O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

 
8. 4. Til siyosati 
Til siyosati deganda, davlat, sinf, ijtimoiy guruhlarning mavjud tillar 
yoki til osti tizimlari vazifalarini o‘zgartirish yoki saqlab qolish, yangi 
lingvistik me’yorlarni joriy qilish yoki eski me’yorlarni saqlab qolishga 
qaratilgan tadbirlar majmuyi tushuniladi.
Til siyosatini ichki va tashqi til siyosatiga ajratish mumkin. Ichki til 
siyosati deganda, muayyan davlat doirasida bir yoki bir qancha tillarga 
nisbatan qo‘llanilgan chora-tadbirlar majmuyi ko‘zda tutiladi. Ko‘p millatli 
davlatlarda bir qancha tillar faoliyat ko‘rsatadi, shuning uchun ham bunday 
davlatlarning til siyosati milliy siyosatning muhim tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblanadi. Masalan, Ispaniyada ispan (kastil), katalon, galisiy va bask 
tillari rasmiy tillar hisoblanadi. Yoki Fransiyani oladigan bo‘lsak, uning 
ichki til siyosati birinchi galda fransuz tilini unifikatsiya qilish, yoyish va 
mashhur qilishga qaratilgan. Fransuz hukumatining 1989-yil 2-iyundagi 
dekreti bilan Fransuz tili boshqarmasi (DGLF) tashkil qilingan. Mazkur 
tashkilotning vazifasi fransuz tilini to‘g‘ri qo‘llash va uni yoyishga 
ko‘maklashadigan boshqarmalar, davlat va nodavlat tashkilotlarini nazorat 
qilish, til masalalari bilan shug‘ullanishdan iborat. Fransuz tili boshqarmasi 
davlat til siyosatini uch tamoyil asosida hayotga tatbiq qilish vakolatini 
olgan: 1) Respublika tili bo‘lgan fransuz tili obro‘yini oshirish; 2) fransuz 
tilining xalqaro muloqotdagi rolini mustahkamlash; 3) turli til va 
madaniyatlarni hurmat qilish hamda plurilingvizmni qo‘llab-quvvatlash. 
O‘zbekistonning ichki til siyosatiga 1989-yildagi “O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni, 1995-yildagi mazkur 
qonunning yangi tahriri, 1993-yildagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek 
alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi”, 1997-yildagi “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi va h.k.ni misol qilib 
keltirish mumkin.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling