O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


Fan obyekti - bu u yoki bu fan o‘rganadigan borliqdagi soha hisoblanadi. Fan predmeti


Download 1.36 Mb.
bet32/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

Fan obyekti - bu u yoki bu fan o‘rganadigan borliqdagi soha hisoblanadi.
Fan predmeti -bu obyektni ushbu fan nuqtayi nazaridan qarashdir.
Fundamentalizatsiyalashtirish -bu ta’limni sistemali tarzda fundamental bilimlar va ijodiy tafakkur yo‘llari bilan, borliq va hodisalarni bilish prinsiplari, metodologik asoslari, nazariyalari bilan boyitib borish.
Fuqarolik tarbiyasi - o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari uchun kurashuvchi fuqaro sifatida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ijtimoiy pedagogika - jamiyatning tarbiyaga, tarbiyaning jamiyatga ta’siri natijasida shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini, mexanizmlarini, prinsiplarini, mazmunini, metod va shakllarini o‘rganuvchi fandir.
Insonparvarlashtirish - yoshlarni imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni shaxsini individual rivojlanishlari uchun sharoit yaratishni nazarda tutadi.
Integratsiya- zamonaviy ta’limni rivojlanish qonuniyatlari va istiqbollarini tushunish hamda element va komponentlar yig‘indisidan hosil bo‘lgan butun bir tizimni ifodalaydi.
Irsiyat - bu ota-onaning ayrim belgi va xususiyatlarini genlar yordamida farzandlarga o‘tishidir.
Jismoniy tarbiya -bu sog‘lom turmush tarzini va gigiyenik ko‘nikmalarni shallantirishga, salomatlik va jismoniy kuchlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan, sog‘lomlashtirish va bilish faoliyatlarini tashkil etish jarayoni.
Kategoriya (yunoncha. kategoria - aniqlovchi) - umumiy va fundamental tushuncha bo‘lib, ilmiy-nazariy tafakkur xarakterini aniqlovchi va real borliq qonuniyatlarini va munosabatlarini, xususiyatlarini ifodalaydi.
Ko‘nikma-ilgari olingan tajriba asosida harakatni bajara olish qobiliyatidir.
Ko‘pvariativlik - variativ o‘quv predmetlarini o‘rganish va barcha o‘quvchilarga o‘zlarini ta’limiy ehtiyojlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratish.
Konsepsiya - bu hali qo‘llanilmagan, ammo amaliyotda o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tushunishning aniq yo‘li, asosiy nuqtayi nazar, boshlang‘ich g‘oya hisoblanadi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling