O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

10.2. Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi 
Yosh mutaxassis aniq sotsiolingvistik tadqiqot o‘tkazishda qator 
qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklar quyidagi masalalarda 
kuzatiladi: 
1) 
kimdan ma’lumot olish; 
2) 
ma’lumot olishda qanday metodlardan foydalanish
3) 
ma’lumotlarni qanday ishlash, tahlil qilish va talqin qilish. 
Mazkur savollarga javob topish uchun sotsiologlar bir qator 
tadqiqotlarning ishchi strategik rejalariga asoslangan dasturni taklif 
qilishadi.
Tadqiqot dasturi ikki: metodologik va prosedura (yoki tashkiliy-
texnik) bo‘limdan tashkil topadi. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida 
sotsiolingvistik tamoyillar va metodlar belgilanadi. 
Prosedura bo‘limida tadqiqotning ikki xil strategik rejasi ishlab 
chiqiladi. Sotsiologiyada ular surishtirib biluvchi va tahliliy rejalar, deb 
nomlanadi. 
Tadqiqotning surishtirib bilish rejasiga quyidagilar kiradi: 
1) tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish; 
2) tanlangan muammolarni sotsiolingvist olimlar bilan muhokama 
qilish, sotsiologlardan, shuningdek, tilshunoslardan maslahat olish; 
3) aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha statistik dalillar va boshqa tegishli 
ma’lumotlarni o‘rganish; 
4) dastlabki kuzatuvlarni o‘tkazish va ishchi taxminlarni chiqarish; 
5) ma’lumotni tahlil qilish usullarini tanlash. 
Tadqiqotning tahliliy rejasi quyidagilardan tashkil topadi:
1) sotsiolingvistik anketa, test yoki suhbatni ishlab chiqish; 
2) dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish; 
3) anketaning oxirgi variantini ishlab chiqish; 
4) tanlov turi va hajmini aniqlash; 
5) materialning haqqoniyligi va taqdimot bopligini ta’minlash; 
6) anketa so‘rovlarini o‘tkazish; 
7) to‘plangan ma’lumotlarni ishlab chiqish;
9) olingan natijalarni tahlil qilish va bayon etish.
Tadqiqot jarayonida quyidagi usullar qo‘llaniladi: 
a) anketa so‘rovnomalari (bilvosita va bevosita); 
b) suhbat usuli;
d) kuzatish yoki bevosita kuzatish; 
e) statistik tahlil;
f) korrelatsion tahlil. 


77 
Sotsiolingvistik tadqiqot oldiga qo‘yiladigan bunday shart-sharoitlar 
va rejani amalga oshirish o‘z navbatida qator muhim masalalarni yechishni 
talab qiladi. Mazkur kuzatuvning muvaffaqiyatli chiqishi uchun ko‘p vaqt 
va kuch sarf qilinadi.
Qator 
xorijlik 
tadqiqotchilar 
(masalan, 
Yevropa, 
Amerika 
maktablari) vaqt va kuchlardan unumli foydalanish uchun eng muhim 
savollarni (shu jumladan, sinov savollarini ham) oldindan tuzib olishni 
maslahat berishadi. Bu usul ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida 
mavzuni shakllantirishdan tortib, to olingan ma’lumotlarni ishlash yoki 
ishni xulosa qilishda juda qo‘l keladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling