O‘zbR Matbuot davlat komiteti
FARMOYISH
1990.31.03. № 19
Toshkent sh.
O‘zbRE Bosh nashriyotining
1990 yilda adabiyotlar chiqarish
rejasidagi o‘zgarishlar haqida
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunning amalga oshirishdagi tadbirlarni bajarish maqsadida hamda oila va jamoatchilik o‘rtasidagi tarbiyaviy ishlarda xalqimizning o‘tmishdagi xulqu odob, mehr-oqubat qadriyatlaridan samarali foydalanish uchun adabiy yodgorliklarni nashr etishni ko‘paytirish maqsadida O‘zRE Bosh nashriyotining kiritgan taklifini – Bosh nashriyotning 1990 yilgi adabiyotlar nashr qilish rejasidan “YOsh oila enksiklopediyasi” (rus tilida, hajmi 114 nashriyot tobog‘i, tiraji 60 ming nusxa) ni chiqarish va uning o‘rniga ikkita kitob: “O‘zbek tilida ish yuritish” qo‘llanmasi (hajmi 12 nashriyot tabog‘i, gazeta qog‘ozida, tiraji 500 ming nusxagacha), Imom Buxoriyning “Xadislar”i (4 ta kitob, 1-kitob, hajmi nashriyot listi, tiraji 250 ming nusxa) ni nashr qilishni
MA’QULLAYMIZ.
1. O‘zbekiston matbuot ta’minoti (o‘rtoq SHamanskiy) O‘zRE Bosh nashriyotiga “O‘zbek tilida ish yuritish” qo‘llanmasi umumiy tirajinining 50 % uchun O‘zR Matbuot davlat komiteti rezervidan gazeta qog‘ozi ajratsin (qolgan tiraji O‘zRE Bosh nashriyoti fondidan ta’min etiladi).
2. Rejaviy iqtisod va moliyaviy boshqarmasi (o‘rtoq Zokirov) O‘zRE Bosh nashriyoti 1990 yil rejasiga (nomlar bo‘yicha mavzu va nashriyot tabog‘idagi hajmi), tasdiqlangan moliyaviy ko‘rsatkichlarni saqlangan holda, tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
3. O‘zRE Bosh nashriyotiga (o‘rtoq To‘qlievga) “O‘zkitob” va “O‘zbekbirlashuv” birlashmalari bilan kelishilgan holda O‘zRE Bosh nashriyoti qog‘oz fondi hisobidan nashr qilinadigan Imom Buxoriyning “Xadislar”i kitobiga shartnoma asosida baho qo‘yishga ruxsat etiladi.
4. “O‘zkitob” birlashmasi (o‘rtoq Yo‘ldoshev), O‘zRE Bosh nashriyotiga (o‘rtoq To‘qliev) bilan birgalikda moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘zgartirilmagan holda 1990 yil uchun (nomlar bo‘yicha) etkazib berish shrtnomasini qayta ko‘rib chiqsinlar.
5. Toshkent “Matbuot” poligrafiya ishlab chiqarish birlashmasi (o‘rtoq G‘oyibov) “YOsh oila enksiklopediyasi”ni 1990 yil nashr rejasidan chiqarilsin va yuqorida nomlari zikr etilgan kitoblarni joriy yilning 2-4 choraklarida bosib chiqarishi ta’minlansin.
6. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Zoeirov, Slobodchikov, SHaripovlarga yuklatilsin.
O‘zR Matbuot davlat klmiteti raisi (imzo) U.A. Abdurazoqov.
|