O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa va AQSH da pedagogika sohasida fikrlar


Download 1.36 Mb.
bet19/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa va AQSH da pedagogika sohasida fikrlar.

  • M.V. Lomonosov va uning rus pedagogikasi hamda maktablari rivojiga qo‘shgan o‘rni.

  • L.N. Tolstoyning pedagogik qarashlari.

  • K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi.

      1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa va AQSH da pedagogika sohasida fikrlar

    XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida fan va texnika o‘sib bordi va XX asr boshlariga kelib moliya kapitalining hukmronligi o‘rnatildi. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya, Gemaniyada) maktab ta’limini kengaytirishga va yaxshilashga majbur bo‘ldi, chunki u ishlab chiqarishda ishlaydigan, murakkab mashinalarni ishlata oladigan savodli ishchilarga muhtoj edi. Shu bilan bir vaqtda ishchilarning soni ko‘paya bordi, uning hukmron sinflarga qarshi olib borayotgan tashkiliy kurashi mustahkamlana bordi. Ishchilar sinfi maktab va maorifni xalq manfaatlarini ko‘zlab qayta qurishni zo‘r berib talab qildi. O‘sha davrdagi sotsial-demokratlar davrning ilg‘or kishilarining ta’limotiga amal qilib, mehnatkashlarni ma’rifatli qilish va ularnig bolalariga haqiqiy bilim berish uchun faol kurash olib bordilar.
    Fransuz sotsialisti P. Lafarg Parij komunasini ishchilarning birinchi hukumati deb va uning maorif sohasidagi tajribasini qizg‘in tabrikladi. U proletariatning dushmani bo‘lgan ideoliglarga qarshi, dinga qarshi maktab ta’limini to‘a ravishda dunyoviylashtirish uchun, xalq bahramand bo‘ladigan maktab uchun butun hayoti davomida kurashdi. Germanya sotsial-demokratlaridan biri bo‘lgan A.Bebel ham ishchilarning ilm olishini qattiq himoya qilgan. Bebel nazariyaga juda katta ahamiyat berib, ishchilarga chinakam ilmiy asosda keng va chuqur ilm berishni talab qildi va insoniyatning ma’lum qismi bo‘lgan xotin-qizlarning ham manfaatini himoya qildi. Atoqli sotsial-demokratiyasining mashhur arbobi Klara Setkin XIX asirning 80-yillaridan boshlab ishchilarni bilimli bo‘lishi uchun xotin-qizlarni kapitalizm kishilaridan qutqarish uchun yangi maktab uchun otashin kurashdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida burjua pedagogik nazaariyalari juda xilma-xil bo‘lsa ham, lekin bu nazariyalarning hammasining ham vazifasi bir tomondan, ommaga ta’lim berish ishlarini burjuaziyaning manfaatlariga muofiqlashtirishni asoslab berishdan, ikkinchi tomondan esa hukmron sinf bolalariga jamiyatda va davlatda rahbarlik mavqeini egallashlariga yordamlashishdan iborat bo‘ldi. Yirik burjuaziyani qanoatlantiradigan maktablar vujudga keltirish maqsadida yangi maktablar deb ataluvchi pedagogik oqim paydo bo‘ldi va keng yoyildi. Jenvada «Yangi maktablarning» xalqaro birlashmasi tuzildi va Angliya, Fransiya, Belgiya, Shveysariya, AQSH hamda boshqa mamlakatlarda ochilgan shu tipdagi maktabga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablarni tariflab berdi. Internat tipidagi o‘quv yurti bo‘lgan bu yangi maktablar xususiy kishilar burjua pedagogika tashkilotlari tomonidan ochilmoqda edi Yangi maktablarnig harajati va ularga to‘lanadigan haq odatda juda katta bo‘lganligi uchun, bu haqni to‘lash uchun faqt badavlat kishilargina qodir bo‘lar edi. Bu maktablarda ta’lim va tarbiyaning yangi»erkin va aktiv «qo‘llanilar edi. Yangi maktablarning mashhur nazaryachisi bo‘lgan Shveysarilik pedagog A.Fererning aytishicha «yangi maktablar» amaliy pedagogikaning labarotoriyasidir. Bu maktablarda bolalarning yodlab olingan bilimlar bilan to‘ldirish o‘rniga, ularning fikrlash qobilyatini umumiy o‘stirish yo‘li bilan ta’lim berishga harakat qilinadi. Ferer yangi maktablarda o‘quvchilarnig yosh xususiyatlarini sinchiklab hisobga olib borish, har bir o‘quvchiga individual ta’lim va tarbiya berish uning ijobiy sifatlarini topish va bu sifatlarini o‘stirish zarur deb hisoblaydi. Ammo bu maktablarda mavjud tartib oldida bo‘ysunishga, shovinizmga o‘rgatdilar nodon xalq uchun din kerak, diplomsiz yashash mumkin emas deb ta’lim beradilar.

    1. asrning 90-yillarida AQSH da pragmatizm falsafasi degan yangi falsafa dunyoga keldi va keng rivojlandi Pragmatizmning nazariyachilari bizning falsafamiz idealizmdan ham materializmdan ham yuqori turadi obyektiv haqiqat yo‘q va odam unga yaqinlasha olmaydi deb davo qildilar. Pragmatizm yunonchada «ish, amal, tajriba» so‘zidan olingan bo‘lib, amaliyot falsafasi demakdir. Pragmatizm materializmni ham idealizmning ham metafizikasini mashara qilib kuldi, tajribani va faqat tajribani ko‘klarga ko‘tarib maqtadi, birdan bir kiriteriya deb tajribani oladi umuman pozitizm oqimini asos qilib oladi. Pragmatistlar haqiqatning kriteriyasi maydoni deb foydani tan oladilar shu bilan birga foydaning ahamiyati ichki qanoatlantirish yoki o‘z-o‘zini qanoatlantirish bilan belgilanadi deb ta’kidlaydilar. Djon Dyui (1859-1952) amerikalik filosof hozirgi zamon progmatizm oqimlaridan biri bo‘lgan instrumentalizmning ko‘zga ko‘ringan namoyandasidir. Dyuining pedagogika masalalaridagi qarashlari uning butun umri davomida bir necha marotaba o‘zgargan bo‘lsada, lekin uning asosi o‘zgarmasdan qolaverdi. Dyuining XIX asr oxiridagi maktabni tanqid qilib aytgan gaplarini ko‘p kishilar umuman burjua maktabiga nisbatan opazitsiya deb pedagogika sohasiga jumladan mehnat asosiga qurilgan tarbiya va maktabni turmush bilan bog‘lash sohasidagi yangi fikr deb yurdilar. Dyuining fikrlaridan ba’zilari 30-yillar boshigacha bo‘lgan sobiq sho‘ro maktabining tajribasida qo‘llanildi. Dyui bolaning o‘sishida irsiyatga katta ahamiyat beradi. Uning so‘zi bilan aytganda, indivi- dumdagi aqliy va jismooniy xususiyatlarning majmui irqning o‘ziga xosdir va nasldan naslga o‘taveradi degan qoidani irsiyat nazariyasi hamma e’tirof qilgan qoidaga aylantirdi. Djon Dyuining ta’kidlashicha tarbiya irsiyatga suyanishi hamda bolaning manfaatlaridan va amaliy tajribasidan kelib chiqishi lozim. Tarbiya shu tajribaning kengayib chuqurlashib borishidir. Tarbiya markazidagi figura bolaning o‘zidir u bamisoli quyoshdirki pedagogik jarayon uning atrofida aylanadi. Hamma gap bolaning o‘zidadir. Uning kuchi ro‘yobga chiqishi qiziqishlari qondirilishi qobiliyati esa mashq qildirilishi kerak. Dyuining pedagogik jarayonda bolaga ko‘proq e’tibor berilishi va o‘qishni faqat bolaning manfaatlarini ko‘zda tutgan holda yo‘lga qo‘yishga dav’at etishi oqibati natijasida sistematik ta’limdan voz kechishga, bolalarni tarbiyalashda ularni jiddiy va muntazam bilimlar bilan qurollantirishga qarshi chiqishga olib keldi. Dyui sistematik bilimlarga yetarlicha ahamiyat bermay biror ish qilish vositasi bilan o‘qitshning o‘zini bolalarning turmushi bilan bog‘lashi mumkin deb hisobladi. Mehnat bilan shug‘ullanish deydi Dyui maktab hayotining ochiqdan-ochiq markazi bo‘lib qolmoqda. Madomiki turmushda mehnat xilma-xil ekan deydi Dyui o‘quvchilar ham mehnatning xilma- xil formalari bilan tanishishlari lozim. Ularning ishlari xilma-xil bo‘lishi polizda, bog‘da, oshxonada zamonaviy mashinalar bilan uskunalangan turli sanoat ustaxonalarida bajarilishi lozim. Mashg‘ulotlarni biror topshiriq bilan masalan, kichikroq uy qurish ishi bilan bog‘lab olib borishi kerak, bunday sharoitda bolalar dastlab mashtabga qarab plan chizish bilan shug‘ullanadilar arifmetika darslarida shu uyni qurish ucun kerakli materialning qiymatini hisoblab chiqadilar til darsida uyga taalluqli so‘zlarning imlosini organadilar rasm solish va loydan turli buyumlar yasash darsida har xil buyumlar yasaydilar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida pedagogika sohasida bir qancha nazariyalar, paydo bo‘ldi, bu nazariyalar g‘arb mamlakatlaridagi pedagoglarga o‘z ta’sirini XX asrning dastlabki o‘n yillarida ham o‘tkazib keldi. Djon Dyuining fundamental g‘oyalariga bugungi kunda ham ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda tayanilmoqda.

      1. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi hamda maktablari rivojiga qo‘shgan o‘rni

    Atoqli olim M.V.Lomonosovning dehqonlarga ilm olishga ruxsat berish to‘g‘risidagi orzusi universitetda amalga oshmay qoldi. Gimnaziyalarda rus tili, lotin tili va bitta chet el tili, til adabiyoti, matematika va tarix o‘qitilar edi.
    Universitet gimnaziyasida o‘rta ma’lumot olish o‘z ona tilini o‘rganishdan boshlanar edi. M.V. Lomonosov rus xalqining buyuk farzandi, u o‘z xalqining har tomonlama boy va ma’rifatli bo‘lishi uchun bor imkoniyatlaridan foydalandi. Peterburgda 1731-yilda dvoryanlar tabaqasi uchungina bo‘lgan birinchi yopiq maxsus maktab quruqlikdagi harbiy qismlar korpusi ochildi, bu maktablarda dvoryanlar bolalari maxsus harbiy ta’limdan tashqari keng miqyosda ta’lim olish bilan birga dunyoviy tarbiya ham olar edilar. Kadet korpusida 4 ta sinf bor edi. Bularing har birida o‘qish 2 yildan 4 yilgacha davom etar edi. Shunday qilib, umumiy o‘qish muddati 10 - 12 yilga borib yetar edi. Sinflarning hisobi teskarisiga yurar edi, birinchi sinf 4- sinf deb, oxirgi o‘qishni tamom qiladigan sinf esa birinchi deb yuritilar edi. Dastlabki ikki sinfda (4-3-sinflarda) umumiy ma’lumot fanlari: adabiyot, matematika, tarix va geografiya o‘qitilar edi, yuqori sinflarda esa maxsus fanlar o‘qitilar edi. Bundan tashqari, bu sinflarda otda yurishga, qilichbozlik, raqs va musiqaga juda katta e’tibor berilar edi. Dvoryan bolalarida nazokat «oliy martabali kishilar», «zodagonlar» orasida o‘zini tuta bilish odatlari tarbiyalanar edi.
    Pyotr I ochgan davlat maktablaridagi kabi bu korpusda o‘quvchilarning kelajakdagi kasbi majburiy ravishda belgilanmas, balki kasb uning moyilligi va xohishiga qarab belgilanar edi: ular o‘z xohishlari bilan yo fuqarolik ishlariga yoki harbiy ishlarga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin edi. Dvoryanlar o‘z bolalari uchun maxsus o‘quv yurti ochganlarida o‘sha zamon pedagogikasi yutuqlaridan foydalandilar. O‘quvchilarning jismoniy hamda estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berildi, ta’limning insonparvarona metodlari qo‘llanidi. Korpus qoshida yaxshi tuzilgan kutubxona, teatr bor edi, o‘quvchilr orasida she’r yozish ishlari keng taraqqiy etgan, ular jurnal chiqarishar, turli kechalar ko‘ngil ochishlar, sayllar va hokazolar o‘tkazishar edi. 1752-yilida Dengiz akademiyasiga Dengiz kadet korpusi nomi berilib, u dvoryanlar tabaqasiga mansub yopiq maktabga aylantirildi. Peterburgda davom etib turgan Artilleriya va injinerlik maktablari Artilleriya va injinerlik korpuslariga aylantirildi. Peterburgda va Moskvada chet el pansionlari - tarbiya va ma’lumot beradigan xususiy bilim yurtlari ochildi. Dvoryan bolalarini Fransuz tiliga va dunyoviy odatlarni o‘rgatish uchun pomeshchik usadbalarga chet eldan ayniqsa Fransiyadan muabbiylar va guvernermolar chaqirib keltirildi.

      1. L.N. Tolstoyning pedagogik qarashlari

    L.N.Tolstoyning pedagogika sohasidagi faoliyati 1849-yildan boshlandi. L.N.Tolstoy bu vaqtda Yasna-Polyaniyadagi dehqon bolalarini o‘qitar edi. U pedagoglik sohasidagi faoliyatini ancha faollik bilan 1859-yildan boshlab olib bordi. L.N.Tolstoy Qrim urushidan keyin Yasna Polyanaga qaytgach, u yerda maktab ochdi va yaqin atrofdagi qishloqlarda maktab ochilishiga ham yordam berdi. L.N.Tolstoy 1859-yilda ochgan Yasnaya Polyana maktabi 1861-yildan boshlab butunlay boshqa asosda qayta tuzildi. L.N.Tolstoy o‘qtuvchilar yordami asosida o‘quvchi bolalarda erkin va samarali ijod erkinligini uyg‘onishi to‘g‘risidagi fikri uning ishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. L.N.Tolstoy xalq maktablarida faqat rus, slavyan tillarida savod, hisob va din darsi o‘tilshi kerak deb hisoblaydi. Nihoyat pedagogik faoliyatning so‘ngi davrda ta’limning mazmunini yoki hech bo‘lmasa, bu mazmundagi asosiy narsani belgilaydigan yo‘riq yana o‘zgardi. L.N.Tolstoy ta’limida eng asosiy narsa uning dini (tozalangan xiristianlik) ruhidagi diniy axloqiy tarbiya deydi. L.N.Tolstoy o‘qituvchi arifmetika, grammatika imloni yuzaki mexanik suratda o‘rgatish bilan chegaralanadigan maktabni befoyda quruq bir narsa deb atadi.
    L.N.Tolstoyning bu davrdagi qarashlarida tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, degan etiqodi to‘g‘ri edi. Ta’lim ham tarbiya ham ajralmas bir narsadir. Bilim bermasdan turib tarbiya berib bo‘lmaydi har qanday bilim esa tarbiyaviy ta’sir etadi.
    L.N.Tolstoy o‘zining ilgarigi qarashlariga qarama-qarshi o‘laroq bu mutlaqo to‘g‘ri qoidani tarbiyalovchi ta’lim prinsipi (qoidasi)ni ilgari surgan edi, ammo bu qoidani reaksion mazmun bilan to‘ldirdi. L.N.Tolstoy ta’lim metodikasi to‘g‘risida juda ko‘p fikrlar aytdi o‘qitish metodini tanlaganda o‘quvchilarning ma’lum bir metodga qarshi qanday qarashlarini e’tiborga olish kerak dedi. L.N.Tolstoy o‘quvchilarga xush kelgan ta’lim uslubigina to‘g‘ri usuldir deb yozdi. U qandaydir bir metodni ushlab olish yaramaydi, chunki barcha xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan metod yo‘q ekanligini aytdi.
    L.N.Tolstoy bolalar ijodkorligini o‘stirishga katta ahamiyat berib ularga mustaqil ish berishni, masalan, turli mavzuda insholar yozishni tavsiya etdi. L.N.Tolstoy ta’limning mazmuni va o‘qitiladigan fanlarning hajmini belgilashda o‘quvchilarning qiziqishi asosiy mezon bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. U maktabda o‘n ikkita fan o‘qitilishi kerak deb ta’kidlangan. U ta’lim metodlari haqida fikr bildirib, o‘qitish metodini tanlaganda o‘quvchilarning ma’lum bir metodga nisbatan munosabatlarini e’tiborga olish zarur deydi. L.N. Tolstoy «o‘quvchilarga xush kelgan ma’lum usulgina to‘g‘ri usuldir» deb yozadi. Uning fikricha, turli o‘qitish metodlari orasida o‘qituvchining jonli so‘zi, ya’ni hikoya va suhbat metodi asosiy o‘rinni egallaydi. L.N.Tolstoyning fikricha «agar - dars ortiq darajada qiyin bo‘lsa-yu, o‘quvchi berilgan vazifani bajarish uchun bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi, boshqa narsalar bilan mashg‘ul bo‘lib, uni bajarishga urinmaydi; agar dars ortiq darajada yengil bo‘lsa ham, shunday hol ro‘y beradi. O‘quvchining butun diqqatini berilayotgan darsga jalb etish lozim. Buning uchun o‘quvchiga shunday ish beringki, u har bir darsni bajarishda bir qadam ilgariga siljitish, deb his qilsin «.
    O‘quvchilar bilimni ongli ravishda o‘zlashtiruvlari lozim; o‘quvchilarga qoida va ta’riflar ular yetarli darajada o‘zlashtirib olgan daliliy materialning xulosasi qilib berilishi lozim».
    L.N.Tolstoyning o‘qish kitoblari uchun yozgan hikoyalari mazmuni boy va turli-tumandir. Ular bolalar adabiyoti uchun qimmatli merosdir. Bu hikoyalarning ko‘plari boshlang‘ich maktablar darsliklariga kiritlgan va ayrimlari hozir ham kitobchalar holida chop etilmoqda. L.N.Tolstoyning pedagogika sohasidagi jo‘shqin, har taraflama faoliyatida rus pedagogikasi sohasidagi fikrini burungi maktablarni boyitgan ko‘pgina ijobiy tomonlari ham bor edi. L.N.Tolstoy pedagogikasidagi ijobiy xususiyatlar quyidagilardan iborat; bolalarga chuqur mehr-muhabbat qo‘yish, bolaning shaxsini hurmatlash, bolalarning ijodkorligini uyg‘otish va taraqqiy ettirish, har bir o‘quvchining xususiyatini psixologik jihatdan mohirlik bilan analiz qilish.
    L.N.Tolstoyning pedagogika sohasidagi doimiy izlanishi, pedagoglik faoliyatiga fidokorona berilishi, pedagogik ijodkorlikka intilishi, bugungi kun o‘qituvchisining pedagogik mahoratini shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.

      1. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi

    Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy 1824-yilning 19-fevralida Tula shahrida tavallud topdi.
    K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida juda katta ahamiyatga egadir. U ta’limni bolalarning psixologiya jihatidan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olish va psixologiyaning xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etish kerakligini asosiy vazifa deb bildi. Jumladan, u o‘qitish vaqtida bolaning diqqatidan foydalanish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar berdi. Ushinskiy ikki turli diqqat: faollik, ya’ni ixtiyoriy va sust, ya’ni g‘ayri ixtiyoriy diqqatning mavjudligini ko‘rsatib, bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olib, sust diqqatga oziq berish kerak, shu bilan bir vaqtda, eng muhim bo‘lgan faollik diqqatni har tomonlama taraqqiy ettirish lozim, chunki insonga kelajakda bu diqqatdan foydalanishga to‘g‘ri keladi, deb hisobladi.
    Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to‘g‘risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo‘li bilan tarbiya oluvchilarda o‘z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak deb ko‘rsatadi.
    Ushinskiyning aytishicha, ta’lim mana shu tamoyillarga asoslanishi kerak: U ham bo‘lsa, bolalarning kuchi yetadigan va izchil bo‘lishi kerak.
    Bola charchab qolmasligi uchun birinchi o‘quv yilining boshida ularni o‘quv materiallari bilan haddan ortiq band qilib qo‘ymaslik kerak.
    Ushinskiy bola yoshidagi psixologik xususiyatlarni e’tiborga olib, darsda ko‘rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berdi. «Bolalar shakllar, ranglar, tovushlar, umuman sezgilar bilan fikrlaydi...»; bundan bolalar uchun ko‘rsatmali o‘qishning zarurligi kelib chiqadi, «bu o‘qish mavhum tasavvurlar va so‘zlarga asoslanmay, balki bola bevosita o‘zlashtiradigan aniq fikrlarga asoslanadi»,—deb yozdi Ushinskiy va psixologiya nuqtayi nazardan ko‘rsatmali ta’limni asoslab berdi.
    Ushinskiy ko‘rsatmali ta’limni gnoseologik tomondan asoslab, u bizning bilimlarimizning birdan-bir manbai «tashqi sezgilar orqali beriladigan tajriba» bo‘lishi mumkin, deb ko‘rsatdi. U: «Biz tashqi dunyodan bevosita o‘zlashtirib olgan obrazlar, demak, bizning fikriy qobiliyatimiz ustida va ular vositasi bilan ishlaydigan birdan-bir materiallar demakdir»,-deydi.
    Ushinskiyning so‘zicha, «shunday ta’lim yo‘li, ya’ni aniqlikdan mavhumlikka, tasavvurdan fikrga o‘tish yo‘li shunday tabiiy va psixologiyaning shunday aniq qonunlariga asoslanadiki, uning lozimligini ta’limning umuman inson tabiati, ayniqsa bola tabiati talablariga muvofiq bo‘lishini rad etgan kishilargina e’tirof etmasliklari mumkin».
    Ushinskiy ko‘rsatmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq etishga ko‘p qimmatli fikrlar kiritdi: U ko‘rsatmali ta’lim to‘g‘risidagi: o‘z tushunchasini materialistik asosda ko‘rsatib berdi. Ko‘rsat- malilikni tushunishda Ushinskiyda Komenskiyga xos bo‘lgan bunday ko‘rsatmali ta’limga ortiqcha baho berish va hatto bir daraja ko‘kka ko‘tarish hollari va Pestalotsiga xos bo‘lgan bolalarni tevarak-atrofni o‘rab olgan muhit bilan tanishtirishda rasmiylik va bachkanalik hollari yo‘q edi. Ushinskiy o‘qitish jarayonida ko‘rsatmali ta’limga munosib o‘rin berdi; u ko‘rsatmali ta’lim o‘quvchilarning to‘la qimmatga ega bo‘lgan ma’lumot olishlarini, ularning mantiqiy fikrlashlarini o‘stirishni ta’min etadigan shartlarning biridir, deb bildi.
    Ushinskiy Pestalotsi taqdim etgan formal mashqlarni rad qilib, bolalarni buyumlar bilan har tomonlama tanishtirishga harakat qildi, ular bu buyumlar o‘rtasidagi haqiqiy aloqalarni aniq bilib olishlarini istadi. U, ajoyib yoki hatto buyuk aql — bu «buyumlarni ularning haqiqiy holatida, ular o‘rtasidagi barcha munosabatlarni har tomonlama ko‘ra olish qobiliyatidir», - deb yozdi.
    Ushinskiy ilgari Komenskiy, Pestalotsi, Disterveglar yaratgan ko‘rsatmali ta’lim uslublarini yangi usullar bilan ancha kengaytirdi va boyitdi. Masalan, u bolalarga rasmlarga qarab so‘zlab berish to‘g‘risidagi ko‘rgazmani batafsil ishlab chiqish; suhbat vaqtida foydalanilgan rasmlarni, suhbatlardan olingan ma’lumotlarni mustahkamlash va takrorlash maqsadida sinfning devorlariga osib qo‘yish kerak, deb ko‘rsatdi.
    Ushinskiy bolalarning o‘quv mavzularini anglab, puxta va mustahkam o‘zlashtirishi qoidalariga katta e’tibor berdi. U bu qoidalarni tushunish va tatbiq qilishda o‘zidan ilgari o‘tgan pedagoglarga nisbatan ko‘pgina yangiliklar kiritdi. Masalan, o‘quv mavzusini takrorlash to‘g‘risida batafsil usul ishlab chiqdi (esdan chiqarib qo‘yishning oldini olish, takrorlaganda o‘quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, yangi materialni yaxshi tushunishda takrorlashning roli va hokazolar). Ushinskiy ayrim ko‘rsatmali tasavvurdan bolalarda umumiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish uslublarni, bolalarda nutqni o‘stirish bilan bir vaqtda ularning tafakkurini taraqqiy ettirish yo‘llarini batafsil ishlab chiqdi, bularni ishlashda noaniqlikka yo‘l qo‘ymadi.
    Ushinskiy ta’lim yo‘nalishida ikki yo‘nalish borligini qayd etdi. Birinchi yo‘nalish bolalar o‘qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil qiladilar. Bu yo‘nalishning o‘zi uch bosqichga bo‘linadi: birinchi bosqichda, bolalar o‘qituvchining rahbarligi ostida buyum yoki hodisani bevosita idrok qiladilar. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchining rahbarligi bilan o‘rganilayotgan buyum yoki hodisa to‘g‘risida olingan tasavvurlarni bir-bidan ajratadilar va farq qiladilar, solishtirib ko‘radilar va taqqoslaydilar hamda ular to‘g‘risida tushuncha hosil qiladilar. Uchinchi bosqichda o‘qituvchi o‘zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to‘ldiradi, asosiy bosqichni ikkinchi darajali bosqichdan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi. Ikkinchi yo‘nalishda olingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
    Ushinskiy maktabning ikki xodimi: murabbiy bilan o‘qituvchi o‘rtasida tarbiya va ta’lim jarayonini bo‘lib qo‘yishga qarshi norozilik bildirdi. U ta’limni tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisobladi. Shuning uchun har bir ayrim fandan dars beradigan o‘qituvchilar o‘rniga o‘sha sinfdagi butun fanlardan dars beradigan sinf o‘qituvchilari bo‘lishini talab qildi.
    K.D.Ushinskiy o‘zining pedagogik tizimida dars hamda ta’lim usuliga katta ahamiyat berdi.
    Darsda mashg‘ulotlar turlicha bo‘lishi mumkin: yangi bilim berish; o‘quvchilarning mashhar qilishi, o‘tilganlarni takrorlash, o‘quvchilarning bilimini hisobga olish, o‘quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars ma’lum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo‘lishi va yetarli darajada tarbiyaviy xususiyatga ega bo‘lishi lozim. Ushinskiy bolalar (ayniqsa kichik yoshdagi bolalar) diqqatining nisbatan tez charchashini e’tiborga olib, mashg‘ulotlarni almashtirib va usullarni xilma-xil shakllantirib turishni tavsiya qildi.
    Ushinskiy, bolalarda mustaqil ishlash qobiliyatini o‘stirish ishiga zo‘r ahamiyat berib, o‘qituvchi maktabda mashg‘ulotlar boshlagandayoq maktabga yangi kirgan bolalarga darsda mustaqil ishlashning to‘g‘ri usullarini o‘rgatish kerak, buning uchun uning fikrini dastlabki vaqtlarda, bolalar to mustaqil ishlash malakalarini mustahkam o‘zlashtirib olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi, deydi. Ushinskiy boshlang‘ich ta’lim jarayonida (boshlangich maktabda) tarix, geografiya, tabiyot fanlaridan, kerakli ma’lumotni ona tili darslarida izohli o‘qitish yo‘li bilan olib borishni tavsiya etadi, shuningdek, izohli o‘qish jarayonida anglashilmaydigan so‘zlar ham tushuntiriladi, tarbiyaviy natijalar chiqariladi va hokazolar. Ammo o‘qituvchi bu tushuntirishlar, izohlarga berilib ketib, bolalarning diqqatini o‘qilayotgan maqola yoki she’rdan boshqa tomonga burib yubormasligi lozim, chunki o‘qishdagi asosiy matn hamisha diqqat markazida bo‘ladi.
    K. D. Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o‘rganib, o‘zining «Boshlang‘ich ta’lim usullari» asarini yozdi.
    Unda boshlang‘ich maktabdagi ta’lim mazmunini asoslab berish bilan birga uning qoidalari, tartibi, usuli va vositalarini ham ishlab chiqib didaktika faniga katta hissa qo‘shdi.
    Ushinskiy oila mamlakatning ko‘pchilik aholisi uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning eng tabiiy muhiti deb hisoblaydi. Oilada bolalar dastlabki taassurotlar hosil qiladilar, eng oddiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar, o‘z iste’dodlarini rivojlantiradilar. Bola shaxsining rivojlanishi va tarbiyasida ota-onalar, tarbiyachilar, ularning hayoti va yurish-turish namunalari juda katta o‘rinni egallaydi. «Har bir shaxs va oila boshlig‘ining eng birinchi vazifalaridan biri, - deb yozgan edi Ushinskiy, - o‘z bolalaridan jamiyat uchun foydali shaxslar tayyorlashdan iboratdir. Olamda tug‘ilayotgan kishining muqaddas burchlaridan biri - to‘g‘ri va yaxshi tarbiya ko‘rish huquqdir».
    Jamiyat oldidagi ana shu mas’uliyatli vazifa va shaxs burchini bajarish uchun ota-onalar o‘zlarining xususiy baxt-saodatlarini jamiyat foydasi bilan- qo‘shib olib borish kerakligini batamom anglagan bo‘lishlari kerak. Ular pedagogik bilimlarga ega bo‘lishi, buning uchun pedagogik adabiyotlarni o‘rganishi lozim, tarbiya ishiga, tarbiyachi va o‘qituvchilar tanlashga, o‘z bolalari uchun bo‘lajak hayot yo‘llarini aniqlashga ongli yondashishlari darkor K.D.Ushinskiy «Pedagogik adabiyotning foydasi» nomli asarida ota-onaning tarbiyachilik san’ati, mahorati, maqsad va vazifalarini ham asoslab berdi.
    Yaxshi tarbiya olgan odam, degan tushuncha juda keng bo‘lib, uni har kim har xil tushunadi. Har qanday ota-ona o‘z bolasiga har jihatdan yaxshilik istaydi, lekin uning mazmunini turlicha tushunadi.
    Ota-onalar o‘z bolalari uchun munosib tarbiya yo‘lini belgilash uchun farzandlarini chuqur o‘rganishi, ularning xohish-istaklarini bilishlari kerak.
    Bola go‘daklik paytida tevarak-atrofdaga narsa-hodisalar haqida juda yorqin va aslo unutilmaydigan taassurotlar oladi.
    Oilada bola bilan tarbiyachi o‘rtasida uzviy va samimiy munosabat o‘zining tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi, iliqligi, hech qanday rasmiyatchilikning yo‘qliga bilan ajralib turishini hisobga olib, Ushinskiy oila tarbiyasiga yuqori baho bergan edi.
    K.D.Ushinskiy asl rus pedagogikasi, jumladan maktabgacha tarbiya pedagogikasining asoschisidir; u jahon pedagogika g‘oyalarining rivojlanishiga juda muhim hissa qo‘shdi. Ushinskiy chet eldagi tarbiya hamda tajribani chuqur tahlil qildi, shu sohadagi muvaffaqiyatlar va kamchiliklarni ko‘rsatdi va bu bilan boshqa xalqlar pedagogikasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
    U tarbiyaning xalqchillik g‘oyasini asoslab berdi. Bu esa asl rus pedagogikasini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Uning bolalarni aqliy va axloqiy tarbiyalashda hamda ularga ta’lim berishda ona tilining o‘rni haqidaga, xalq maktabi to‘g‘risidagi ta’limoti, uning bolalarni maktabgacha tarbiyalash nazariyasi ko‘p millatli Rossiyaning o‘sha zamondaga pedagoglar avlodigagana emas, balki keyingi avlodiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
    K. D. Ushinskiyning xizmati shundaki, u o‘z vataniga, o‘z xalqiga xizmat qilishni pedagogik faoliyatining asosiy burchi deb hisobladi. K.D.Ushinskiy ilmiy- amaliy pedagogik faoliyatining asosiy g‘oyasi va yo‘nalishi ham yuqoridagi mehnatlari bilan bevosita bog‘liqdir. K. D. Ushinskiy rus pedagogikasining o‘ziga xosligini, milliy xususiyatlarini himoya qildi, shuningdek, tarbiyani xalqchil bo‘lishi kerakligini lozim, deb hisobladi. K.D.Ushinskiy mehnatga inson baxt- saodatining asosi sifatida qaradi, bolalarni mehnat orqali tarbiyalashga katta e’tibor berdi. Ushinskiy ta’limotning mazmuni, tamoyillari, shakl va usullarini ishlab chiqishda ham ko‘p ishlar qildi. U ta’limni va uning ko‘rsatmaliligini, ongli va uzviy ta’lim-tarbiya masalalarini ishlab chiqdi, o‘qitish shakl va usullarining rang- barangligiga erishishni talab etdi.
    K. D. Ushinskiyning tarixiy xizmati shundan iboratki, u didaktika — o‘qitish nazariyasining psixologik asoslarini o‘sha vaqtdagi ilmiy muvaffaqiyatlarga muvofiq ravishda bayon qilib berdi. U qanday qilib ta’lim jarayonida mashqlar yo‘li bilan bolalarning faol diqqatini rivojlantirish, qanday qilib ongli xotirani tarbiyalash, takrorlash yo‘li bilan o‘quv dasturlarini o‘quvchilar ongida mustahkamlash (bu ta’lim jarayonining uzviy qismidir) haqida qimmatli ko‘rsatmalar berdi. Takrorlash, deb hisoblaydi Ushinskiy, «unutilgan narsalarni qayta tiklash (agar biror narsa unutilgan bo‘lsa, yomon-da)» uchungina kerak emas, «balki unutib qo‘yish mumkinligining oldini olish uchun ham» zarurdir; o‘qitish ishida olg‘a qo‘yilgan har bir qadamda o‘tilgan bilimlarga tayanish kerak.
    Ushinskiy tarbiyalovchi ta’limning eng muhim didaktik tamoyillarini: Ko‘rsatmalilik, uzviylik va izchillik, o‘quvchilarning o‘quv dasturini asosli ravishda va puxta o‘zlashtirib olishi, o‘qitish usullarining xilma-xilligini psixologik nuqtayi nazardan asoslab berdi.
    Nazorat uchun savollar

    1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa va AQSH da pedagogika sohasida fikrlarni izohlang.

    2. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablari rivojida qo‘shgan hissasini asoslang.

    3. L.N. Tolstoyning pedagogik qarashlarining mazmun mohiyatini ko‘rsatib bering.

    4. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari mazmunini izohlang.



    1. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji


      1. Download 1.36 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling