63
9-MA’RUZA
SOTSIOLINGVISTIKANING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Reja:
1. Sinxron va diaxron
sotsiolingvistika
2.
Makro va mikro sotsiolingvistika
3. Nazariy va tajribaviy sotsiolingvistika
4. Sotsiolingvistika va til
sotsiologiyasi
5. Amaliy sotsiolingvistika
Tayanch so‘z va tushunchalar: sinxron sotsiolingvistika,
diaxron
sotsiolingvistika, makro sotsiolingvistika, mikro sotsiolingvistika,
nazariy
sotsiolingvistika, tajribaviy sotsiolingvistika, til sotsiologiyasi,
amaliy
sotsiolingvistika.
9.1. Sinxron va diaxron sotsiolingvistika
Ferdinand de Sossyur davridan boshlab lingvistikada til tadqiqining
sinxron va diaxron jihatlari farqlanadi. Shunga ko‘ra, sinxron lingvistika va
diaxron lingvistika ajratiladi. Olimlar bunday bo‘linishning
shartli
ekanligini ta’kidlaydilar, binobarin, tilning u yoki bu holatini tadqiq
etishda (sinxron lingvistikaning shug‘ullanish sohasi)
uning tarixiy
omili(diaxron lingvistikaning o‘rganish predmeti)ni ham hisobga olish
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,
aksincha, til tarixining samarali
tadqiqi ba’zan tilning u yoki bu davrdagi rivojlanish holatini tavsiflovchi
sinxron rivojlanishning muayyan bir paytini qiyoslash yo‘li
orqali amalga
oshiriladi. Tilni o‘rganishdagi bunday sinxron va diaxron bo‘linish
sotsiolingvistikada ham mavjud. Sinxron sotsiolingvistika til va jamiyat
munosabatlarini, diaxron sotsiolingvistika til rivojlanishining jamiyat
rivojlanishi bilan aloqasini tavsiflovchi jarayonlarni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: