, qurilishning parchasi deb qabul qilishi mumkin. Lekin bu toshga geolog nazar solsa, uning uchun u ko’plab mushohadaga loyiq obyektlar dunyosi bo’lib ko’rinadi. Nima uchun? Chunki, toshning geolog tomonidan bunday tasavvur etilishi geologiya fanining butun o’tmish tajribasi, geologning nazariy va amaliy faoliyatidagi bilimlari bilan izohlanadi. Qorni shimol yoki janub kishisi tomonidan idrok etilishi misoli ham juda keng tarqalgan. Shimol kishisining qor turlarini yaxshi bilishi o’tmish avlodlar tajribasi va amaliyoti bilan bog’liqdir. Aytish mumkinki, ibtidoiy davr odamining dunyosi mushohada obyekti sifatida hozirgi davr kishisi bilimiga nisbatan, o’z tarkibiga ko’ra, ancha qashshoqdir. Chunki obyektlar xilma-xilligini ajrata olish qobiliyati inson amaliy faoliyatining murakkablashuvi tufayli shakllandi.
«Subyekt» va «obyekt» sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif kabilarga o’xshab juft tushunchalardir. Agar biz sabab sifatida biron narsani ajratib ko’rsatsak, demak oqibatning mavjudligini ham e’tirof etgan bo’lamiz va aksincha. Xuddi shunday subyekt hamisha obyektni, obyekt esa doimo subyektni taqozo qiladi. Bu bilan biz majburiy ravishda quyidagi formulaga yaqin kelamiz: «Subyektsiz obyekt yo’q». Uni o’z davrida S.Avenarius «obyekt» deganda tabiat, materiyani tushungan holda e’tirof qilgan edi. Biroq, bunday xulosa chiqarishga shoshilmaslik lozim, chunki u asta-sekin subyektiv idealizmga olib boradi. Gap shundaki, S.Avenarius uchun subyekt tushunchasi ong tushunchasi bilan bir xil, obyekt tushunchasi esa materiya tushunchasi bilan aynandir, bundan xulosa kelib chiqadiki, materiyaning mavjud bo’lishi ongga bog’liqdir4.
«Subyekt» va «obyekt» juft tushunchalar sifatida qarama-qarshiliklar birligini aks ettiradi. Ular o’rtasida sodir bo’lib turadigan doimiy ziddiyatlarning hal qilinishi subyekt tomonidan obyektning amalda o’zgartirilishi, uni insonning ongli xohish-istagiga bo’ysundirilishi yordamida ro’y beradi. Biroq, ularning o’zaro aloqadorligida subyektning xohishini belgilovchi maqsadi ham o’zgaradi va ziddiyat qaytadan yangilanaveradi.
Inson faoliyati evolyusiyasi davomida uning bo’linishi (differensiya) sodir bo’ladi. Bilish faoliyati amaliydan ajrab chiqadi va inson ruhiy amaliy faoliyatining mustaqil turiga aylanadi. Bilish jarayoni, real narsalar xossa-xususiyatlarini subyekt tomonidan sun’iy ravishda yaratiladigan vositalarning o’ziga xos sistemasi yordamida bevosita aks ettirilishi, qayta hosil qilinishiga qaratilgandir. Bilish jarayonida subyektning faolligi vositachi predmetlar bilan yangilik yaratish va ish ko’rishga tomon yo’naltirilgan. Inson asboblar, o’lchov uskunalari yasaydi, ilmiy nazariyalar, modellar, belgilar tizimi, timsollar, ideal obyektlar va h.k.lar barpo qiladi.
Ushbu faoliyatning barchasi bilinayotgan obyektni bevosita o’zgartirishga emas, balki uni bilishda to’g’ri aks ettirishga qaratilgandir. Ilmiy-nazariy ongning xususiyati shundaki, u bilim shakllarini oddiygina qayd etmaydi, balki ularni o’z faoliyatining obyekti qiladi. Ilmiy-nazariy ong ba’zi umumiy tushunchalar, abstraksiyalar, qonunlarni oddiygina ajratib beribgina qolmasdan, ularni o’z asosida qayta tiklaydi, o’z norma va tamoyillariga muvofiq ravishda shakllantiradi. Agar amaliy ongda abstraksiyalarni ishlab chiqish bevosita, real hayot «to’qimalari»ga singdirilgan bo’lsa, fanda esa abstraksiyalarning shakllanish va mukammallashuvi o’ziga xos normalar va qoidalar bilan boshqariladigan maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga aylanadi.
Bilish jarayonining avtonomligi nisbiydir. Subyektning bilish faoliyati obyektni aks ettirishga, uning ongda hosil qilinishiga shunday bog’langanki, u hamma vaqt amaliy faoliyat bilan aloqadordir. Uning o’zi bilish jarayonining asosi va harakatlantiruvchi kuchi, shuningdek, ushbu faoliyat natijasida olingan bilimning haqiqiylik mezoni ham bo’lishi mumkin.
Bilish jarayoniga subyekt va obyekt kategoriyalari orqali qarash bir qator muhim gnoseologik g’oyalarni aniqlashga yordam beradi. Birinchidan, bu in’ikos prinsipini bilish jarayonining ijodiy, faol xarakterini e’tirof etishga olib keladi. Inson tashqi dunyoni uning ongida qachon aks etishini kutib turmaydi. Uning o’zi subyektiv dialektika qonunlariga tayanib, bilish strukturasini ishlab chiqadi va amaliy faoliyat davomida ularning obyektiv voqelikka mosligini tekshiradi. Bilish strukturasini yaratish ijodni, sermahsul mehnatni va obyektni erkin tanlash, baholash va o’zini namoyon qilishni talab qiladi. Bilishda hamisha insonning ong faoliyati, subyektning bilish va amaliy maqsadlarini amalga oshirish sodir bo’ladi.
Ikkinchidan, bu har qanday bilim turi obyektiv dunyoning subyektiv obrazi ekanligini, bilish jarayonida subyektivlik va obyektivlik dialektikasini anglashga yordam beradi. Subyektivlik subyektga xos bo’lgan narsadir, uning subyektiv faoliyat mahsulidir. Shu ma’noda, bilish obrazi subyekt faoliyatining mahsuli bo’lib, subyektivlik elementini, nafaqat, bilishni ifodalash shaklida, balki uning mazmunida ham o’z ichiga qamrab oladi. Biroq, subyekt faoliyati obyektga qaratilgani uchun obyektni adekvat aks ettirishni ham o’z maqsadi qilib oladi. Bilimning mazmuni bilish jarayonining amaliyotga bog’liqligiga ko’ra, oxir oqibatda bilishda belgilovchi bo’lgan obyektiv momentni ham o’z ichiga oladi. Bilish obrazi bilish obyektiga, boshqa tomondan esa, subyektning bilish faoliyatiga bog’liq bo’lmasligi mumkin emas, subyektivlik va obyektivlik ziddiyati obrazning ichki strukturasini tashkil qiladi. Xuddi shuning uchun bilishning barcha bosqichlarida bilish obrazi obyektiv olamning subyektiv timsoli sifatida xarakterlanishi mumkin.
Va nihoyat, aynan subyekt obyekt munosabati bilish jarayonining sotsial bog’liqlik mexanizmini ochishga yordam beradi. Aynan subyekt bilish jarayonining faol tomoni bo’lganligi uchun, sotsial tabiatga ega, u tomonidan yaratiladigan bilish strukturalari nafaqat obyekt to’g’risidagi axborotga ega, balki ijtimoiy taraqqiyotning holatini, jamiyatning ehtiyojlari va maqsadlarini ham aks ettiradi. Subyektning obyektga munosabati subyektlararo munosabatlar bilan ham bog’liqdir. Aynan ana shunday munosabatlar doirasida bilimning obyektivlashuvi uning moddiy qobiq ichida mustahkamlashuvi, ijtimoiy boylik va mulkka aylanishi sodir bo’ladi. Shu munosabat bilan ta’kidlash mumkinki, ilmiy gnoseologiyada, an’anaviy nazariy bilish muammosi tubdan qayta ko’rib chiqilmoqda, uning vazifasi va tadqiqot usuli o’zgarmoqda.



Download 100.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling