Asos: Institut rektori S. Ahmedov va bosh hisobchisi K. Hofizov tavsiyasi.
§4.
Tillar kafedrasining katta o‘qituvchi G.Xoliqova navbatdagi mehnat ta’tilidan qaytib, 2013 yil 02. 09 dan o‘z vazifvsini bajarishga tushdi deb hisoblansin.
Rektor imzo S. Ahmedov
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq namunasi:
“Malika” ishlab chiqarish 0271110
birlashmasi
BUYRUQ
90.15.05. № 105
Toshkent sh.
Xodimlar shaxsiy tarkibiga oid
Ishga qabul qilish haqida
OLIMOVA Nozima Karimovna 1999. 20.05 dan 1960 so‘mlik maosh bilan kiyim sexining katta muxandisi lavozimiga TAYINLANSIN.
Asos: N.K.Olimova arizasi
Bosh direktor imzo L.K.To‘xtasinov
Imzo:
Xodimlar bo‘limi
|
Buyruqdan ko‘chirma. Muassasalarda, odatda, xodimga buyruqdan ko‘chirma berishga to‘g‘ri keladi. Bunday buruqda quyidagicha zaruriy qismlar bo‘ladi:
1. Muassasa nomi.
2. Hujjat nomi (Buyruqdan ko‘chirma).
3. Sanasi.
4. Raqami (№)
5. Joyi.
6. Sarlavhasi.
7. Matni (asoslovchi qismi, “BUYURAMAN” so‘zi, farmoyish qismidan kerakli bandi).
8. Imzo chekkan shaxs familiyasi (yoniga imzosi).
9. Tasdiqlash belgisi. Buyruqdan ko‘chirma, odatda, xos ish qog‘ozlariga yoziladi va tasdiqlab beriladi. “Asliga to‘g‘ri” kalimasi bilan kotib yoki xodimlar bo‘limiga tegishli shaxs imzo chekadi.
Buyruqdan ko‘chirma namunasi:
“Asal” qandolatchilik fabrikasi
BUYRUQDAN KO‘CHIRMA
1990.05.02 № 22
Toshkent sh.
1989 yil yakuni bo‘yicha fabrika
ishchilarini mukofotlash haqida
1989 yilda birinchi bor boshqarmaning to‘la xo‘jalik hisobida ishlagan fabrikamiz ishchilari yillik rejalarini hamma ko‘rsatkichlari bo‘yicha bajardilar. Rejadan tashqari 2,8 tonna maxsulot ishlab chiqarildi. 8000 ming so‘mdan ziyod foyda olindi. Mehnat unumdorligi o‘tgan yilga nisbatan 0,8 foiz o‘sdi. Qiyom sexidan tashqari (boshlig‘i D.A.Raximova) hamma sexlar o‘z rejalarini bajardilar. Yil yakuni bo‘yicha, ayniqsa, R.Hamroev, S. Volkova, M. Rizaev, K.Siddiqov kabi ishchilar mehnatda o‘rnak qo‘rsatdilar.
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati respublika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining 1990.08 dagi 100-raqamli buyrug‘iga binoan “Asal” qandolatchilik fabrikasi jamoatchiligini yil yakuni bo‘yicha mukofotlashga ruxsat beriladi. Fabrika mehnat jamoasi kengashi va kasaba uyushmasi komitetining qo‘shma yig‘ilishi(1990.10.02. majlis bayoni № 3) qaroriga asosan,
BUYURAMAN:
8. O‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun “Asal” qandonlatchilik fabrikasi ishchilarini yil yakunlari bo‘yicha mukofotlash nizomining 32-bandiga muvofiq , sex boshlig‘i D.A.Raximova yil yakuni bo‘yicha mukofotdan 100 foyiz mahrum qilinsin.
Direktor imzo V.N. Olimov\
Asos to‘g‘ri imzo K.L.Xatamova
1990.22. 02..
|
Do'stlaringiz bilan baham: |