O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti biotibbiyot fizikasi 3-bosqich 1901-guruh


Download 454.69 Kb.
bet6/12
Sana07.01.2023
Hajmi454.69 Kb.
#1082226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Otabekova Oygul - Gamma nurlanishlar

3.Ichki konversiya hodisasi.
Uyg‘ongan holatdagi yadro asosiy holatga nafaqat gamma-kvant chiqarish, balki uyg‘ongan holat energiyasini atom qobig‘idagi elektronlardan biriga berish yo‘li bilan ham o‘tishi mumkin. Bunday jarayon ichki konversiya deyiladi. Bu hodisa 1938-yilda amerikalik fizik Alvares (Alvarez) Luis Uolter tomonidan kashf etiigan. Ichki konversiya hodisasi gamma-nurlanish bilan raqobatdagi jarayon hisoblanadi. Ichki konversiya jarayoni katta ehtimollik bilan yadroga yaqin bo‘lgan elektron qobiqlarda sodir bo'Iadi.
Energiya olgan elektron atomni tashlab chiqib ketish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu elektronlar konversion elektronlar deyiladi. Konversion elektronlar monoenergetik bo‘lib, ularning energiyasi yadro o‘tishlar energiyasi va elektron qobiqlar turi bo‘yicha aniqlanadi. Ichki konversiya jarayoni eng katta ehtimollik bilan K-qobiqdagi elektronlarda sodir bo‘ladi. Ushbu holda:
= (12)
bu yerda - elektronlarning kinetik energiyasi, K-qobiqdagi elektronlar bog’lanish energiyasi (yoki ionlashtirish potensiali). Agar yadro o‘tishlarida ajraladigan E energiya qiymati K-qobiqdagi elektronning bog‘lanish energiyasidan kichik bo’lsa, bu qobiqda konversiya jarayoni energetik jihatdan mumkin bo‘lmaydi va bu jarayon L-qobiqdagi elektronlarda kuzatiladi va h.k. Yuqoridagi (7) ifodani umumiy holda quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
= (13)
bu yerda - elektronlarning K-, L-, M-... qobiqlardagi elektronlarning bog’lanish energiyasi.[8]
Konversiya virtual fotonlar bilan amalga oshadi. Bunda energiya uzatish jarayonini quyidagicha tasvirlash mumkin, ya’ni yadro virtual foton (gamma-kvant) chiqaradi va bu foton atom qobig‘idagi elektron tomonidan yutiladi. Buning natijasida elektron atomdan chiqib ketadi. Ichki konversiya jarayonining Feynman diagrammasi 6-rasmda tasvirlangan.
Konversiya elektronlari yadrodan g-kvant chiqishi yoki chiqmasligiga bog‘liq bo’lmay kuzatiladi. Ichki konversiya jarayoni xarakteristik rentgen nurlanishi yoki Oje-elektronlarining chiqishi bilan kuzatiladi. Ichki konversiya natijasida atom qobig‘idan elektron chiqib ketsa, chiqqan elektronning o‘rniga yuqori qobiqda joylashgan elektron o‘tadi, natijada xarakteristik rentgen nurlanishi hosil bo‘ladi.
Ichki konversiya natijasida uyg'ongan holatga o‘tib qolgan atomning uyg‘onish energiyasi atom qobig‘idagi tashqi elektronlarning birortasiga berilishi va ushbu elektron atomdan chiqib ketishi mumkin, bu elektron Oje-elektron deb ataladi.[9]

Download 454.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling