7-mavzu. Shaxsiy hujjat turlari va uning zaruriy qismlari
Reja:
1. Tarjimai hol, ariza, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma kabi shaxsiy hujjatlar haqida umumiy ma’lumot.
2. Qayd etilgan hujjatlarning zaruriy qismlari.
3. Ularning namuna matnlarini tayyorlash.
SHaxsiy hujjat turlari, uning zaruriy qismlari tuzilishi. (Tarjimai hol, ariza, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma va boshqalar matnlar namunasini tayyorlash). SHaxsiy hujjat matnlarining leksik-uslubiy xususiyatlari. (SHaxsiy ma’lumotlarni ifodalovchi hujjat matnlarida dalil, aniq sana, sabab-maqsadini yoritish uchun xizmat qiluvchi til vositalari, ularning rasmiy uslubda qo‘llanishi) bo‘yicha amaliy mashg‘ulot olib boriladi.
Tarjimai holda ma’lum bir kishining o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan ma’lumotlar aks etadi..U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan shaxsiy hujjatdir.
Tarjimai hol oddy qog‘ozga, ayrim hollarda iaxsus ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lsin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda kuyidagi asosiy zaruriy qismlar bo‘lishi shart:
1. Hujjatning nomi (Tarjimai hol).
2. Matn: a) muallifning ismi sharifi, familiyasi; b) tug‘ilgan yili, joyi, kuni, oyi; v) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (ularning ism sharifi, familiyasi, ish joyi); g) ma’lumoti va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi; d) ish faoliyatinirng turlar; e) oxirgi ish joyi va lavozimi; yo) mukofot va rag‘batlantirishlar; j) jamoat ishlarida ishtiroki; z) Kamolot yoshlar harakatining a’zosi yoki partyaviyligi ; i) ailaviy ahvoli (oila a’zolar); y) turar joyi (uy adresi) kabi ma’lumotlar matnda aks etishi lozim.
3. Sana.
4. Imzo.
Tarjtmai hol namunasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |