O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat
-mavzu: Taklifnoma, e’lon, majlis bayoni, hisobit kabi hujjatlarning zaruriy qismlari va
Download 0.95 Mb.
|
иш юритиш мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ularning namuna matnlarini tayyorlash.
- Taklifnima
6-mavzu: Taklifnoma, e’lon, majlis bayoni, hisobit kabi hujjatlarning zaruriy qismlari va
namuna matni Reja: 1. Taklifnoma, e’lon, majlis bayoni, hisobit kabi hujjatlar haqida umumiy ma’lumot. 2. Qayd etilgan hujjatlarning zaruriy qismlari. 3. Ularning namuna matnlarini tayyorlash. Amaliy mashg‘ulotda quyidagi masalalarga e’tibor beriladi: Taklifnoma, e’lon, majlis bayoni, hisobit kabi hujjatlarning zaruriy qismlari haqida ma’lumot berish va qayd etilgan hujjatlarning mustaqil ravishda namuna matnini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot olib boriladi. Taklifnima ma’lum bir muassasa yoki shaxslarning biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun jo‘natiladigan xabar mazmunidagi hujjatdir.Taklifnoma taklif xati shaklida ham rasmiylashtirilishi mumkin.Taklifnomalar ko‘p nusxada kompyuterda yoki bosmaxonada chop etiladi. Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin. Masalan, ilmiy anjumanlar taklfnomasida alohida dasturi ham ilova qilinadi. Taklifnomaning zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (TAKLIFNOMA). 2. Matni, ya’ni taklifnoma turiga qarab:a) taklif qilinayotgan shaxsning ismi sharifi yoki muassasa nomi; b) taklif qiluvchi muassasaning yoki shaxsning nomi; v) qanday tadbirga taklif qilinayotganligi kabi ma’lumotlar. 3. Tadbirning o‘tkazilishi sanasi (kuni) va soati (vaqti). 4.O‘tkazilish joyi (o‘rni). 5. Imzo (tadbirni tashkilotchisi yoki tashkil etgan muassasa nomi.) Taklifnoma shxsiy va rasmiy ma’muriy turga ega. Taklifnoma namunalari:
E’lon ma’lum muassasa tomonidan ko‘pchilikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada ( kelgusi kunlarda, ma’lum oyda) bo‘ladigan biror-bir tadbir, yig‘in-kengash, majlis, uchrashuv, suhbat, o‘qishga, ishga taklif, mavzuni tasdiqlanganligi hamda sotuvga qo‘yilgan uy-joy, buyum kabilar haqida xabatdor qilish uchun qo‘llanuvchi axborot shaklidagi hujjatdir. Ko‘rinib turibdiki, e’lon mavzusiga va undan qo‘zlangan maqsadga ko‘ra turli shakllarda bo‘lishi mumkin. E’lonning zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (E’LON). 2. E’lon qilinayotgan tadbirning nomi. 3. Tadbirning mavzusini o‘zida aks ettiruvchi matn. 4. Imzo (odatda, bo‘ladigan tadbirni e’lon qilayotgan tashkilot nomi: “Ma’muriyat”, “Kasaba uyushmasi”, “Tashkiliy komitet”, “Fakultet”, “Kafedra” kabi tarzida beriladi). E’lon namunalari:
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling