O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat
Download 0.95 Mb.
|
иш юритиш мажмуа
Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdek, biror ishga (masalan, taftish o‘tkazishga yoki ma’lum bir tashkilot xodimi ekanligiga) kafolat beruvchi hujjatdir.
Guvohnomaning zaruriy qismi: 1. Hujjat nomi (GUVOHNOMA). 2. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi. 3. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi sharifi. 4. Lavozimi. 5. Guvohnomaning qaysi vaqtgacha amal qilish sanasi. 6. Idora rahbarining imzosi. 7. Rasmi (surati). 8. Tashkilot muhri. Tashkilotdan biror xodimni xizmat safariga yuborishda unga xizmat guvohnomasi beriladi. Uning zarouriy qismlari: 1. Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnoma). 2. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi. 3. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi sharifi. 4. Boriladigan joy nomi. 5. Xizmat safari muddati. 6. Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyish tartib raqami, sanasi. 7. Guvohnomaning orqa tomoniga: xizmat safarida bo‘lgan joylar nomi, u erga etib borgan va jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (imzo va muhr bilan tasdiqlanadi). Xizmat safari guvohnomasi muassasa rahbari buyrug‘idan so‘ng xodim qo‘liga beriladi. Xizmat safariridan qaytgach, guqohnoma o‘z tashkiloti rahbariyati imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Umuman, Xizmat safari guvohnomasini rasmiylashtirishda muhrlar va imzolar bo‘lishi shart, aks holda xizmat safari bilan bog‘liq safarlar bo‘yicha moliyaviy hisob-kitob qilishda guvohnoma hujjat vazifasini o‘tamaydi. Xizmat safari guvohnomasi namunaviy shakldagi bosma ish qog‘oziga rasmiylashtiriladi. Xizmat safari haqida xodim qisqa hisobot ham yozib topshiradi. Xizmat safari guvohnomasi namunasi:
SHaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi guvohnoma va shu turdagi guvohnomalarda uning muddati ko‘rsatilmaydi, bularda malaka komissiyasi raisi va a’zolari imzosi bo‘ladi. Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yozilishi kerak. Xizmat safari bo‘yicha hisobotining zaruriy qismlari: Sarlavhasi : idora rahbarining lavozimi, ismi sharifining bosh harflari va familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq uchun hisobot berilyapti. Hujjatning nomi (Hisobot). Hisobot matni (“Sizning topshirig‘ingizga binoan” iboralar bilan bshlanadi, topshiriq vanday bajarilganligi aniq ma’lumotlar bilan bayon qilinadi va xulosa yasaladi). Ko‘pincha ilovalar ham ko‘rsatiladi. Hisobot beruvchining lavozimi, ismi sharifining bosh harflari va familiyasi, imzosi. Hisobot yozilgan sana (vaqti). Xizmat safari bo‘yicha hisobotlarning namunalari:
Xizmat safari bo‘yicha hisobxona (buxgalteriya) hisob-kitobi uchun maxsus ish qog‘ozi mavjud : Old tomoni Namunaviy shakl № 280 Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling