73
10-MA’RUZA
SOTSIOLINGVISTIK TADQIQOT METODLARI
Reja:
1. Sotsiolingvistik metodlarning turlari
2. Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi
3. Sotsiolingvistik tadqiqotlar o‘tkazishga tayyorgarlik
Tayanch so‘z va iboralar: sotsiolingvistik
metodlar, manba to‘plash
metodlari,
kuzatish metodi, so‘rovnoma metodi, yozma manbalarni
umumilmiy
tahlil
metodi, bevosita aralashma kuzatuv metodi,
anketalashtirish, og‘zaki so‘rovlar, testlar,
statistik tahlil, korrelatsion
tahlil, sotsiolingvistik tadqiqot dasturi.
10.1. Sotsiolingvistik metodlarning turlari
Sotsiolingvistikadagi mavjud metodlarni uch turga ajratish mumkin:
1) manba (material) to‘plash metodlari;
2) materialni qayta ishlash metodlari;
3) olingan ma’lumotlar haqqoniyligini baholash metodlari.
Birinchi
guruhda sotsiologiya, sotsial psixologiya va qisman
dialektologiyaga taalluqli bo‘lgan metodlar, ikkinchi va uchinchi guruhda
matematik statistika metodlari salmoqli o‘rin egallaydi.
Sotsiolingvistik
materiallarni taqdim etishning ham o‘ziga xos xususiyati bor. Bundan
tashqari to‘plangan, qayta ishlangan va statistik
mezonlar yordamida
baholangan material til va ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi obyektiv
qonuniyatlarga
asoslangan
aloqalarni
ko‘rsatib
bera
oladigan
sotsolingvistik talqinga muhtoj bo‘ladi
77
.
Sotsiolingvistlar ma’lumot to‘plashda ko‘proq
kuzatish va turli xil
Do'stlaringiz bilan baham: