O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi
Pedagogik faoliyat va uning xususiyatlari
Download 1.36 Mb.
|
Muqimiy nomidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik faoliyat va uning xususiyatlari
- Pedagogik faoliyatga qo’yilgan talablar
Pedagogik faoliyat va uning xususiyatlari.
Pedagogik faoliyatga qo’yilgan talablar. Pedagogik mahorat tushunchasi. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari. Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik faoliyat va uning xususiyatlari Pedagogik mahorat asoslari fani dastlab 1979 yilda Ukrainaning Paltava shaxridagi Korolenko nomidagi pedagogika instituti pedagog olimlari tomonidan maxsus kurs sifatida paydo bo’ldi. Dastlab Paltava institutida so’ngra boshqa pedagogika institutlarida ham o’qitila boshlandi. Pedagogik mahorat fanining ob’ekti- o’qituvchining pedagogk faoliyati hisoblanadi. Pedagogik mahorat fanining predmeti esa- o’qituvchining pedagogik faoliyatidagi pedagogk mahoratidir. Pedagogik mahorat fanining kategoriyalari- pedagogik qobiliyat, kasbiy bilim, pedagogik texnika kabilar tashkil qiladi. Pedagogik mahorat fanining masqadi- ma’lum bir pedagogk tizimdagi o’qituvchining pedagogk faoliyatida pedagogik mahoratni shakllanish qonuniyatlarini o’rganish hisoblanadi. O’qituvchiningg pedagogik mahoratini ta’minlovchi xususiyatlar Tayanch bilimlar; Kasbiy pedagogik tayyorgarlik, asosiy fanlarni va o’qitish metodikasini bilishi, falsafiy bilimlar, pedagogik bilimlar, psixologik bilimlar, pedagogik axloq. Metodologik bilimlar; Falsafiy, umumilmiy va aniq fanlarni, metodoloik bilimlarni, ta’lim muammolarini , mustaqil o’zlashtira olish qobiliyati. Ijodiy pedagogik mahorat; kasbiy qadriyatlarga yo’naltirilganlik, ijodkorlikga yo’naltirilganlik, innovasiyalarni, muammolarni tushunishi, rejalashtirish qobiliyati, ilmiy tadqiqot metodlarini, texnologik , grafik , metodologik madaniyati, kasb axloqi, moslashuvchanlik, o’z-o’zini baholash. Pedagogik faoliyat ob’ekti bu o’quvchi, sub’ekti esa o’qituvchi hisoblanadi. Pedagogik faoliyat - bu o’qituvchining o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish, vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta’sir ko’rsatish vositalari bilan amalga oshiriladigan professional faolligidir. O’qituvchi mazkur faoliyat jarayonida o’qitadi, yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi, tarbiyalaydi, o’quv-tarbiya ishlarini tashkil qiladi, Mamlakatimizda olib borilayotgan oqiloni, adolatli siyosatni, milliy istiqlol g’oyasini mazmun, mohiyatini targ’ibot qiladi, o’z malakasini oshirish uchun mustaqil bilim olishni rejalashtiradi, oqibat natijada o’zi ham kamol topadi, o’quvchilarni ham kamol toptiradi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan bolalarga ta’lim-tarbiya berish maxsus tayyorlangan insonlarning mehnat faoliyatidir. Uzliksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida xizmat qilayotgan o’qituvchilarning faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Har bir bola o’z xulq-atvoriga, harakteriga ega. Tarbiyada ana shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosa- batlarning murakkabligini o’zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar ana shunday xususiyatlarni bilishi lozim. O’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari professiogrammasida ifodalanadi, professiogramma quyidagilarni o’z ichiga oladi: O’qituvchi shaxsining xususiyatlari. O’qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar. Maxsus tayyorgarlikni hajmi va mazmuni. Ixtisosga oid umumiy tayyorgarlikning mazmuni. O’qituvchi shaxsining xususiyatlari: G’oyaviy sohada: Ilmiy dunyoqarash va e’tiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy- siyosiy faollik. Pedagoglik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik qat’iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o’zini tuta bilish kasbiy layoqatlilik. Bilim sohasiga: keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish. Pedagogik faoliyatlar kishini o’ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi. Pedagogik malaka - egallagan bilim va ko’nikmalarni faoliyatning ma’lum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir. O’qituvchi faoliyatiga oid bunday malakalarga quyidagilar kiradi: amaliy konstruktiv malakalar: Amaliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish faoliyatining eng muhim qoidalarini tanlay bilish. Har bir o’quvchiga nisbatan uni jamoa sharoitida tarbiyalashning individual rejasini amalga oshira bilish. O’quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularga nisbatan individual munosabatni amalga oshira bilish. Tashkilotchilik malakalar: 1.O’quvchilar orasidagi qobiliyatli bolalarni aniqlay bilish, tanlay bilish va ularni idora qilish. 2.O’quvchilarning turli xildagi jamoa individual holatini uyushtira bilish, ularni ijtimoiy faolliklarini bilish. 3.O’quvchilarga berilgan jamoa ijtimoiy topshiriqlarini berilishi yuzasidan nazorat o’rnatish va ularga zarur vaqtda amaliy yordam berish. O’zi rahbarlik qilgan sinfda amaliy ishlarni boshqarish. Ota-onalar va keng jamoatchilik o’rtasida ishlar tashkil eta bilishi, maktab rejimi shunday tuzilishi kerakki: bola maktabda yaxshi o’qisin, samarali xizmat qilsin, yaxshi dam olsin, hamma vaqt foydali va qiziqarli mashg’ulot bilan band bo’lsin, bunday faoliyatni uyushtirishga doir pedagogik talablar qo’yiladi. Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o’z xususiyatlari bilan bir- biridan ajralib turuvchi: maqsad, obyekt va subyekt hamda vositalardan tashkil topadi. Pedagogik faoliyatga qo’yilgan talablar Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanuvchi o’qituvchi shaxsi Mafkuraviy soxada- ilmiy dunyoqarash va e’tiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuquv tushunishi, fuqaroilk burchini anglpsh i, ijtimoiy faollikga ega bo’lishi Kasbiy pedagogk soxada bolalarni sevish, ular bilan ishlashga qiziqish, psixologik-pedagogik ziyraklik, kuzatuvchanlik, pedagogk takt, pedagogk tasavvur, tashkiloschilik, talabchanlik, o’z o’zini tuta olish Bilish soxasida keng ilmiy saviya, yangilikni his qila bilish, pedagogk ma’lumotni oshirishga intilish kabi sifatlarga ega bo’lishi kerak. O’qituvchining pedagogik-psixologik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarga quyidagilar kiradi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling