O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


Ijtimoiy bilishda subyekt va obyektning o’ziga xos xususiyatlarini namoyon bo’lishi


Download 100.61 Kb.
bet7/8
Sana21.11.2023
Hajmi100.61 Kb.
#1792390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI NA\'MUNA 2

2.2 Ijtimoiy bilishda subyekt va obyektning o’ziga xos xususiyatlarini namoyon bo’lishi
Ijtimoiy bilishda obekt va subekt dialektikasi ilmiy bilish shakllaridan birini ijtimoiy bilish tashkil qiladi. Xo’sh, ijtimoiy bilish va uning o’ziga xos tomonlari nimalardan iborat? Falsafiy bilimlar ijtimoiy bilishni to’laligicha qamrab oladimi? Ijtimoiy bilishda falsafaning o’rni qanday? Ushbu savollarga javob berish taqozo etiladi. Ma’lumki, o’tmishda mutafakkirlar jamiyat rivojlanishi va uning qonuniyatlarini o’rganish muammolari bilan qiziqib kelganlar. XIX asrning boshlariga qadar ularning qarashlari jamiyatni faqat nazariy jihatdan izohlashdangina iborat bo’lgan. Keyinchalik, fan va texnika, ishlab chiqarish usullari va sanoatning keng rivojlanishi natijasida jamiyat va uning tuzilmalari rivojlanishining qonuniyatlarini har taraflama o’rganish davr talabiga aylandi. Jamiyat rivojlanishi qonuniyatlariga oid masalalar asosan ijtimoiy-gumanitar fanlarga daxldor bo’lib, bu falsafa fani oldida turgan vazifalarni ham belgilab olish imkonini beradi. Ijtimoiy bilish – jamiyatni bilish demakdir. Ijtimoiy bilish bilishning boshqa shakllari – tabiatni bilish, inson tafakkurini yoki koinotni bilishdan farq qilib, o’ziga xos murakkab jarayondir. Jamiyat tabiatning bir qismi, taraqqiyotning oliy mahsulidir. Jamiyat rivojlanishi va taraqqiyoti tabiat tarixiy taraqqiyotining bevosita davomidir. Tabiat rivojlanishi qonunlari bilan ijtimoiy taraqqiyot qonunlari o’rtasida ko’pgina umumiy tomonlar mavjud. Shu bilan birga, jamiyat va tabiat qonunlari o’rtasida ham tafovut bor. Jamiyat ham tabiat kabi obektiv, o’z tuzilishi va taraqqiyot qonunlariga ega bo’lgan ijtimoiy organizmdir. Jamiyat qonunlari o’z xususiyati va mohiyatiga ko’ra, tabiat qonunlaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:
1) tabiat qonunlari olamdagi narsa va hodisalarning, stixiyali kuchlarning o’zaro ta’siri shaklida namoyon bo’lsa, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari ongli shaxslar – kishilarning faoliyati orqali namoyon bo’ladi;
2) tabiatda sharoitning o’zgarishi bilan yangi qonunlarning kelib chiqishi odatda, million yoki milliard yillar davomida amalga oshsa, jamiyat qonunlari jamiyat sharoitining o’zgarishi bilan tez o’zgaradi;
3) tabiat yangi qonunlarining kashf qilinishi va qo’llanilishi ancha tekis amalga oshadi va bevosita ijtimoiy larzalarga olib kelmaydi9.
Ijtimoiy taraqqiyot qonunlari esa aksincha, kishilarning ijtimoiy munosabatlari va manfaatlariga ta’sir qiladi. Tabiat va jamiyat qonunlarining ushbu farqli tomonlaridan tabiat qonunlari obektiv, jamiyat qonunlari esa subektiv degan xulosa qilish kerak emas. Jamiyat qonunlari ham tabiat qonunlari singari kishilarning irodasi va ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, ma’lum sharoitda kishilar bu qonunlarni bilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin. Lekin bu qonunlarni ular bekor yoki yo’q qila olmaydilar. Shu bois, jamiyat qonunlari kishilar ongi, faoliyati bilan bog’liq bo’lishiga qaramay ular ham obektivdir. Jamiyat qonunlari ma’lum taraqqiyot bosqichiga aloqador bo’lib, jamiyat o’zgarishi bilan eski qonunlar yangi qonunlarga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini bilish, hayotning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarida namoyon bo’layotgan ziddiyatlarni chuqur va atroflicha anglab, ularni o’z vaqtida bartaraf etish, jamiyatni ilmiy asosda boshqarish, insonlarning baxt-saodati, istiqboli uchun zarur barcha narsalarni yaratib berishning asosiy omillaridandir.
Shuningdek , ijtimoiy bilish o’ziga xos jihatlari bilan bilishning boshqa shakllaridan farq qiladi.
Ular quyidagilarda namoyon bo’ladi:
birinchidan, ijtimoiy jarayonlarning (ijtimoiy bilish obektining) o’zgaruvchan xarakterda ekanligi;
ikkinchidan, ijtimoiy bilish obektining bilish subektiga faol ta’sir etishi;
uchinchidan, ijtimoiy falsafa tarafdan o’rganiladigan obektiv qonuniyatlarsiz, barcha davlatlar, xalqlar, mamlakatlar tarixiga taalluqli umumiy rivojlanish qonunlarini aniqlashning mushkulligi;
to’rtinchidan, kishilar o’rtasida davom etayotgan cheksiz ijtimoiy munosabatlar ichidan muhimlarini nomuhimlaridan ajra bilish, aks holda ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmasligi;
beshinchidan, ijtimoiy bilishning ma’lum ma’noda jami yat tuzumiga bog’liqligi;
oltinchidan, ijtimoiy hodisa va holatlarning jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida yuzaga kelishi;
ettinchidan, ijtimiy bilish ijtimoiy rivojlanishning obektiv yo’nalishlariga asoslangan holda, jamiyatning kelajagini ham o’zida aks ettirishi bilan farq qiladi.
Ijtimoiy bilishning obekti keng ma’noda bir butun jamiyat bo’lib hisoblanadi. Ilmiy falsafa va falsafada jamiyat tushunchasining o’zi ham keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda bu tushuncha tabiatdan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi, o’z-o’zidan rivojlanib turadigan kishilar hayotiy faoliyatining majmuini ifodalaydi. Tor ma’noda esa u kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tuzumning aniq turini anglatadi. Jamiyat – tabiat tadrijiy taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga kelgan, ongli faoliyatga ega bo’lib, o’z faoliyatini biron-bir maqsadni amalga oshirish uchun qaratgan kishilarning ijtimoiy munosabatlaridan iborat murakkab tizimdir. Tabiat taraqqiyotining oliy mahsuli bo’lgan jamiyatni kishilarning faoliyati yaratadi, shu bilan birga odamning o’zi ham tarixning, ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarning mahsulidir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish faoliyati asosida vujudga kelgan. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’zaro ijtimoiy aloqa va munosabatda bo’ladilar. Bu aloqa va munosabat barcha ijtimoiy munosabat (siyosiy, axloqiy, huquqiy, mafkuraviy va boshqalarning asosini tashkil qiladi. Jamiyatning tuzilishi, tarkibi juda ko’p elementlardan tashkil topgan. Ijtimoiy bilishda bu elementlarning eng muhimlari uning obekti va subektidir. Ijtimoiy bilish jarayoni mana shu obekt va subektning o’zaro ta’siri va munosabatlari asosida yuzaga keladi. Ijtimoiy bilishning obekti – keng ma’noda bir butun jamiyat, uning moddiy va ma’naviy hayoti, umumiy taraqqiyoti qonunlari va asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Tor ma’noda esa – jamiyatning muayyan bosqichidagi ijtimoiy-iqtisodiy tizim, unga xos ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari, ularning sharoiti, rivojlanish va o’zgarish qonunlari, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy munosabatlar, jamiyatda sodir bo’layotgan aniq voqea va hodisalardir. Jamiyat bir vaqtning o’zida ijtimoiy bilishning ham subekti, ham obekti sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Ijtimoiy bilishning subekti, keng ma’noda, kishilar va insoniyat, ya’ni bir butun jamiyatdir. Tor ma’noda esa, ijtimoiy bilishning subekti ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy bosqichdagi aniq shaxs, kishilar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, ijtimoiy qatlamlar, siyosiy partiyalar, harakatlar, muayyan jamoa va boshqa shu kabilardir. Ta’kidlash joizki, jamiyatda sodir bo’layotgan voqea va hodisalar o’z-o’zidan ijtimoiy bilishning obekti bo’lavermaydi, balki ular kishilarning bilish faoliyati doirasiga kirgan chog’da ijtimoiy bilishning obektiga aylanadi. Subekt to’g’risida ham shuni aytish mumkin. Shaxslar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoalar o’z-o’zidan ijtimoiy bilishning subekti bo’la olmaydi. Ular o’z qarashlarini biror ijtimoiy voqea yoki hodisaga yo’naltirgan paytdagina, ijtimoiy bilishning subekti bo’la oladilar. Ijtimoiy bilishning obekti, ular o’rtasidagi aloqadorlik har doim muayyan tarixiy shart-sharoitlar bilan bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy bilishning murakkab tomoni shundaki, u ijtimoiy jarayonlarni bilishning subektiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi, chunki ijtimoiy bilishning subekti bo’lgan inson ijtimoiy guruhlar manfaatlariga ma’lum darajada ta’sir etadi. Ijtimoiy bilish jamiyatda hukmron bo’lgan mafkuraga ham bog’liqdir. Masalan, o’rta asrlarda dinning hukmronligi, shuningdek, sobiq Ittifoq davrida kommunistik partiyaning hukmronligi falsafa va boshqa ijtimoiy-huquqiy fanlarni o’ziga bo’ysundirganligini ko’rsatish mumkin. Bilish ijtimoiy subyektlararo faoliyat sistemasi bo’lgan umumiy hodisadir, uning doirasida subyekt faoliyatini aniq usullari ham o’ziga xos o’rin egallaydi va ushbu umumiylikning muhim elementi sifatida namoyon bo’ladi10.
Jamiyatdagi ijtimoiy hodisa va jarayonlarni umumlashtirish va ulardan nazariy xulosalar chiqarishda alohida ijtimoiy guruhlar va ma’lum sinflar manfaatlaridan emas, balki bir butun jamiyat manfaatlaridan kelib chiqish kerak. jamiyatni bilishning yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, u bilishning subekti bo’lgan alohida shaxslar, kishilar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, ijtimoiy qatlamlar, siyosiy partiya va harakatlar jamiyatning hozirgi holatini bilishga asoslangan bo’lib, jamiyat rivojining keyingi istiqbollarini ham bashorat qiladi. Jamiyatning sotsiologik tushunchasi. Falsafa fanining jamiyatni o’rganuvchi boshqa fanlardan farqini anglashdan oldin, jamiyat-ning sotsiologik tushunchasini bilib olishimiz zarur. Jamiyat o’zini o’zi bir maromda boshqarish, o’zaro hamkorlik qilish orqali kishilarning barcha asosiy ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi, ijtimoiy aloqalar vositasida o’z faoliyatini tizimli tashkil etadi. Bunda jamiyat va shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlar hamda ularning farqli va o’xshash tomonlarini qayd etish lozim
Xulosa
Inson bilishining tabiatini «subyekt-obyekt»lar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish asosida to’g’ri tushunish mumkin. Bunda doimo subyektning faolligi muhim rol o’ynaydi. Bilishda subyektning bu faolligi uning muayyan maqsadga qaratilgan amaliy-ijtimoiy bilish faoliyatida namoyon bo’ladi. Chunki inson borliqni faqat bilib olish uchungina o’rganmaydi, balki u borliqva uning qonunlarini bilib olishi bilan tabiatga va jamiyatga hamda o’ziga faol ta’sir ko’rsatib, tabiatni, jamiyatni va o’zini o’zgartirib boradi. Bu inson bilishining amaliyot bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Bilish faoliyatining qadriyatlarga asoslangan shakllarini kiritib va ijtimoiy matnlarda odatdagi subyektni muallif va qahramon bilan almashtirishni taklif qilib, Baxtin ijtimoiy bilim uchun «subyekt – obyekt» gnoseologik qarshi-qarshilikdagi oppozitsiyasidagi subyektning ma’nosi va ahamiyatini sezilarli darajada o’zgartirdi. Shu bois u obyekt bilan teng munosabatlarga qo’yilgan subyektning o’zi ham qandaydir «moddiylik» kasb etuvchi va o’ziga xoslik – onglilik, ma’noni tushunish va qadriyatlar tizimini yo’qotuvchi «simmetriya» xavfini bartaraf etdi.
Jamiyatning ijtimoiy-gumanitar bilish obyekti sifatidagi muhim xususiyati shundaki, uning mazmuni va tarkibiga ongli va faol bilish subyekti o’rganilayotgan ijtimoiy borliq va «inson dunyosi»ning muhim elementi sifatida kiradi. Demak, tadqiqotchi alohida borliq - inson ongining mazmuni, ma’nolar va mazmunlar sohasi bilan ish ko’radi, bu esa tabiiy fanlarda mavjud bo’lmagan maxsus metodologik usullarni talab qiladi. Ayni holda obyektni o’rganish doim subyektning harakatlarida muhim ahamiyat kasb etuvchi muayyan qadriyatlar, mo’ljallar va manfaatlar nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Bundan ijtimoiy-gumanitar bilishning nafaqat obyekti, balki subyektini ham ko’rsatish lozim, degan xulosa kelib chiqadi. Aslida, ijtimoiy bilish ijtimoiy jihatdan shakllangan va manfaatdor subyekt tomonidan amalga oshiriladi, u mazkur subyektning dunyoqarashi bilan belgilanadi.
Subyekt obyektga qadriyat sifatida yondashishi muqarrar bo’lgan ijtimoiy va gumanitar bilishda boshqacha obyektiv vaziyat yuzaga kelishi nazarda tutiladi: obyektni nafaqat bilish, balki bir vaqtning o’zida va hatto birinchi navbatda unga baho berish amalga oshiriladi. Baho berishning kiritilishi obyekt «o’z holicha» subyektni qiziqtirmasligini anglatadi; u subyektni faqat maqsadga mos kelgan va subyektning ma’naviy yoki moddiy ehtiyojlarini qondirgan holda qiziqtiradi. Qadriyatni belgilash obyektni ayrim andozalar (ideal, etalon, me’yor) bilan taqqoslash va bu andozaga muvofiqlik darajasini aniqlash tarzida amalga oshiriladi. Andozalar u yoki bu madaniyatda shakllanadi, «estafeta» (an’ana) tarzida avloddan avlodga o’tadi, subyekt uni ta’lim jarayonida va kundalik hayotda aniqlaydi.
Shunday qilib, subyekt obyektga qadriyat sifatida yondashishdan boshqa maqsadni ko’zlaydi, tabiiy fanlarda odatda e’tibordan soqit etishga harakat qilinadigan omillar esa bu erda obyektiv zarur xususiyat kasb etadi. Subyekt-obyekt munosabatlarining bu tipida bilish ikkinchi o’ringa tushadi, biroq amalda uning natijalari baho berish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Baho berish, maqsadlar va ideallarni tanlash amallarida subyektning xohish-irodasi, tanlash borasidagi faolligi, moyilliklari va mo’ljallari namoyon bo’ladiki, ular intuitiv, irratsional va boshqa omillarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Natijada qadriyatlarga asoslangan munosabat bilishga qarama-qarshi, umuman obyektiv haqqoniy bilishga yot munosabat sifatida namoyon bo’ladi va tegishli ravishda bunday baholar ijtimoiy-gumanitar bilishga nisbatan tatbiq etiladi. Biroq subyekt-obyekt munosabati «neytral» va qadriyatlarga asoslangan tiplarining bunday farqlanishi mavhumlashtirgandagina mumkindir, haqiqiy bilish jarayonida esa munosabatlarning ikkala tipi ham uzviy bo’lib, nafaqat ijtimoiy-gumanitar bilishda, balki tabiiy-ilmiy bilishda ham muayyan darajada mavjuddir.



Download 100.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling