O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


O’qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllanishi


Download 1.36 Mb.
bet24/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

O’qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllanishi
Muloqot madaniyati individual individual uslublarini shakllanish metodikasi
A) o’quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatini individual shaxsiy xususiyatlarini o’rganish bunda, o’quchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil taxlil qilish, o’quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish, o’qituvchining muloqot madaniyatini to’g’ri tashkil qilish.
B) SHaxsiy muloqotda ro’y beradigan kamchiliklarni darxol bartaraf etish bunda , kamchiliklarga barham berish choralarini darxol izlab topish, har qanday vaziyatda o’quvchilarga qo’pollik qilmaslik, o’quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy xolatlarni bartaraf etish.
S) O’qituvchi o’zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay uslublarini tanlab olishi bunda, pedagogik faoliyatga monand muloqot madaniyati modelitni ishlab chiqish, o’z-o’zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarni muntazam taqqoslab borish, muloqotda milliy msanaviyatimmiz, urf-odat va an’analarimiz imkoniyatlaridan doimiy foydalanish, muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik, har bir o’quvchini indvidual xususiyatiga mos muloqot tizimini ishlab chiqish, muloqotni ng tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish, muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.
Nazorat uchun savollar

  1. Pedagogik muloqot nima? Muloqotga qanday talablar qo’yiladi?

  2. Pedagogik muloqot tuzilishini tavsiflang.

  3. Pedagogik nizo deganda nimani tushunasiz? Uning turlariga qisqacha tavsif bering.

  4. O’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatishning qanday usullari mavjud?




  1. Pedagogik takt va pedagogik etika

    1. Takt va pedagogik takt haqida tushuncha

    2. Pedagogik axloq

36.1. Takt va pedagogik takt haqida tushuncha
“Takt” so’zi “tegib turish” ma’nosini anglatib, odamlar o’rtasidagi munosabatlarni boshqaruvchi axloqiy kategoriya hisoblanadi. Gumanizm prinsiplariga asoslangan, taktik xulq atvor murakkab va ziddiyatli vaziyatlarda ham insonni hurmat qilishni talab etadi.
Pedagogik takt-o’qituvchi xulq atvori va xatti harakatlarida o’zida yuqori darajadagi insoniylikni, o’quvchi qadri qimmatini hurmat qilishni, adolatlilikni, o’quvchilar, ota-onalar hamda hamkasblar bilan munosabatlarda bosiqlik va o’z-o’zini boshqarishda me’yorni his etishdir. Pedagogik takt-pedagogik axloqni amalga oshirishning bir shakli . Bu o’qituvchini o’quvchilarga maqsadli ta’sir etishining o’lchovidir.
Pedagogik taktning asosi o’qituvchining yuqori darajadagi ilmiy va maxsus tayyorgarligi, o’quvchilar va ularni bilimiga bo’lgan muxabbati, pedagogik mahorati, xulq-atvor madaniyati va o’qituvchi obro’si hisoblanadi.
Umumiy va pedagogik takt-bu bir narsa emas. Har qanday odam taktik( odobli), nozik tabli, pedagogik odobli bo’la olmaydi. Pedagogik takt umumiy taktdan o’qituvchini shaxsiy sifatlarini ( hurmat, bolalarni sevish, mexribonlik) ifodalab qolmay, ammo o’quvchilarga ta’sir etishning to’g’ri yondoshuvni tanlashni ham ifodalaydi. Pedagogik takt- bu o’qituvchini kasbiy sifati, uning mahoratini bir qismi hisoblanadi.
O’qituvchining pedagogik takti ahamiyati:
O’qituvchi takti (odobi) ahamiyati pedagogik faoliyatning ijodiy harakteri bilan aniqlanadi.
Pedagogik takt o’qituvchini o’quvchilar o’rtasidagi obro’sini qozonishi uchun zarur bo’lgan sharoit hisoblanadi.
Pedagogik takt o’quvchilarda ongli intizomni shakllantirishda muhim rolь o’ynaydi.
Takt pedagogik faoliyatning barcha turlarida paydo bo’lib, o’quvchilar harakteridagi ijobiy sifatlarni tarbiyalaydi.




    1. Download 1.36 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling