O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti biotibbiyot fizikasi 3-bosqich 1901-guruh


-rasm. Ichki konversiya jarayonining Feynman diagrammasi.[9]


Download 454.69 Kb.
bet7/12
Sana07.01.2023
Hajmi454.69 Kb.
#1082226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Otabekova Oygul - Gamma nurlanishlar

6-rasm. Ichki konversiya jarayonining Feynman diagrammasi.[9]
7-rasmda, namunadan chiqayotgan beta-spektri berilgan va ushbu rasmda yadrosidagi 412 keV energiyali yadro o‘tishlar uchun ichki konversiya elektronlarning energetik spektri keltirilgan bo‘lib, bunda uzluksiz beta-spektida konversion elektronlarga mos keladigan chiziqlar yaqqol ko‘rinib turibdi.
7-rasm. Konversiya spektri 198Hg atom qobiq energiyalari farqiga ko’ra to’g’ri keluvchi bir necha monoxromatik spektrlar.[9]
Shuningdek, bu yerda konversiya jarayoni sodir bo‘layotgan elektron qobiqlar ham keltirilgan (K, L, M qobiqlar).
Gamma-nurlanish va ichki konversiya o‘rtasidagi raqobat to‘la ichki konversiya koeffitsienti b bilan tavsiflanadi. To‘la ichki konversiya koeffitsienti deb ichki konversiya elektronlar sonining ( ) gamma-kvantlar soniga ( ) nisbatiga aytiladi:

α = (14)


Bu koeffitsientni quyidagi ko‘rinishda ham yozish mumkin:


α = = … (15)


Bu yerda K-qobiqdagi, L-qobiqdagi, M-qobiqdagi va h.k. qobiqlardagi elektronlar uchun parsial ichki konversiya koeffitsientlari deb ataladi.[9]


Konversiya jarayoni quyidagi qonuniyatlarga bo‘ysunadi:
• o‘tish energiyasi oshishi bilan konversiya koeffitsienti kamayadi, ya’ni konversiya ehtimolligi kamayadi;
• o‘tish multipolligi oshishi bilan konversiya koeffitsienti oshadi;
• atom nomeri Z oshishi bilan konversiya koeffitsienti oshadi.
Ichki konversiya hodisasini o‘rganish yadro sathlarining turli xarakteristikalarini (konversion elektronlar enegiyasi bo‘yicha energiyalarni, konversiya koeffitsientlari bo‘yicha harakat miqdor momentlarini va h.k.) aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
Yadro uyg‘ongan holatdan pastki holatga gamma-kvantlar va ichki konversiya elektronlari chiqarish hodisasidan tashqari pozitron chiqarish yo‘li bilan ham o‘tishi mumkin. So‘ngra pozitron atomdagi elektron bilan to‘qnashib annigilyatsiya jarayonini sodir etadi. Agar o‘tish energiyasi 1,02 MeV bo‘lsa mazkur jarayon sodir bo'ladi. Ammo bu mexanizmning ehtimolligi gamma-kvant nurlanish ehtimolligining qismini tashkil qiladi.

Download 454.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling