O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


Download 100.61 Kb.
bet1/8
Sana21.11.2023
Hajmi100.61 Kb.
#1792390
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI NA\'MUNA 2


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI
O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
FALSAFA VA MA'NAVIYAT ASOSLARI KAFEDRASI
BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI. BILISH NAZARIYASI FANIDAN
KURS ISHI


Mavzu: Bilishda subyekt va obyekt muammosi
Ilmiy rahbar: O’qituvchi M.T.Xidirov
Toshkent- 2021 yil
MUNDARIJA:

KIRISh

.......................................................................................

3 - 5










I BOB

Bilishjarayonida subyekt va obyektning namoyon bo’lishi




1.1.

Bilishda subyekt va obyektning o’rni. Subyekt- obyekt munosabatlari.

6 - 12

1.2.


Gnoseologiyada subyekt tushunchasi obyekt tushunchasi bilan o’zaro bog’liqligi





13 - 16










II BOB

Subyekt- obyekt muammosining ijtimoiy bilishda namoyon bo’lishi




2.1.


Bilishda obyekt va subyekt o’rnining turli talqinlari





17 - 25

2.2.




Ijtimoiy bilishda subyekt va obyektning o’ziga xos xususiyatlarining namoyon bo’lishi







26 - 30



XULOSA. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

31-32







FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI . . . . . . . . . . .

33

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko’ra, bilish moddiy va ma’naviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Inson bilishining manbai esa ayni shu moddiy va ma’naviy borliq, ularni tashkil qilgan predmetlar,hodisachar va jarayonlardir. Bu predmetlar, hodisalar va jarayonlar insonga ta’sir qilib, uning miyasida aks etadi. Ular moddiy va ma’naviy borliqning in son miyasidagi subyektiv obrazlari, ramzlari va belgilaridir, Bu jihatdan inson bilishi, avvalo, moddiy va ma’naviy borliqning xususiyatlariga va shu bilan birga, ularni faol in’ikos ettiruvchi inson miya mexanizmining rivojlangan darajasiga bog’liqdir. Inson o’z miyasida faqat tabiiy va ijtimoiy borliqni, ularning qonuniyatlarinigina aks ettiribqolmasdan, balki o’zining ma’naviy-ruhiy va insoniy borlig’ini ham in’ikos ettiradi.
Inson bilishi o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy bo’lib,u inson ijtimoiy faoliyatining bir shakli sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining qonunlarini inson tomonidan o’zlashtirishning real jarayoni tarzida, subyekt va obyektning o’zaro munosabatida vujudga keladi.
Bilish jarayoni bugungi kunda muhim va tezkor rivojlanish bosqichida turibdi. Bilish jarayonini tarkibiy qismi bu avvalo, aniqlab olishimiz zarur bo’lgan subyekt va obyektni bilishdan boshlanadi. Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning tagiga etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o’rganiladi. Uning har xil modellari, yondashuvlari mavjud. modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, Berklida – subyektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g’oyaning inson tug’ma tushunchalariga ta’siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq g’oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa subyektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo’sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir. Nemis klassik falsafasi vakillar bilish bilan bog’liq qarashlarida subyekt-obyekt munosabatlarini asosiy omil sifatida e’tirof etishgan. Ammo, Kant fikriga ko’ra, shunday bir subyekt borki, uning uchun bilim darajasi mavjud emas. Uning bilimi doimo to’liq va haqiqiydir. Bu subyekt – Xudo. Garchi Kant diniy e’tiqod manfaatlarini ko’zlab bilimni chegaralab qo’ygan bo’lsa-da, u ayni vaqtda axloqning e’tiqoddan mustaqil ekanligini ta’kidlashga harakat qiladi. Axloq dinga emas, balki aksincha, har qanday din axloqqa asoslanmog’i kerak, degan xulosaga keladi.
Fan inson faoliyatida faqat uning moddiy tuzilishini farqlaydi va hamma narsani shu tuzilish nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. Qadimgi afsonada podsho Midas nimaga qo’l tekkizmasin, hammasi oltinga aylanganidek, fan ham nimaga murojaat etmasin, hamma narsa uning uchun obyektiv qonunlarga ko’ra yashaydigan, faoliyat ko’rsatadigan va rivojlanadigan predmetdir.
Shu erda darhol savol tug’iladi: xo’sh, bu holda faoliyat subyektining maqsadlari, holatlari, bilimlari nima bo’ladi? Bularning barchasi faoliyat subyektlarining unsurlari hisoblanadi, biroq fan bu unsurlarni ham o’rganishga qodir, chunki uning uchun amalda mavjud hodisalarni tadqiq qilishga hech qanday taqiq mavjud emas. Bu savollarga quyidagicha javob berish mumkin: ha, fan inson hayoti va ongining har qanday hodisalarini o’rganishi mumkin, u faoliyatni ham, inson ruhiyatini ham, madaniyatni ham tadqiq qilishga qodir, biroq faqat bir nuqtai nazardan – obyektiv qonunlarga bo’ysunadigan alohida predmetlar sifatida. Fan faoliyatning subyektlar tarkibini ham o’rganadi, biroq bunda ularga alohida obyekt sifatida yondashadi. Xullas, fan odamlar dunyosidagi hamma narsalar va hodisalarni faqat alohida nuqtai nazardan o’rganishi mumkin. Moddiylikning bu alohida yondashuvi fanning cheksizligini ham, cheklanganligini ham ifoda etadi, chunki inson faol va ongli mavjudot sifatida xohish-iroda erkinligiga ega bo’ladi, u faoliyatning nafaqat obyekti, balki subyekti hamdir. Fan chegaralari haqidagi bu fikrda hech qanday antissientizm mavjud emas. Bu fan dunyoni, butun madaniyatni bilishning barcha shakllariga ega bo’la olmasligi haqidagi shak-shubhasiz dalilni qayd etish, xolos. Fan diqqat maydonidan o’rin olmagan narsalar va hodisalarni dunyoni ma’naviy idrok etishning boshqa shakllari – san’at, din, axloq, falsafa tadqiq etadi.

Download 100.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling