TRJIMAI HOL
Men, Salimov Karim Olimovich, 1955 yil 15 sentyabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Salimov Olim Oripovich Toshkent pedagogika bilim yurtida o‘qituvchi, onam – Raximova Gulnora Azimovna 122- sonli bolalar bog‘chasida bosh tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar.
1962 yildan 1972 yilgacha Toshkent shahridagi 1-sonli o‘rta maktabda o‘qidim. 1972 yilda Toshkent Politexnika institutining kurilish fakultetiga o‘qishga kirdim. 1973-1975 yillarda armiya safida xizmat qilib qaytgach, yana o‘qishni davom ettirdim va 1979 yilda shu institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, kuruvchi-muxandis mutaxassisligiga ega bo‘ldim. Institutni tugatgach, yo‘llanma bilan Toshkentdagi 166 sonli qurilish trestining 94-sonli mexanizatsiyalashgan ko‘chma korxonaga ishga yuborildim. Dastlab muxandis lavozimida, 1984 yildan bo‘yon bosh muxandis lavozimida ishlayapman.
1986 yilda rejadagi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganimiz va erishilgan natijalar uchun Itifoq Qurilish vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim.
Bir necha jamoat ishlarida ham qatnashaman, jumladan 166-sonli qurilish tresti partiya tashkiloti byurosinirng hamda shahar xalq nazorati komitetining a’zosiman.
Uylanganman. Xotinim – Rasulova Muhabbat, 1959 yilda tug‘ilgan, 2-sonli shahar shifoxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi. O‘g‘lim- Salimov Nodir, 1980 yilda tug‘ilgan, 261-sonli maktabda o‘qiydi. Qizim - Salimova Lola, 1988 yilda tug‘ilgan, 520-sonli bolalar bog‘chasia qatnaydi.
Mening turar joyim: 700210, Toshkent, Usmon Nosir ko‘chasi, 5-uy, 27 xonadon.
Tel.: 72-28-61.
1990.14.01. imzo K.Salimov
TARJIMAI HOL
Men, Karima Nazarovna Ilhomova 1990-yil 10-iyulda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug'ildim. Otam - Ilhomov Nazar 1954-yilda tug'ilgan bo'lib, tadbirkorlik bilan shug'ullanadi. Onam Ilhomova Ra'no 1960-yilda tug'ilgan, uy bekasi.
1997-yildan 2006-yilgacha Samarqand shahridagi 51-maktabda o'qidim. Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo'ldim. Matematika faniga juda qiziqaman. Bu fan bo'yicha shahar olimpiadasida 2-o'rinni egallaganman. Tennis bo'yicha respublika musobaqalarida faxrli o'rinlarni olganman. 2009-yilda 11-sinfhi tugatib, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish institutiga o'qishga kirdim.Hozirqi kunda shu institut Arxitektura fakultetining 1-kurs tolibiman.
Turar joyim: Samarqand shahar, Cho’lpon ko'chasi, 14 - uy.
Imzo Samarqand Davlat arxitektura qurilish instituti Arxitektura fakulteti dekani
dos.M.Abduraimovga I-kurs Arx-103 guruhi talabasi Z. Ahmedovning
2009. 11. 10.
|
Ariza muvyyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozg‘i htsoblanadi.
Ariza namunalari:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand
arxitektura va qurilish instituti
rektori S.I.Axiedovga
E.I. Karimovdan
ARIZA
Meni Tillarni o‘qitish kafedrasiga ingliz tili fani bo‘yicha o‘qituvchilik vazifasiga shartnoma asosida (bir yillik sinov sharti bilan) ishga qabul qilishingizni so‘rayman.
(imzo) (Ismi sharifi,familiyasi
Sana
|
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand
arxitektura va qurilish instituti
rektori S.I.Axiedovga
H.I. Salimovdan
ARIZA
Sohligim yomonlashganligi va uzoq muddatda davolanishim zarualigi tufayli menga bir yillik o‘quv (akademik) ta’tili berishingizni so‘rayman.
Arizamga tibbiyot muassasasining xulosasi ilova qilindi.
(imzo) (Ismi sharifi,familiyasi
Sana
|
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand
arxitektura va qurilish instituti
rektori S.I.Axiedovga
I.S. Hakimovadan
ARIZA
Kasallanganligim sababli qishki imtihon va sinovlarni vaqtida topshira olmadim. SHu bois imtihon va sinovlarni topshirishga ruxsat berishingizni so‘rayman.
Arizamga kasal bo‘lib davolanganligim haqida tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi ilova qilindi.
(imzo) (Ismi sharifi,familiyasi
Sana
|
Toshkent davlat tibbiyot instituti
davolash fakultetining dekani
A.H.Husanovga
1-kurs talabasi Halima Suvonovadan
ARIZA
Uzoq viloyatdan kelganligimni va qatnab o‘qishga imkoniyatim yo‘qligini e’tiborga olib, menga talabalar yotoqxonasidan joy berishingizni so‘rayman.
(imzo) (X.Suvonova)
Sana
|
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand
arxitektura va qurilish instituti
rektori S.I.Axiedovga
Tillar kafedrasining o‘qituvchisi
I.S. Ilhomovadan
ARIZA
Oilaviy sabablarga ko‘ra (onamning og‘ir kasalligi va doimiy parvarishga muhtoj bo‘lib qolganligi bois) menga 2013 yilning 16 oktyabridan 16 noyabriga qadar qisqa muddatli maoshsiz ta’til berishingizni so‘rayman.
Arzamga 1-shahar kasalxonasidan berilgan ma’lumotnomani ilova qilaman.
(imzo) I.S.Ilhomova
2013. 10.10.
|
Samarqand shahar Xalq ta’limi bo‘limi
mudiri SH.N. Sadinovga
Samarqand shahar Qo‘qon ko‘chasida
190-uyda yashovchi Oygul Karimovadan
ARIZA
Qizim mohira Karimovna Samarqand shahridadagi 5- yoki 6- sonli bolalar bog‘chalaridan biriga joylashtirish uchun yo‘llarma berishingizni so‘rayman.
Arizamga qizimning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasidan ko‘chirma va yashash joyimizdan ma’lumotnoma ilova qilindi.
(imzo) (O.Karimova)
2013.24.07.
|
Samarqand shahar ijtimoiy ta’minot
bo‘limining mudiri K, Hamdamovga
Samarqand shahar Qo‘qon ko‘chasi
101-uyda xonadonda yashovchi 2-guruh
nogironi Raxim Boboevdan
ARIZA
Menga 2002 yil iyul oyida yurak-tomir kasalliklari shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanma ajratishingizni so‘rayman.
Arizamga yo‘llanmaga ehtiyoj borligi haqidagi tibbiyot muassasasi bergan ma’lumotnoma ilova qilindi.
(imzo) (R.Boboev)
2002.24.04.
|
Samarqand shahar ijtimoiy ta’minot
bo‘limining mudiri K, Hamdamovga
Samarqand shahar Qo‘qon ko‘chasi
95-uyda xonadonda yashovchi
Olimjon Bekjonovdan
ARIZA
Men oilam bilan istiqomat qilidigan 95-xonadon otam Nu’monov Bekjon nomidadir. YAshash joyimiznirning maydoni 96 kvadrat metr. SHu joyda 3 oila-jami 20 kishi yashaymiz: akam oilasida 8 kishi, ukamning oilasida 4 kishi, mening oilamda 6 kishi bor. Jumladan nafaqadagi (pensioner) ota-onam ham men bilan yashaydi.
Men oilam bilan yashaydigan bir uy, dahliz va ayvonning umumiy maydoni 40 kvadrat metr. Katta o‘g‘limni bu yil uylantirishim kerak.
Xullas, qayd etilgan hovlida juda tiqilinj yashayapmiz. Xususan, bolalarimiz uchun ta’lim sohasida va o‘zimiz uchun ilmiy va ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishga sharoit yo‘q. SHu bois uy-joy sharoitini yaxshilashga mo‘htoj bo‘lganlar ro‘yxatiga (ya’ni yangi qurilib sotilayotgan kotejlarni sotib olish ro‘yxatiga) meni va oila a’zolarimizni kiritishingizni so‘rayman.
Arizamga o‘zim haqidagi ma’lumotlar va yashash joyimidan ma’lumotnoma ilova etildi.
(imzo) (O.Bekjonov)
1990.20.04.
|
Tilxat ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul yoki qimmatbaho buyum yoxud biror bir narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. SHaxsiy munosabatdagi hujjat qo‘lda yoziladi va bir nusxada ham rasmiylashtiriladi, rasmiy hujjatlar ba’zan ikki nusxada bosma yozuvda shakllantiriladi. Odatda, tilxatda olingan pulning miqdori yoki buyumning soni, bahosi va sanasi ko‘rsatiladi. Tilxatda raqamlar qavs ichida so‘z shaklida ham yoziladi. Tilxat beruvchi o‘z imzosi bilan matndagi fikrlarni tasdiqlaydi. Ba’zan tilxadagi imzolar notarial idorada ham rasmiylashtirilishi mumkin. Tilxat matnidagi so‘zlar (yozuvlar) ni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga oltnishi mumkin. Ba’zi tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bundiy hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari :
1. Hujjatning nomi (Tilxa).
2. Matn : a) tilxat beruvchining lvozimi, ismi sharifi, familiyasi; b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi sharifi, familiyasi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi); v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi); g) olinayotgan buyumning texnikaviy holati (agar u mashina, aparatlar va shu kabilar bo‘lsa).
3. Tilxat berilgan sana.
4. Tilxat muallifining imzosi.
TILXAT
Men Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining moliyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Bahodir Olimov Samarqand shaxar 4-sonli ho‘jalik mollari savdo do‘koni mudiri Homid Akramovdan institut buyurtmasi asosida olib kelingan, umumiy bahosi 5 million (besh million) so‘m bo‘lgan 100 (yuz) dona stol va stul kabi mollarni qabul qilib oldim.
(imzo) (B.Olimov)
2001.12.08.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |