O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

Hududiy dialektlar – ma’lum hududning o‘ziga xos belgilari, 
binobarin, o‘ziga xos lug‘at, grammatik yoki fonetik xususiyatlariga ega 
bo‘lgan so‘zlashuv tili.
Idiolekt – bir til sohibi nutqining fonetik, grammatik, leksik va 
uslubiy xususiyatlari.
Ijtimoiy-kommunikativ tizim muayyan lisoniy hamjamiyatda 
qo‘llaniladigan, funksional jihatdan bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro aloqada 
bo‘lgan kodlar yoki subkodlar majmuyi.
Interferensiya – ikki tilni biladigan shaxsning bir tilining ikkinchi 
tiliga ko‘rsatgan har qanday ta’siri va bu ta’sirning natijasi. 
Jargon biron ijtimoiy guruh vakillarining o‘z nutqi bilan 
ko‘pchilikdan ajralib turish maqsadida, o‘zicha mazmun berib ishlatadigan 
so‘z va iboralari. Masalan, oq (aroq), qizil (vino) – ichuvchilar nutqiga xos; 


80 
strelka (uchrashuv) yoshlarning nutqida; ko‘k, ko‘kat (AQSh dollari), 
dodasi (biron narsaning zo‘ri) – ko‘proq bozorchilarning nutqida 
qo‘llaniladi. 
Kod  muloqot vositasi bo‘lib, u tabiiy tillar (o‘zbek, rus, ingliz va 
h.k.) hamda sun’iy tillar: esperanto yoki zamonaviy mashina tillari, morze 
alifbosi, turli signallar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Tilshunoslikda kod 
deganda lisoniy shakllar: til, hududiy yoki ijtimoiy dialekt, shahar koynesi 
tushuniladi.
Kodlar aralashuvi (bir kod tasarrufidan ikkinchi kod 
tasarrufiga o‘tish) – nutqiy muloqot chog‘ida so‘zlovchining 
kommunikatsiya sharoitidan kelib chiqqan holda, bir tildan (bir til 
variantidan, dialektdan, uslubdan) boshqa bir til ko‘rinishiga o‘tishi. 
Kommunikativ vaziyat – ikki yoki undan ortiq kishilar nutqiy 
muloqotining vaziyati.
Koordinativ (sof) bilingvizm ikki til mutlaqo muxtor bo‘lib, har 
biri o‘zining tushunchalar majmuyiga mos keladi, ikki tilning grammatik 
kategoriyalari ham mustaqil bo‘ladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling