O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish prinsiplari


Download 1.36 Mb.
bet28/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish prinsiplari.




    1. O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mohiyati

Mamlakatimiz hukumati xalq ta’limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchiga bog’liq. Hozirgi sharoitda ta’lim tarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadlarga yetishish, o’quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o’stirish o’quvchi zimmasiga yuklatilgan xalqimizning kelajagi, mustaqil o’zbekistonning istiqloli ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liq.
Har qanday mehnatning muvaffaqiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mehnatni uyushtirishga ta’sir etadigan shart-sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yo’llariga bog’liq. Demak, o’qituvchi mehnatini samarasi ham o’qituvchi o’z ishini qanday tashkil etishiga hamda bunga ta’sir etadigan shart-sharoitlarni qandayligiga bog’liq. Har qanday mehnatni bajaruvchi shaxs o’qituvchi ham o’zi ishni tashkil etishga o’ziga ma’qul bo’ladigan, o’zi yaxshi egallagan mahorat bilan bajara oladigan uslublarni tanlaydi. Biz ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida yashamoqdamiz. Demak, o’z ishimizni tashkil etishimizda ham fan-texnika yutuqlariga asosan kerak bo’ladi. Bu degani o’qituvchi ham, o’z mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi demakdir.
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda, pedagogik jarayonni boshqarish uchun pedagogika va psixologiya fanining eng so’nggi yutuqlaridan foydalangan holda o’z ishini ijodiy tashkil etib yangiliklar yaratish tushuniladi. O’qituvchi mehnati uning vaqti bilan bog’liq bu ishning muvaffaqiyati vaqtdan unumli foydalanish o’zining imkoniyatlarini to’la hisobga olish, o’quv va tarbiya jarayonida o’zini namoyish etishga va o’zining kimligini, qanday ekanini, nimalarga qodir ekanini tasdiqlash bilan bog’liq. O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish birinchi navbatda o’zinng ijodiy imkoniyatlariga ishonish demakdir. O’qituvchi ta’lim jarayonini to’la tasavvur etishi kerak, uning mexanizmini, qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlarni yaxshi aniqlashi kerak. Mehnat shaxsining bir maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy-foydali faoliyati bo’lib, u aqliy, jismoniy kuch, zo’r g’ayratni talab etadi.
O’qituvchi mehnati - ijodiy kasblar turiga kiradi. CHunki u shu mehnati orqali har tomonlama yetuk bo’lgan komil iisonni tarbiyalaydi. Pedagogik mehnat predmeti - o’quvchi shaxsidir. Pedagogik mehnat maqsadi - har tomonlama yetuk bo’lgan komil insonni tarbiyalashdir.
Pedagogik mehnatning natijasi o’quvchilarni mustaqil ishlay olishi, darslarda o’z fikrini bildira olishi, isbotlay olishi, tahlil qila olishi. SHu xislatlarni o’z o’quvchilarida hosil qilishi uning mahoratini belgilab beradi.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda namoyon bo’ladigan 3 ta aniq belgilar: Vaqtdan imkon qadar samarali foydalana bilishi, uni tashkil etishi; Mehnat va dam olish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan samarali foydalanish, uni boshqarish; Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda o’quvchi mehnat qilishi uchun uning sog’lig’i va har tomonlama g’amxo’rlik qilish.
Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda o’qituvchining kun tartibi muhim rol o’ynaydi. O’qituvchi o’zi uchun eng optimal yuqori unum beradigan kun tartibini topa olishi kerak. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish talablari R.Rasulova tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning tavsiyasiga ko’ra pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish, muhim talablarni bu asosiy rejalashtirishi, faoliyatni uyushtirish unda qatnashayotganlar kuchini yagona maqsadga bo’ysundirish, rag’batlantirish, operativ nazoratni hisobga olish. Shuni rejalashtirishdagi asosiy masala uyushtiradigan barcha faoliyat turlarini unda qatnashayotgan jamoa a’zolarni umumiy pedagogik maqsadga bo’ysundirilgan holda, bunda yaqin, o’rta, uzoq maqsadlarni inobatga olish ko’zda tutiladi.
Shunday qilib, o’qituvchining kun tartibini uning faoliyati va hayotini tartibga soluvchi asbobidir, desak xato bo’lmaydi. U yo’q joyda mehnat unumi ham past bo’ladi, salomatligi yo’qolib boradi. Natijada o’qituvchi sarf qilgan kuchini qayta tiklay olmaydi, ish qobiliyati yo’qoladi, oqibatda sifati pasayadi. Demak, ilmiy asoslangan kun tartibi o’qituvchilarning o’z mehnatini ilmiy tashkil etishi vazifasini hal etishga qo’yilgan qadam bo’ladi. Pedagogik mehnatini ilmiy tashknl etilishi shartlaridan yana biri ish o’rnini tartibga solish va mehnat sharoitini tashkil etishdir. O’qituvchining ish joyi ish jarayonining bir qismi bo’lib, mehnat unumining yuqori bo’lishiga ta’sir etadi. O’qituvchining ish joyi, xususiyati, pedagogik mehnatning mazmuni va xususiyati bilan belgilanadi.
Mehnat sharoiti tushunchasi kompleks tushuncha. Mehnatni ilmiy tashkil etish tajribasiga mehnat sharoiti deganda odamning mehnat qilayotgan joyi, uning sharoiti, ko’zda tutiladi. Yana unga psixofiziologik, ijtimoiy, psixologik va estetik omillar ham qo’shiladi.
Pedagogik mehnatning samarasi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko’ra bilishda va aniqlay olishdadir. SHundagina shuni ilmiy tashkil etish mumkin bo’ladi. Bu o’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning faoliyat uslubini belgilash. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda texnikadan vosita sifatida samarali foydalanish tushuniladi. Bu tamoyil ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnika va texnik vositalar yig’indisi ko’zda tutiladi.
Reja ta’lim-tarbiya faoliyatini tartibga solish, uning model yaratish, tayanch sxemalarni topish masalalaridan tashkil topadi. Shular aniqlansa, o’qishda rivojlanish, tarbiyalash jarayoni yengillashadi.
Ishni rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani ijtimoiy jihatdan samarali rivojlantirib bo’lmaydi, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish prinsipi o’qituvchi ishni muntazam va rejali kuzatib borish shundan yutuq va kamchiliklarni aniqlash, muhimlarini ajratib olish ko’zda tutiladi. Hisobga olishning eng maqbul yo’li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazorat esa obyektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralikni talab qiladi.

    1. O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish prinsiplari

O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning asosiy prinsiplariga quyidagilar
kiradi.

  1. maqbullik prinsipi. Ushbu prinsip fan bo’yicha aniq o’quv mashg’ulotini o’tkazish uchun maksimal darajadagi qulay sharoit yaratishda ifodalanadi. Jarayonni tashkil etish uchun ta’lim ishtirokchilari oldindan mashg’ulot bo’ladidan vaqt va joyi hamda dars uchun kerakli vositalar bo’yicha ogoh etiladilar. O’qituvchi oldindan o’quv xonasini, ko’rgazmali qurollarni tayyorlab qo’yadi.

  2. insonparvarlashtirish prinsipi. Ushbu prinsip o’quvchiga nisbatan ta’sir etishda salbiy holatlardan holi bo’lish bilan bog’liq. Bu yerda o’quvchilar bilan muloqotda ishonish, uning shaxsini hurmat qilish, uning ijobiy hissiyotiga tayanishni nazarda tutadi. Ta’lim jarayonida o’quvchini biror bir masalani hal etishda uni zo’rlamaslik, unga nisbatan kuch ishlatmaslikni talab etadi.

  3. ta’limni tashkil etishda kuch, vosita va vaqtni tejash prinsipi. Ushbu prinsipaga amal qilish mashg’ulotlarga tizimli tayyorgarlik ko’rishni, o’quvchilarni o’zlashtirganlik darajasini aniqlashni talab etadi.

  4. ish topshiriqlarini aniqlashtirish va individuallashtirish prinsipi. Ta’lim muassasasida o’qituvchi o’qitishni tashkil etar ekan, birinchi navbatda har bir o’quvchini imkoniyat va qobiliyatlarini aniqlab, tabaqalashgan yondashuv asosida hammadan bir xil darajada yoki bir xil usulda emas, balki turli-tuman metodlar bilan talab qilmog’i va tushuntirmog’i lozim.

  5. Rejali ishlash prinsipi o’qitishda qo’llaniladigan amaliy yoki turli metodlar bugungi kun o’quvchisini ta’lim-tarbiyasini asosiy vazifalarini to’liq hal eta olmasligini isbotladi. Demak, ta’lim muassasasi o’z faoliyatini rejalashtirishida dars mashg’ulotlari bilan birgalikda darsdan tashqari tadbirlarni ham rejalashtirishni nazarda tutadi.

  6. o’qitishda nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Har qanday dars mavzusining mazmuni amaliyotga yo’naltirilganlik harakterida bo’lishi lozim. Shundagina o’quvchi dars davomida egallagan bilimi hayot davomida kerak bo’lishini tushunadi.

  7. o’zlashtirilgan tushuncha va bilimlar tizimini doimiy nazorat qilib borish prinsipi. Bilim va ko’nikmalarni joriy va yakuniy nazorat qilish o’zlashtirilgan axborotlarni tizimlashtirishga asos bo’ladi. Demak, o’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning asosiy prinsiplariga amal qilish ta’lim samaradorligining asosiy sharti hisoblanadi.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling