O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


Download 1.36 Mb.
bet30/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

Nazorat uchun savollar

  1. Pedagogik mahoratni shakllanishida pedagogik refleksiyaning o’rni qanday?

  2. Pedagogik mahoratni shakllanishida o’z-o’zini tarbiyalash o’rni qanday?

  3. Pedagogik tashhislash qanday funksiyalarni bajaridi.?




  1. Pedagogik tajribani to’plash tizimi

    1. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishda materiallarni to’plash




    1. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishda materiallarni to’plash

Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir.


Ilg’or pedagogik tajriba deganda, biz o’qituvchining o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishni, o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishni tushunamiz. Ilg’or pedagogik tajriba o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan shu shakli va usullari, uslub va vositaliridir. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuni­yatlarini ochish o’quv-trbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar kiritadi, o’quvchilarni bilish faoliyatini boshqarish, yangi ko’rinishdagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi. Ijodiy ishlaydigan o’qituvchi faqatgina muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiyalish; ilg’or o’qituvchilar ish tajribalarini tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur.
Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari jarayonida egallaydigan bilimi va ko’nikmalari yig’indisidir. Bu o’qituvchining pedagogik mahorati bo’lib, u pedagogika fanini rivojlantirishida boshlang’ich omil hisoblanadi.
Pedagogik tajriba to’plash tizimi: maqsadni belgilash(nimani o’rganaman); tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish; yutuqlarni aniqlash; ma’lumot to’plash; maktab o’qituvchilarini ilg’or tajribalarni o’rganishning taxminiy tarkibi.
Ilg’or pedagogik tajriba sohibi Sh.A.Amonashvilining pedagogik metodikasining mazmuni. U o’quvchilarni fikrlashga o’rgatadi. Uning o’quvchilari o’z o’rtoqlarining ishlarini tekshirib baholaydilar (baho qo’ymasdan, albatta!). Bir- birlarining yozma ishlarini taqriz qilishadi.
V.F.Shatalov metodikasining mazmuni. Uni takrorlash asosida o’z-o’zini nazorat va baholashdan iboratdir. U ma’lum vaqtda topshirilgan vazifa yuzasidan barcha o’quvchilarni baholaydi. Kundalikni tekshirishni, har bir tayanch signallarni baholash fikrlashga ijobiy ta’sir etadi. Tayanch signali nima? Bu signallar ma’no ahamiyatini bosuvchi assotsiativ simvolidir. Bu simvol ma’lum tushunarli bo’lgan axborotni bir lahzada xotirada tikdaydi. Yo’l harakatini eslatuvchi belgilar eng yaxshi tayanch signalidir. Qizil rang mumkin emas, sariq rang - ogohlantirish, yashil rang - aniq degan ma’noni bildiradi.
S.N.Lisenkovaning pedagogik metodikasi mazmuni. U darslarda ko’rgaz- malilik, chizma modellar yordamida dars berishni o’quvchilarni faollashtiradi va mustaqil fikrlashga o’rgatadi. O’tilayotgan temani sharhlab boshqaruv darsni harakatlantiruvchi asosiy kuchdir deydi. Sharhlab beruvchi 3 ta o’zida mujassamlashtiradi: fikrlash; so’zlash; yozish. Bunda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi boshqalar qatori mas’uliyatni sezgan holda harakat qilsa, u ham o’z orqasidan butun sinfni ergashtirib faollashtiradi.
I.V.Volkov pedagogik metodikasi mazmuni. U maktabda bolalar uchun «Ijod xonasi» tashkil etib, o’quvchilar bilan ishlashda turli xil yo’nalishdagi ishlarni talab, har bir o’quvchini xilma-xil faoliyatida (adabiyot,tasviriy san’at, foto, kino) o’z qiziqishiga ko’ra kuchini sinab ko’rish, ularni ijodkorlik sifatlarini namoyon qilishga erishadi.
Ochilxon Sharafutdinov pedagogik metodikasini mazmuni. Uning metodi: darsga puxta tayyorlanish; o’tilgan temani to’g’ri rejalashtirish; o’quvchilarda faollik; ko’rsatmali qurollardan foydalanish; dars soatidan unumli o’tkazish; dars jarayonida o’tilgan mazmunini i lmiy-g’oyaviy, pedagogik va psixologiya jihatdan o’quvchilarga mos bo’lishi; amaliy mashg’ulotlar va hayotdan olish misollar bilan bog’lash; mustaqillikni o’stirishga e’tibor berish muhim o’rin tutadi.
Mamajon Abdurasulovning metodikasi mazmuni. Olti yoshli bolalarni 1- sinfga qabul qilishdan oldin (bolalar bog’chasidagi bolalar!) puxta tanishib chiqadi. 1-oktabr. Shanba kunlari ularni maktabga taklif etib, ular bilan mashg’ulot o’tkazadi. Ular nutqini o’stirishga, she’r, hikoyalar, ertaklar, ashulalar, topish- moqlar, o’qituvchi hikoyasini tinglaydilar. Ta’lim - tarbiyaga yangicha yondashish ta’lim berish jarayonini ongli ravishda tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yangicha ta’lim - tarbiya berishda milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilib, ularni muhim tomonlarini tarbiyalash jarayoniga tatbiq etilsa, bu tadbirlar yaxshi samara beradi. Jamiyat ishonib topshirgan bu ulug’ vazifani bajaruvchi fidokor kadrlar o’zlari har jihatdan barkamol bo’lmoqlari kerak.
Ilg’or pedagogik, ijtimoiy tajribalar pedagogik mahoratni shakllantirishda muhim omildir. Yangi pedagogik texnologiyaning asosiy tomoni maktab darsliklarini qaytadan yuksak darajada, yuqori saviyada tuzish lozimligidir. Darsliklar tuzish ko’p yillik ilmiy, madaniy, estetik, ma’naviy tajribalarga tayangan holda tuzilmog’i kerak. O’qituvchi pedagogik mahoratini shakllantirishda ilg’or pedagogik tajribalarga tayanish yaxshi natijalarga olib keladi.
Dars jarayonidagi ijodiy holatlar: pedagogik ijodkorlik, saranjomlik, o’quvchilarni faollikka undash, qiyinchiliklarni yengishga bo’lgan xohishga ega bo’lish, mimika va pantomimikadan mohirona foydalanish, o’quvchilarni ijodiy faoliyatga yo’naltirishdan iborat.
Nazorat uchun savollar

  1. Ilg’or tajribalarni to’plashning ahamiyatini ko’rsatib bering.

  2. Ilgor pedagogik tajriba soxiblarini tasvirlang.

  3. Ilgor pedagogik tajriba qanday ahamiyatga ega.




Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling