O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

 
 
 
 
 
 
 
 


79 
SOTSIOLINGVISTIK TERMINLAR LUG‘ATI (GLOSSARIY) 
Adabiy til (standart) umumxalq tilining ishlangan, sayqal 
berilgan, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilinadigan, ma’lum me’yorga 
solingan, umummajburiy va qonuniy to‘g‘ri qo‘llanadigan, xalqning turli 
madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi til. 
Aralash bilingvizm – nutq analizi va sintezining yagona 
mexanizmini nazarda tutadi, birga mavjud bo‘lgan tillar esa faqat ustki 
struktura darajasida farqlanadi. 
Argo – jargondan farqli o‘laroq, biron ijtimoiy guruh tomonidan 
boshqalar uchun atayin tushunarsiz qilib qo‘llaniladigan u yoki bu 
darajadagi yashirinyasama til. Masalan, giyohvandlar argosida dori so‘zi 
“giyohvand modda” ma’nosida ishlatiladi.
Bilingvizm (ikki tillilik) – ikki tilda erkin fikrlasha olish, ikki tilni 
bir xilda egallash. 
Diaxron sotsiolingvistika  til rivojlanishining jamiyat rivojlanishi 
bilan aloqasini tavsiflovchi jarayonlarni, ya’ni til tarixini xalq tarixi bilan 
bog‘lab o‘rganuvchi sotsiolingvistik tadqiqotlar yo‘nalishi. 
Diglossiya  bir milliy tilning turli subkodlarida gapira olish, sharoit 
va muloqot doirasiga bog‘liq holda, tilning bir subkodidan ikkinchi bir 
subkodiga ko‘chish, bir til doirasidagi turli uslublardan foydalana olish. 
“Diglossiya” termini nafaqat bir milliy tilning turli subkodlarida gapirish, 
balki turli tillarni bilish va ularni muloqot vaziyatiga ko‘ra galma-gal 
qo‘llay olishni ham anglatishi mumkin. 
Ekzogloss lisoniy vaziyat  har xil tillar majmuyi.  
Endogloss lisoniy vaziyat – bir tilning tarmoqlari (ost tizimlari) 
majmuyi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling