O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat
Download 0.95 Mb.
|
иш юритиш мажмуа
№ 2013 y. 15 yanvar
O‘zbek tilida “YO‘RIQNOMA”so‘zi salavha so‘ngida, rus tilida esa sarlavha boshida keladi : “Ish yuritishni o‘zbek tilida joriy qilish haqida “YO‘RIQNOMA” kabi. Yo‘riqnomalar ichida xodimning lavozim (mansab) yo‘riqnomasi alohida guruhni tashkil etadi. Unda umumiy qism, xodimning vazifalari, burchlari, huquqlari, boshqalar bilan munosabati, ishni baholash mezoni va xodim ma’suliyati ko‘rsatiladi. Lavozim yo‘riqnomasini xodimning bevosita rahbari ishlab chiqadi, so‘ng bo‘lim mudiri yoki muassasa rahbari tasdiqlaydi. CHunki, bosh hisobchi muassasaning boshqa hisobchi xodimlari uchun, bosh muhandis qurilish-montaj ishidagi yoki boshqa sohadagi xodimlar uchun lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqadi. Bunday yo‘riqnomalar muassasa yoki boshqaruv organlari tasdiqlagandang so‘ng huquqiy kuchga kiradi. Lavozim yo‘riqnomasining o‘ziga xos zaruriy qismlari bor: 1. Muassasa yoki uning bo‘linmasi nomi. 2. Hujjat nomi (Lavozim yo‘riqnomasi). 3. Tasdiqlash ustxati (Tasdiqlayman). 4. Sanasi. 5. SHartli raqami. 6. Joyi. 7. Sarlavhasi. 8. Matni. 9. Imzo. Qoida, metodik tavsiyanoma, metodik ko‘rsatma kabi amaliyotda ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar ham mohiyat-e’tibori bilan keng ma’noda yo‘riqnoma tushunchasiga kiritiladi. Masalan, “qoida” muayyan harakat tartibotini belgilaydi (idora joylashgan uy-joydan foydalanish qoidasi, arxivga hujjat materiallarini topshirish qoidasi yoki o‘rnatilgan normadan kelib chiqib bajariladigan faoliyatni ko‘rsatadi, ya’ni ichki tartibot qoidasi, oliy o‘quv yurtiga qabul qilish qoidasi va h.) Yo‘riqnoma namunasi:
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling