O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


Download 1.36 Mb.
bet27/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

Nutq texnikasi

Nutq texnikasi. O’quv vaqtining ko’p qismi (1/4, 1/2) da o’qituvchining nutqi bilan boqliq bo’ladi. SHuning uchun o’quv materialini o’quvchilar tushunishi o’qituvchi nutqi mukammalligi bilan bog’liqdir.
Ba’zilar tovush va uning tembri tug’ma deb bilishadi. Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovushni to’liq qayta qurish mumkinligini aniqlamoqda.
Bugungi kunda nutq texnikasi bo’yicha ishlashning teatr pedagogika tajribasi asosida nutqiy nafas, tovush, diksiya, ritmika kabi komplekslarini ishlash ko’zda tutiladi.
Nafas. Nafas organizmga hayot ta’minlab turishi bilan birga u nutqning energiya bazasi sifatida ham faoliyat qiladi. Nutqiy nafas fonosiol nafas deyiladi (fono-tovush). Kundalik hayotda nutqimiz dialogik tarzda bo’lib, nafas qiyinchilik to’g’dirmaydi. Darsda o’qituvchi ko’p so’zlagan, ma’ruza o’qigan vaqtlarda o’zgarmagan nafas hamda o’rganmagan nafas qiyinchilik tug’diradi: yuz qizarib ketishi, charchab qolish holatlari bo’lishi mumkin.
Nafas jarayonida qaysi muskullar ishtirok etishiga qarab nafasning 4 ta tipi ajratiladi: yelka va ko’krak qafasining yuqori qismini ko’taruvchi muskullar ishtirok etadi. Bu kuchsiz, yuqori nafas bo’lib, o’pkaning faqat yuqori qismi faol ishlaydi; ko’krak orqali nafasni qovurg’alar orasidagi muskullar amalga oshiradi. Diafragma kam harkatda bo’lib, nafas chiqarish kuchsiz; diafragmali nafas - ko’krak hajmining o’zgarishi, diafragma qisqarishi hisobiga bo’ladi; diafragma va qovurg’a orqali nafas - diafragmaning har tomonlama hajmi o’zgarishi, qovurg’alar orasidagi va qorindagi nafas muskullari ham qatnashadi. Shu nafas to’g’ri bo’lib, bu nutqiy nafas uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Yosh o’qituvchilar uchun nafas olish texnikasi ustida qisqacha to’xtalishga to’g’ri keladi: YUqori nafas - yelkalar va ko’krak qafasi muskullarining ko’tarilishi va tushishi orqali amalga oshadi. Bu kuchsiz, yuzaki nafas olishni paydo qiladi, bunda o’pkaning yuqori qismigina faol ishlaydi. Ko’krak qafasi bilan nafas olish - qobirg’a oraliqlari va muskullar orqali amalga oshadi. Bunda ko’krak qafasi hajmining ko’ndalang qismida o’zgarish bo’ladi. Diafragma harakatining kamligi tufayli, nafas olish yuzaki bo’ladi. Diafragma orqali nafas olish - ko’krak qafasi hajmini uzunasiga o’zgarishi natijasida diafragma qisqaradi, buning asosida qobirg’a aro muskullarning qisqarishi kuzatiladi. Diafragma qobirg’a orqali nafas olish-diafragma hajmini ko’ndalang va o’zunasiga qisqarishi qobirg’a oraliq amalga oshadi. Bu eng to’g’ri nafas olish bo’lib, hisoblanganligi uchun nutq nafasining asosini tashkil etadi.
O’qituvchilar orasida tabiatan yoqimli, chiroyli ovozli kishilar ko’p. Lekin ovoz qanchalik yoqimli bo’lmasin, yillar davomida maxsus mashqlarsiz buziladi, eskiradi, qariydi. Har bir kishining ovozi esa o’ziga xos jarangdor, kuchli va qattiq va h.k bo’ladi. Ovoz buzilishning to’rt sababi aniqlangan: Har kungi ovoz zo’riqishi tufayli; Ovoz apparatining zaifligi tufayli; Gigiyena qoidalariga amal qilmaslik; Ovoz apparatidagi tug’ma zaiflik.
Ovoz apparatining zo’riqishi natijasida ovozning buzilishi o’qituvchilarda 50% tashkil etishi aniqlangan. Bu baland ovoz bilan gapirishning oqibatidir. Insonning ovoz apparati uch qismdan: generator, energetik va rezanator qismlardan iborat bo’ladi. Ovoz generatsiyasi -ovoz tugunchalari va og’iz bo’shlig’idagi to’siqlarda paydo bo’ladi, buning natijasida shovqinli tovushlar yuzaga keladi. Rezanator tizimida - xalqum, burun-xalqum, og’iz-bo’shlig’i, nutq ritmi va dinamik rivojlanishi ta’minlanadi. energetik tizim- tashqi nafas olish bilan bog’liq bo’lib, havo to’lqinlari va miqdorini tashkil etadi va tovushning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
O’qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun o’qituvchi aktyorlik va rejissyorlik malakalariga ham ega bo’lishi lozim. Xususan, adabiyot, rasm, tarix o’qituvchilariga aktyorlik qobiliyati bo’lishi zarur. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlarni harakterlayotganda aktyorlik, o’quvchilarda ushbu xususiyatlarni tarbiyalashda esa rejissyorlik malakalari zarur. Ular aytilganlardan tashqari o’qituvchiga yoshlar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchi-o’quvchilarning aql-idrokkina emas, balki ularning his- tuyg’ulariga ham ta’sir ko’rsatish, ularga olimga nisbatan hissiy-qadriyatli munosabatda bo’lish tajribasini to’liq berishga yordamlashadi. SHunday qilib, o’qituvchi yuqorida qayd etib o’tilgan pedagogik texnika ko’nikmalarini o’zida tarbiyalasa, u yoshlarni o’qitish, tarbiyalash, ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi. Yuqorida qayd qilib o’tilgan kasbkorlik malakalari o’qituvchining o’quv va maxsus fanlar bo’yicha bilimlari, pedagogik mahoratni egallashga intilish, o’z kasbiga qiziqish va burch hamda mas’uliyatni his qilish asosida egallanadi. Va ular yoshlarni o’qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ’ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi.
Pedagogik menejment bo’yicha olimlarning ta’kidlashicha, yuqorida qayd qilib va tasniflab o’tilgan pedagogik texnika malakalarini yakka holda emas, butun tarzda qo’llansa, kutilgan maqsadga erishiladi. Masalan, nutq texnikasini, his-tuyg’u, mimik, pantomimik malakalari bilan qo’shib olganda amalga oshirish bunda so’z, gap ohangi, qarash, imo-ishora bilan, kutilmagan pedagogik vaziyatda osoyishtalik bilan aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatiga asoslansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu xususiyatlar pedagogning individual psixik fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi. Individual pedagogik texnika o’qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, sihat-salomatligi va anatomik-fiziologik xususiyatiga bog’liqdir. SHunday qilib, o’qituvchi-tarbiyachi o’zida yuqoridagi malakalarni tarbiyalasa, ularning mazmunini chuqur o’zlashtirsa, nutq texnikasini egallashning imkoni bo’ladi va u o’qituvchini pedagogik mahorat sari yetaklaydi.
Nutq tushunchasi o’qituvchining kommunikativ xulqi tushunchasi bilan o’zviy bog’liq. O’qituvchining kommunikativ xulqi deyilganda faqat uning gaprish va axborot berish jarayonigina emas, balki pedagog va o’quvchi muloqoti uchun emotsional psixologik muhit yaratishga, ular o’rtasidagi munosabat va ish uslubiga ta’sir ko’rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o’qituvchining nutqiy nazokati ham ko’zda tutiladi. O’qituvchining nutqi ma’lum talablarga javob berishi, ya’ni kerakli kommunikativ sifatlarga mos bo’lishi kerak. Nutq bir necha normalarga mos bo’lishi kerak: zamonaviy normalarga, ifodali, adabiy til normalariga. Pedagog nutqning to’g’rilik, aniqlik, moslik, leksik boylik, ifodalilik va tozalik kabi kommunikativ sifatlari o’qituvchi nutqining madaniyatini belgilaydi. Maqsadga muvofiq pedagogik nutq o’zining mantiqiyligi, ishonchligi, kuzatuvchanligi bilan harakterlanadi. Nutq funksiyalaridan biri - bilimni to’liq holda berilishini ta’minlashdan iboratdir.
O’qituvchi nutqining kommunikativ o’ziga xosligi bilan bilimni o’quvchilar tomonidan qabul qilinishi va esda qolishi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa bor. Nutq buni ta’minlashi yoki qiynlashtirishi mumkin. O’qituvchining nutqi faqat axborot berib qolmay, o’quvchining ongi, sezgisiga ta’sir qilishi, ularni o’ylash faoliyatiga undashi kerak. O’qituvchi nutqi ikkinchidan o’quvchining samarali o’quv faoliyatini nutqi avvalo darsda samarali o’quv eshituvchini ta’minlashi kerak. O’quvchi o’qituvchi nutqini eshita turib qator operatsiyalarni bajaradi: beri­layotgan axborotni ko’rgazmali shaklda aniqlashtiradi, o’zidagi bilim bilan unga munosabat bildiradi, eslab qoladi, nutq mantiqini, fikrlar rivojini kuzatib boradi.
Ovoz tonining balandligi, tovushning yuqoriligi, bir xilda gapirish bolalarni charchatadi. o’quv - biluv jarayonning samarali bo’lishiga darsda o’qituvchi tanlagan kommunikativ xulq uslubi ham ta’sir qiladi. O’qituvchi ko’pincha «jim o’tir», «o’tir», «tugat», «yop» kabi norozilikni bildiruvchi so’zlarni ishlatib o’quvchining javobini bo’ladi. «Hap doimgidek hech narsa bilmaysan», «sen buni qayerdan ham tushunarding» kabi gaplarni aytadiki, bo’lar o’qituvchi o’quvchi munosabatini buzilishiga, aqliy faollik pasayishiga, nopedagogik vaziyatlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Nutqning - o’qituvchi o’rtasidagi mahsuldor o’zaro munosabatni ta’min­lashdan iborat. Nutq o’quvchi - o’qituvchi munosabatini boshqarish rolini ham bajaradi. Bu yerda hamma narsa ahamiyatli: o’qituvchi o’quvchilarga qanday murojaat qiladi, salomlashadi, talablarini qanday qo’yadi, qanday ogohlantiradi, xohishini qanday bayon qiladi; nutqi impotensiyasi, yuz ifodasi, qarashi, ham bolaga ta’sir ko’rsatadi. Darsdan tashqari muloqotda bularning ahamiyati yanada katta bo’ladi. Ko’p narsa o’qituvchining individual muloqot uslubiga ham (qo’rquvga asoslangan, o’yinga, do’stona aloqaga asoslangan), muloqot doirasidagi sotsial xarakterlariga ham bog’liq bo’ladi.
Og’zaki nutqning yana bir xususiyati uning improvizatsiya harakterida ekanligidir. Tajribali o’qituvchi tekstga yoki konspektga qaramasdan gapiradi, o’quvchi uni tinglay turib, so’z va ifodalar birdan tutilayotganligini ko’radi. SHunday holat vujudga keladiki, go’yoki o’qituvchi bu haqiqatni, fikrlarini birinchi marta o’quvchilar bilan ochayotgandek bo’ladi.
Nazorat uchun savollar
1. Pedagogik texnika mohiyati nima ?

  1. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini ayting.

  2. Yosh o’qituvchilar faoliyatida qanday tipik xatolar namoyon bo’ladi?

  3. Pedagogik texnika mashg’ulotlari qay usulda o’tkazilishi mumkin?

  1. Nutq texnikasiga izoh bering.

  1. O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish

    1. O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mohiyati.


    2. Download 1.36 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling