O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti


Mavzuning o`rganilganlik darajasi


Download 160.71 Kb.
bet2/7
Sana18.12.2022
Hajmi160.71 Kb.
#1030989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zarafshon1

Mavzuning o`rganilganlik darajasi

  • Zarafshon havzasi daryolari oqimining shakilanishi va uni belgilovchi tabiiy geografik omillarni tadqiq etish masalalari taniqli olimlar V.L.Shuts, O.P.Sheglova, M.A.Nosirov, A.A.Abdulqosimov, A.A.Alibekov, V.E.Chub va boshqalar tomonidan o`rganilgan. Biroq Zarafshon havzasining O`zbekiston hududidagi gidrografik tarmoqlari, ya`ni daryolari va soylari R.Mashrapov, A.Raxmatullayevlarning tadqiqotlarini hisobga olmoganda, alohida tadqiqot obyekti sifatida atroflicha o`rganilmagan.
  • Xozirgi kunda ushbu yunalishdagi izlanishlar V.E.Chub, E.I.Chembarisov, M.A.Yakubov, S.V.Myatkov, F.H.Hikmatov, B.Adenboyev, G'.X.Yunusov, S.A.Haydarov kabi tadqiqotchilar tomonidan davom ettirilmoqda.
  • Biroq mazkur tadqiqotlarda Zarafshon daryosi oqimining yillararo o'zgaruvchanligi va yil davomida taqsimlanishini ayniqsa uning o'rta va quyi qismida o'zgarishi masalalari atroflicha yoritilmagan

ZARAFSHON DARYOSI HAVZASINING SUV RESRSLARI

  • Hozirgi taroqqiyot bosqichida suv resurslari tabiatdagi barcha chuchuk va o’rtacha minerallashgan, tabiiy holda yoki sun’iy ravishda chuchuklashtirilgan, tozalangan suvlardan iborat bo’lib, ayni payta xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida ishlatilayotgan va kelajakda ishlatilishi mumkin bo’lgan suv manbalari yig’indisidir.
  • Zarafshon vodiysi sharqdan g‘arbga qarab, ya’ni Zarafshon tog‘ muzligidan Sandiqli cho‘l qum massivigicha 781 km masofaga cho‘zilgan. Uning o‘rtacha kengligi 40 km atrofida bo‘lib, sharqdan g‘arbga qarab o‘zgarib boradi. Vodiyni sharqiy tog‘li qismida kenglik 10-15 km ni, o‘rta qismida 70-80 km ni tashkil etadi. Zarafshon daryosining umumiy suv yig‘ilishi maydoni, ya’ni havzasining maydoni 41860 km2 ga teng. Ayrim manbalarda (Baratov, 1977) esa 31000 km2 deb berilgan
  • Zarafshon daryosining suv resurslarini o‘rganish, suv sarfini o‘lchash va g‘isoblash ishlari 1896 yildan boshlangan. 1913 yildan boshlab, daryoning suv sarfini doimiy kuzatish va miqdoriy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash ishlari Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Dupuli suv o‘lchash punktida olib borilgan. To‘plangan ma’lumotlar Zarafshonvodiysuv boshqarmasida qayd qilinib kelingan. 1996 yildan boshlab Zarafshon daryosining suv sarfi Ravotxo‘ja to‘g‘oniga kelgan haqiqiy suv sarfidan hisobga olingan va bu jarayoon hozirga qadar ham davom etib kelmoqda.
  • Zarafshon daryosining bir yillik o‘rtacha suv oqim miqdori 5064,2 mln.m3 ni, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish mavsumidagi o‘rtacha ko‘p yillik oqim miqdori 4154,0 mln.m3 ni tashkil etadi. Zarafshon daryosining suv resurslari asosan Zarafshon vodiysidagi sug‘oriladigan voha landshaftlariga, Navoiy GRES iga va sanoat ehtiyojlari uchun har yili o‘rta hisobda 1024 mln.m3 miqdorda ishlatiladi. Zarafshon irrigatsiya sistemalari havza boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi 2003 yil 24 martdagi PF3226 farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi “Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 320 sonli qarori asosida Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari hamda Zarafshon vohasi suv xo‘jaligi boshqarmasi negizida tashkil qilingan.
  • Zarafshon vohasi suv xo‘jaligi boshqarmasi oldiga respublikamiz hududiga kirib kelgan Zarafshon daryosi suv resurslarini iste’molchilarga etkazib byerish, etkazib byerilgan suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikni tashkil qilish va nazorat o‘rnatish, shular bilan bir qatorda Zarafshon vohasi suv xo‘jaligi boshqarmasi kompleksiga kiruvchi barcha suv xo‘jaligi inshootlarini doimiy ravishda ishchi holatida bo‘lishini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.
  • Zarafshon vohasi suv xo‘jaligi boshqarmasining byergan ma’lumotiga ko‘ra Zarafshon daryosi jami 571934 gektar sug‘oriladigin maydonga suv etkazib byeradi. Buni viloyatlar miqyosida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Zarafshon daryosi Samarqand viloyatining 378137 gektar, Jizzax viloyatining 49091 gektar, Navoiy viloyatining 95277 gektar va Qashqadaryo viloyatining 49429 gektar sug‘oriladigan ekin maydonini suv bilan ta’minlaydi.
  • Iste’molchilarning suvga bo‘lgan talabini qondirish uchun hamda vegetatsiya davrida sug‘oriladigan ekin maydonlarini bir xil me’yorda uzluksiz ta’minlab turish maqsadida Zarafshon havzasi hududida 9 ta suv ombori barpo etilgan. Zarafshon havzasida tashkio etilgan irrigatsion sistemalarni suv bilan bir teks ta’minlashda suv omborlarida to‘plangan suv zahiralarining xizmati katta.

Download 160.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling