O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet63/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Iltimos xati ham muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat sifatida qo‘llaniladigan ko‘p qo‘llaniladigan hujjatdir.
Iltimos xatining zaruriy qismlari quyidagicha :
1. Xat oluvchi tashkilot va mansabdor shaxsning nomi.
2. Matn.
3. Ilova zarur bo‘lgan hollarda).
4. Ias’ul shaxsning imzosi.
Iltimos xatlarining eng sodda ko‘rinishi shaxsiy va jamoat arizalariga o‘xshaydi.
Iltimos xati namunalari:

Inforiatika kafedrasining


Mudiri dotsent K. Raxiatullaevga
Birlashmamiz muxadis-mexanigi O.To‘raevni hisoblash texnikasi bo‘yicha malaka oshirish maqsadida 2 oy muddatga (2009. 15.01. dan 2009. 15.03 gacha) tajriba o‘tishga qabul qilishingizni iltimos qilamiz.

Samarqand elektr-ro‘zg‘or buyumlari


ishlab chiqarish birlashmasining
bosh direktori o‘rinbosari: (imzo) U.SHokirov



Kafolat xati muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Bu turdagi xatlar qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to‘lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabulqilishda, yuajariladigan ishning sifati haqida kvfolat berish uchn yoziladi va tashkilot yoki alohida shaxslarga jo‘natiladi.


Kafolat xatlari ham, odatda, idoran ing maxsus xos qog‘rzida yoziladi. Xat matnida kvfolat ma’nosi quyidagicha ifodalanishi mumkin: “To‘lovga kafolat beramiz; to‘lashni kafolatga olamiz” kabi. Aynan shu fikrni quyidagicha kengaytirish mumkin: “ Qurilish ishlarini tugatish bilan bir oy muddat ichida tegishli haqni Davlat bankining 27-bo‘limi orqali to‘lashga kafolat beramiz” kabi.
Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan kafolat xatlariga, albatta, bosh hisobchi ham imzo chekishi zarur. Kafolat xatlari boshqa xatlardan farqli o‘laroq xat yo‘naltiriladigan shaxsga yoki tashkilotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish bilan boshlanishi ham mumkin.
Kafolat xat namunalari:



Hurmatli Xasar Abdullaevich!


“Algoritm” zavodi Sizga o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratishga haq to‘lashga kafolat beradi.
Zavod direktori: (imzo) O N.Vahobov
Bosh hisobchi : (imzo) R.S.G‘ulomov




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling