Nizom, ustav ham muassasa yoki uning tarkibiy bo‘limlari tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan hujjatdir. Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Muassasaning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxati qo‘yish bilan kuchga kiradi. Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan belgilanadi. Ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir, u muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishi vazifasini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmui. Ustavning zaruriy qismlari nizomnikiga o‘xshash bo‘ladi. Lekin ustavning mazmun qismda moliyaviy va moddiy bazalar ham yoritiladi, hisobot berish, taftish organlari ishlari tartiboti kabilar ko‘rsatiladi.
Nizomning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjat turining nomi (Nizom).
2. Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa (tarkibiy qismi) nomi.
3.Mazmuni (matni): muassasa tuzilishidan mavsad va asosslar; asosiy vazifalari; muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashkil qilish tartibi.
4. Muassasa rahbari imzosi.
5. Sana va joyi.
6. Tasdiqlash ustxati (yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi).
5-mavzu: Guvohnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma
kabi hujjatlarining zaruriy qismlari va
namuna matni
Reja:
1. Guvohnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma kabi hujjatlar umumiy ma’lumotlar.
2. Qayd etilgan hujjatlarning zaruriy qismlari.
3. Ularning namuna matnlarini tayyorlash.
Amaliy mashg‘ulotda quyidagi masalalarga e’tibor beriladi: Guvohnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, ishonchnoma kabi hujjatlarining zaruriy qismlari bo‘yicha ma’lumot berish va shu asosda mustaqil ravishda qayd etilgan hujjatlarining namuna matnini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |