O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


Download 1.36 Mb.
bet31/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

Glossariy.


Analiz - hodisalarni alohida sifat va xususiyatlarga ajratish, ya’ni o‘rganilayotgan butun bir hodisa yoki jarayonni fikran tarkibiy qismlarga bo‘lish.
Axborotlashtirish - bu ta’lim mazmunini zamonaviy axborotlar bilan boyitish.
Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishi.
Baholash -bu bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash.
Bilim - tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qiladigan qonuniyatlarning turli belgilar vositasida moddiylashtirilgan ko‘rinishidir.
Boshqaruv - bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir.
Darslik - bu aniq soha bo‘yicha fan va madaniyat yutuqlarini zamonaviy darajadagi fan asoslarini tizimli ifodalovchi, ta’lim va tarbiyaning maqsad hamda vazifalariga javob beruvchi kitob.
Dasturlashtirilgan ta’lim - bu o‘qitish va o‘qish faoliyatlarini dasturlashtirishga asoslanganligi bilan xarakterlanib, bunda ta’lim mazmunini sifatli o‘zlashtirilishini, nazorat qiliishini ta’minlovchi dasturlar asosida ta’limni tashkil etishni ifodalaydi.
Didaktika - bu ta’lim uning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllari to‘g‘risidagi fan.
Dunyoqarash - inson faoliyati yo‘nalishini aniqlovchi va uning ongida dunyoning umumiy ko‘rinishini ifodalovchi falsafiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik qarashlar tizimidir.
Estetik tarbiya - o‘quvchilarda estetik bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishni hamda estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalalarini o‘z ichiga oladi.
Evristik ta’lim - muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim prinsiplariga asoslanib, ta’limni o‘quvchilarni o‘qish faoliyatlarini ijodiy tadqiqotchilik izlanuvchanlik asosida tashkil etilishini ifodalaydi. Bunda o‘quvchilarga o‘zlarini namoyish qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling