Fizikaviy kimyodan Kurs ishi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi,
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Kimyo fakulteti 2 kurs talabasining
Fizikaviy kimyodan
Kurs ishi
Mavzu: Elektrolit moddalar eritmalarini muzlash haroratini
o’rganish
BAJARDI: Ergashev O
Toshkent-2021
REJA:
1.eritmalar haqida
2.Raul va Genri qonuni.
3.Eritma muzlash haroratini o’lchash
4. Xulosa
Eritmalar haqida umimi malumot Erituvchi molekulalari
bilan erigan modda molekulalari orasida doimiy fizik-
kimyoviy o’zgarishlar bo’lib turadigan gomogen sistema
eritma deyiladi. Har qanday eritma erituvchi va erigan
moddadan tashkil topadi. Erituvchi va erigan modda
molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir solvatlanish (erituvchi
suv bo’lgan xususiy xol gidratlanish) deyiladi. Erituvchi-
eritma tayyorlanganda o’z agregat holatini saqlab qoladigan
komponent. Erigan modda-eritma tayyorlanganda o’z
agregat holatini saqlamagan komponent.
Erish jarayonining va eritmalarning tabiati haqida ikkita
qarama-qarshi fikr mavjud.
Fizik nuqtai nazardan erish toza fizikaviy jarayon bo’lib,
bunda qattiq jismlarning kristall panjarasi buziladi.
D.I.Mendeleevning klassik ishlarida bunga qarama-qarshi
fikrlar bildirilgan.
Ularga ko’ra erish kimyoviy jarayon bo’lib, solvatlanish
(yoki gidratlanish) deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |