O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Nutq akti – u yoki bu kommunikativ vaziyat doirasidagi  so‘zlovchining aniq nutqiy harakatlari.  Nutqiy muomala


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

Nutq akti – u yoki bu kommunikativ vaziyat doirasidagi 
so‘zlovchining aniq nutqiy harakatlari. 
Nutqiy muomala – kommunikativ vaziyat qatnashchilaridan bo‘lgan 
yo so‘zlovchi (adresant), yo tinglovchi (adresat)ning nutqi yoki nutqiy 
reaksiyasini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos xususiyatlari. 
Sinxron sotsiolingvistika – til va jamiyat aloqalariga tegishli
munosabatlar va jarayonlarni o‘rganadi. Munosabatlar bu aloqalarning 
statikasini, jarayonlar esa ularning dinamikasini ifodalaydi. 
Sleng – muayyan kasb egalari yoki ijtimoiy guruhlarning og‘zaki 
nutqida qo‘llaniladigan, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘z 
va iboralar. Masalan, “tusovka”, “telejka”, “tachka” va h.k.
Sotsiolekt – umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra birlashgan ayrim 
guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini qondirish uchun nutq amaliyotida ishlab 
chiqilgan til shakli. 
Sotsiolingvistika – tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan 
ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasi. U tilning 
ijtimoiy tabiatini, ijtimoiy funksiya(vazifa)larini, shuningdek, ijtimoiy 
omillarning tilga bo‘lgan ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni 
o‘rganadi. 
Subordinativ bilingvizm so‘zlashuvchilar ikkinchi tilni ona 
tilining ta’siri vositasida qabul qiladi: tushuncha ona tilining leksik 
birliklari, qolganlar esa ikkinchi til birliklari bilan o‘zaro munosabatda 
bo‘ladi. 
So‘zlashuv tili  adabiy til me’yorlariga ega bo‘lmagan, ma’lumotsiz 
va o‘rta ma’lumotli shahar aholisining nutqi. 
Til me’yori biror bir jamiyatda, muayyan bir davrda lisoniy 
vositalarni tanlash, belgilash va ulardan foydalanish qonuniyatlari.
Tilni planlashtirish – “til siyosati”ga nisbatan kengroq tushuncha 
bo‘lib, tilga nisbatan bo‘lgan har qanday ongli va ma’lum maqsadga 
qaratilgan o‘zgarishlar. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling