O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


Download 1.36 Mb.
bet22/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

O’qituvchi bilim egallash soxasida – peagogikaning metodologik asoslarini, shaxsning rivojlanishi , shakllanishi qonuneiyatlarini bilishi, tarbiyaning mohiyati, maqsadi, vazifalarini, shakl va metodlarini, bolalar va o’smirlarning fiziologik rivojlanish qonuniyatlarini psixik rivojlanish qonuniyatlarini, individual xususiyatlarini bilishi.
ko’nikma va malakalarni hosil qilish soxasida- pedagogik vaziyatni taxlil qilish, pedagogik ta’sirlarni rejalashtirish, pedagogik hodisalarni paydo bo’lishi va rivojlanish sabablarini shart sharoitlarni taxlil qila bilish, baholay olish, tarbiyalanganlik, bilims darajalarini baniqlash, jamoaning rivojlanishini belgilay olish, o’quvchilardagi qiyinchilik va xat olarni ko’ra bilish, aniq pedagogik vazifalarni va va ularni hal qila olish, o’quv tarbiyaviy ishlarni shakl, metod va vositalavrni tanlay olish ko’nikmalariga eza bo’lishi
o’quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish soxasida –O’quvchilarning tarbiyalanganlik va bilismm darajasini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya maqsadiga muvofiq o’quv materialini tanlash, uni analiz, sintex qila olish ko’nikma, ilmiy tmateri alni qayta ishlab o’quv materialiga aylantira olishko’nikmasi, darsni ijodiy va asossli tashkil eta olish ko’nikmasiga ega bshlishi
bolalar faoliyati turlarini, imkoniyatlarini aniqlash va harakatga keltirish soxasida –o’quvchilar va jamoa uchun vazifalar belgilash, bolalarga ta’sir ko’rsatish va ularni faoliyatiga raxbarloik qilishning rejalashtirish kzo’nikmasi, o’quvchilar xulqi va faoliyatini boshqarish ko’nikmasi, o’shzini xayolan tarbiyalanuvchi o’rniga qo’ya olish ko’nikmasi, to’g’ri talablar qo’ya bilish, til topa olish, to’g’ri muomala qila olish ko’nikmasi
, pedagogk jarayonni to’g’ri uyushtirish soxasida -qo’yilgan pedagogik vazifani asosli ravishda o’zgartira olish ko’nikmasi, tashqi ta’simrlarga moslashish, sharoitga qarab harakat vositalarini tanlash, qayta o’zgartira olish malakasi, o’quvchilarni o’zaro munosabatlarni raxbarlik qila olish, o’zaro nizolarni yo’qota bilish, o’quvchilar o’rtasida do’stlik va o’rtoqlikni rivojlantiroa olish ko’rikmasi, o’quvchilar ishi ustidan joriy nazorat qila oshish
yakuniy hisob, olingan natijalarni baholash, pedagogik vazifalarni belgilash soxasida – olingan natijalarni maqsadga taqqoslabtaxlil qila olish ko’nikmasi, ta’lim-tarbiya usullarni o’qllashning sharoitlarini aniqlay bilish ko’nikmasi pedagogik faoliyatning yutuq va kamchiliklarini taxlil qila bilish ko’ni kmasi, o’z tajribasi bilanpedagogik nazariya o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash bilim , ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi kerak.
O’qituvchining maxsus tayyorgarlik xajmi va mazmuniga – ixtisoga doir bilimlarni bilishi, ilmiy bilimlarni, metodologik va metodlarni bilishi, fanning nazariy va am aliy ahamiyatinizirgi darajasi, qonuniyatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, yo’nalishlarini lilishi, maktab kursi fan muqaddimasi ekanligini tushunishi, bilimlarni mustaqil to’ldira olish uchun bibliografik ma’lumotnomalar kotologlardan foydalani olish kiradi.
O’qituvchining ixtisosga doir metodik tayyorgarlik mazmuniga- fanlarni o’qitishning maqsad va vazifalarini bilishi, DTS, maktab dasturi, darsliklar, o’quv qo’llanmalarini puxta bilishi, kursning qaysi mavzulari qiyinchilik tug’dirishini tez payqash, o’qitish metodikasini nazariy asoslarini bilishi, ko’rgazmali qurollar tayyorlashni bilim, ko’nikma va malakalari kiradi.
O’qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim - tarbiyasiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir. SHuning uchun ham mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Tarbiyachi - ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak» - degan edi. Darhaqiqat, o’qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o’z kasb mahoratini muntazam takomillshitirib borishga ishtiyoq bo’lmas ekan, u yaxshi ustoz-o’qituvchi bo’la olmaydi. Zero, davlatimizning istiqboli, Prezidentimiz tomonidan olg’a surilayotgan barcha islohotlarning ijobiy yechimi ana shu kun minglik ziyokorlik ishining samarasiga bog’liq. SHuning uchun ham bugungi mustaqillik sharoitida o’qituvchilik kasbiga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj har qachongiga nisbatan ortib bormoqda.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’tarilgan barcha tadbiru amallar respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan. Bu eng avvalo o’qituvchi kasbiga bo’lgan munosabatni tub jihatdan o’zgartirishni, uning ma’naviy - axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi. Pedagog faoliyati bilan shug’ullanadigan o’qituvchi shaxsiga Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida bir qancha talablar qo’yilgan bo’lib, har bir pedagog-xodim mazkur talablarni so’zsiz bajarishlari lozim. Bular:

  • o’qituvchi pedagogik faoliyatga qobiliyati bor, ijodkor, ishbilarmon, bolajon bo’lmog’i;

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yaxshi anglaydigan va mukammal egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy - axloqiy barkamol inson sifatida obro’ - e’tiborga ega bo’lmog’i;

  • imon-e’tiqodi butun, har qanday oqimlarga va ko’rinishlarga o’zining qat’iy munosabatini bildira oladigan, eng muhimi O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida maydonga chiqishiga ishonadigan va boshqalarni ham ishontira oladigan bo’lishi;

  • o’qituvchi vatanparvarlik g’oyasi bilan sug’orilgan bo’lmog’i va o’z tarbiyalanuvchilarini ham ana shu yo’lda fidokorlikka undamog’i;

  • pedagoglik kasbiga doir bilimlarni, ya’ni psixologik, pedagogik malaka va mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo’lishi;

  • bolalarni sevish, ular ruhiyatini yaxshi bilishi, shuningdek, ularning yosh va individual xususiyatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha olishi;

  • o’qituvchi erkin va ijodiy fikrlay olishi, talabchan, adolatli bo’lmog’i;

  • o’qituvchi odobli, iboli va hayo sohibi bo’lish bilan birga, o’z tarbiyalanuvchilarini ham ana shunday sifatlar bilan qurollantirishga harakat qilmog’i;

  • o’qituvchi o’z so’ziga va qilayotgan ishiga bolalarni ishontira oladigan, obro’-e’tiborli shaxs bo’lmog’i;

  • o’qituvchi o’tkir suhandon, mantiqiy fikrlovchi, o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan ma’lumotni izchil va ketma - ketlik prinsipi asosida yetkazishi;

  • o’qituvchi madaniyatli, estetik didli bo’lishi bilan o’zining tarbiyalanuvchilari uchun ibrat bo’lib qolmog’i kerak.

Har bir pedagog xodim o’z faoliyatiga tanqidiy yondashib, o’z ustida muntazam ravishda tinmay aqliy faoliyat bilan shug’ullanib borishi, o’z kasbining mohir ustasi bo’lishi bilan birga boshqa fanlarning ham mazmun-mohiyatini chuqur bilishi talab qilinmoqda. Agar o’qituvchi ana shunday sifatlarni o’zida mujassam qila olsa, u kadrlar tayyorlash milliy modelida qayd etilgan o’qituvchi tamoyiliga qo’yilgan talablarga to’liq javob bera oladi deyish mumkin.

    1. Pedagogik mahorat tushunchasi

Mutaxassislarning pedagogik mahorat tushunchasi mohiyatini ochib berishga oid turlicha qarashlarini kuzatishimiz mumkin. “ Pedagogik ensiklopediya” da “pedagogik mahorat bu- o’z kasbining moxir ustasi bo’lgan, yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chuqur bilajddigan, turdosh fanlar sozasini yaxshi taxlil qila oladi gan, tarbiyalash va o’qitish usullarni mukammal egallagan mutaxassis” deb ta’rif berilgan.
Taniqli ukrain pedagogi Zyazyunning fikricha, Pedagogik mahorat - bu o’qituvchining yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligini ta’minlovchi kasbiy va shaxsiy sifatlari yig’indisidir.
Pedagogik mahorat - bu o’qituvchi nutqining ravon va ta’sirchan o’tila- yotgan mavzuga o’quvchi diqqatini torta oladigan, mavzuga mos ko’rgazmalar - ijod qilib va undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o’quvchi qalbiga yo’l topa oladigan, har bir dars bolaning qiziqish va faoliyatini oshira oladigan kishini tushunamiz.
Pedagogik mahorat - izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o’qituvchi o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo’yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o’z ichiga oladi. Pedagogik mahorat - bu pedagogik (o’quv tarbiyaviy) jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’llantirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir.
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu - kasbga oid bilimlarni puxta o’zlashtirishdan iboratdir. O’qituvchi o’quv yurtidayoq ilmiy bilimlar tizimini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o’ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o’qituvchiga faqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri fe’l-atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik hamisha uning hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin. Qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyatli va mahoratli o’qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni dildan sevadigan va bu yo’lda o’z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga mehr - muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi.
Uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish muammolari to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: «O’qituvchi va murabbiylar- ning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag’batlantirish, ularning o’z ishi, kasbidan mamnun bo’lishini ta’minlashimiz lozim va ... bu masalani yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi to’g’risida gapirishning o’zi mutlaqo nomaqbuldir»,- deb ta’kidlagan edi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o’qituvchilar oldiga juda katta va mas’uliyatli vazifalar yukladi. Bu esa o’qituvchilardan o’z ustilarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o’z Vataniga, xalqiga munosib insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi.
O’qituvchilik kasbi ulug’ va sharafli, murakkab, o’z o’rnida mas’uliyatli kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo’lib yetishishida o’qituvchi sababchi bo’ladi. Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu fuzalolar o’qituvchining mehnati samarasidir. O’qituvchi mehnatini biror narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. O’qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson o’zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o’qituvchilik ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko’nikmalarni egallashi lozimdir. Bugungi kun o’qituvchisi: dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi; o’zi o’qitadigan fanni chuqur egallagan bo’lishi; hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har daqiqasidan unumli foydalanishi; pedagogika, psixologiya hamda o’z fanining metodikasini yaxshi bilishi zarur.
Va nihoyat muallimda o’qituvchiga xos bo’lgan qobiliyatlar mujassam etgan bo’lishi lozim.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko’proq natijalarga erishish imkonini beradi.
Pedagogik mahorat o’ziga bolalar haqidagi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o’qituvchi-tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o’z kasbining chinakam ustasi bo’la olmaydi.
Zamonaviy o’qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ularni o’sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy g’oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlanish yo’llari va usullarini aniqlash turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish usullarining o’zaro bir-biriga o’tishi dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi.


    1. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari

Taniqli olim Zyazyunning fikricha, o’qituvchi pedagogik mahoratining tarkibiy qismlariga a) o’qituvchi faoliyatining insonparvarlik yo’nalishi; (qiziqishlari, kasbga bo’lgan ijobiy munosabati, ideali);

  1. kasbiy bilimlar (ixtisosga doir bilimlar mutaxassislik fanini, uni o’qitish metodikasini pedagogika va psixologiyani chuqur bilish);

  1. pedagogik qobiliyat (bilish, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, obro’ orttira olish, to’g’ri muomala qila olish, kelajakni ko’ra bilish, diqqatni taqsimlay olish qobiliyatlari va pedagogik nazokat odob-axloq); pedagogik texnika (nutq texnikasi, mimika, pontamimika, o’z hissiy holatini boshqarishi) kiradi.

Demak, pedagogik mahorat yaxlit sistema sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: pedagog shaxsining insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy maqsadga-barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo’naltirilganligi; mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan professional bilimlarga ega bo’lishi; pedagogik qobiliyatga ega bo’lishi (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy musaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash («yuzidan uqib olish»)); pedagogik texnikani egallashi, ya’ni o’z-o’zini boshqara olishi, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalashi.
Pedagog shaxsining insonparvarlik yo’nalishga ega bo’lishi - o’quvchi shaxsini hurmat qilish, ayrim masalalarni-o’zini o’quvchi o’rnida sezib hal etishi, adolatli bo’lishi, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga - barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirishda ifodalanadi. O’z davrida Ibn Sino ham o’qituvchi shaxsida halollik, adolat, poklik, mehnatsevarlik, fidoyilik, odamgarchilik kabi xislatlarni qadrlagan.
Professional bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashkil qiladi. Pedagog bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to’g’risidagi bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o’zlashtirayotgan o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’zi dars berayotgan fanni, o’ni o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlaridan puxta bilimga ega bo’lishi, pedagog professional bilimlari mazmunini tashkil etadi. Professional-pedagogik bilimlarni o’ziga xosligi, ularni kompleks harakterga ega bo’lishi va har bir o’quvchida shaxsiy «ohang» kasb etishidir.
Professional bilimlar negizida pedagog xatti-harakati va xulqining asosini tashkil etuvchi pedagogik prinsiplar va qoidalar vujudga keladi. Bu prinsip va qoidalarni har bir pedagog o’z tajribasiga tayangan holda yaratadi, lekin ularning qonuniyatlarini ilmiy bilim yordamida aniqlaydi. Bu bilimlar doimo takomillashib borishi zarur.
Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli o’tishiga ta’sir ko’rsatuvchi psixik jarayonlarni qanday kechayotganligini bildiradi. Bir qator olimlarning ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan holda, oltita yetakchi pedagogik qobiliyatlarni ajratib ko’rsatish mumkin: kommunikativlik (muloqotga moyillik), odamlarga nisbatan ko’ngilchan bo’lish, mehribonlik; aql bilan sezish-kasbiy ziyraklik, boshqalarga hamdard bo’lish, ichki (hissiy) sezgirlik; shaxsning harakatchanligi, irodaviy ta’sir ko’rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyatlari; hissiy barqarorlik-o’zini boshqara olishi; kelajakni eng maqbul holda bashorat qilish; kasbiy mustaqillik-ijod qilishi qobiliyati.
Pedagogik texnika ikki turdagi ko’nikmalar guruhidan iborat. Birinchisi - o’zini-o’zi (gavdasi, hissiy holati va nutq texnikasi) boshqara olishi, ikkinchisi - pedagogik vazifalarni hal etishda o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlashni uddalash (didaktik, tashkilotchilik malakalari, bevosita ta’sir etish texnikasi), bu haqda keyingi ma’ruzalarda batafsil to’xtalamiz.
Pedagogik mahoratning biz yuqorida ko’rib chiqqan tarkibiy qismlari, uni tuzilmaviy harakterga ega ekanligini anglatadi. Pedagogik mahoratning yaqqol tashqi belgilari: faoliyatni aniq maqsadga yo’naltirilganligi, vazminlik, mulohaza yuritish, o’quvchilar bilimini puxtaligi, eng maqbul vositalarni tanlanganligi, o’z faoliyatiga ijodiy yondashuvidir.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta’lim va tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o’z o’quvchilarini turli o’quv faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan o’quvchilarda muayyan bilim, ko’nikma, malakalar va xulqni shakllantiradi.
Lekin aynan bir xil metod bilan ishlagan turli o’qituvchilarning erishgan natijalari ham turlicha bo’lishi aniqlangan. Buni sinovdan o’tkazilgan metodlardan foydalangan bo’lsalarda, ayrim o’qituvchilar, hatto eng quyi darajadagi o’zlashtirish natijalariga ham erisha olmaganlar. Bunday o’qituvchilar: «Hamma narsani metodik tavsiya asosida bajardim, nima uchun bolalar mavqiy solish, qaysarlikni va dars tayyorlamaslikni yana davom ettirmoqdalar?» - deb hayron bo’ladilar. Gap shundaki, o’quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o’qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir ko’rsatadi.
Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bir necha qismlardan tashkil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahoratni «pedagogik sistema» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta’riflanadi: «Pedagogik mahorat shaxs sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan professional- pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda yuqori saviyada tashkil etishni ta’minlash bo’lib, u pedagogni o’z faoliyati mohirligining eng yuqori cho’qqisiga erishganligini bildiradi». Bundan ko’rinib turibdiki, pedagogik mahorat - bu pedagogik faoliyatning barcha turlarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti va har tomnlama rivojlantirish maqsadlariga yo’naltirish, o’quvchilarda dunyoqarash qobiliyatni shakllantirish va ularda ijtimioiy zarur mehnatga moyillik uyg’otishdir.

    1. Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o’qituvchi mahorati masalalari

SHarq mutafakkirlari va allomalarining ijodiy meroslarida o’qituvchi tarbiyachi mahorati, ustozlik-shogirdlik shartlariga ham alohida o’rin berilgan. Quyida shulardan misollar keltiramiz: Masalan, mashhur faylasuf va mutafakkir, qomusiy ilmlar bilimdoni Abu Nosr Forobiy (873-930) ustoz - o’qituvchiga shunday talab qo’yadi: «Ustoz-shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko’ngilchanlik ham qilmasligi lozim. CHunki ortiqcha zulm shogirda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq bo’lsa, shogird uni mensimay qo’yadi va u beradigan bilimdan sovib ham qoladi. U o’qituvchiga bolalarning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida «qattiq» yoki «yumshoq» usullardan foydalanishni maslahat beradi:

  1. Tarbiyalanuvchilar o’qish o’rganishga moyil bo’lsa, ta’lim-tarbiya, jarayonida yumshoq usul qo’llaniladi.

  2. Tarbiyalanuvchilar o’zboshimcha, itoatsiz bo’lsa, qattiq usul (majburlov) qo’llaniladi.

U o’qituvchining tarbiya usullarini hukumat (davlat) va shohlarning xalqni tarbiyalash va boshqarishdagi usullariga o’xshatadi, ularni qiyoslaydi. Har ikkalasida ham yumshoqlik va majburlov zarurligini o’qtiradi.
Mashhur olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’qituvchiga o’quvchini zeriktirmaslikni, o’tiladigan mavzuni qiziqarli va ko’rgazmali holda bo’lishi lozimligini maslahat beradi. Beruniy Hindiston asarida esa olimlarni, ilm aqllarini hurmat qilishga chaqiradi. Bularni kishilar ayniqsa, hukumdorlar hurmat qilsa, ularga o’z o’rnida baho bersa, ilmlar ko’payadi, demak, jamiyat iqbolli bo’ladi, gullab-yashnaydi.
Buyuk alloma Ibn Sino (980-1037) talabaga bilim berish o’qituvchining mas’uliyatli burchi ekanligini ta’kidlaydi. U o’qituvchining qanday bo’lish kerakligi haqida fikr yuritar ekan, ularga shunday yo’l -yo’riqlar beradi: bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo’lish; berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berish; ta’limda turli metod va shakllardan foyda- lanish; talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarni bilishi; berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bera olish; bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berilishi; har bir so’zning bolalar hissiyotini uygotish darajasida bo’lishiga erishishi lozim.
XI asrda yashab o’tgan allomalardan biri YUsuf Xos Hojib (XI asr) ham o’z ijodida ilm ahllarini, ya’ni ustozlarni ulug’laydi. «Qutadg’u bilig» asarida ilm ahli ulug’lanadi.
Az - Zamaxshariy (1075-1143) «Nozik iboralar» risolasida ilmu fan ahllari, o’qituvchilarga nisbatan hurmat e’tiborning pasayib ketganidan kuyinib yozadi: «o’tgan zamonlarda ilmu fazilat sohiblari podshohlardan o’z og’irliklariga barobar oltin hadya olardilar, asta-sekin zamonlar o’tishi bilan ularning qiymatlari kamayib, itlaru olmaxonlar ulardan afzal bo’lib qoldi, ya’ni nodonlar oltinlardan ortiq ko’riladigan bo’lib qoldi».
Muslihiddin Sa’diy SHeroziy (SHayx Sa’diy) (1184-1204) ta’lim-tarbiyada muallimlarning talabchanligi bilim va tarbiya berishda qatiqqo’l bo’lishning tarafdori bo’ladi.
«Gulistonda» yana ustoz-shogird munosabatiga oid hikoyat keltiriladi: «Bir odam kurash san’atiga zo’r mahorat qozondi, u 360 xiylani bilar va har kuni bir hiylani ishlatib ko’rishar edi. SHogirdlaridan biriga 359 xiylani o’rgatdi. Ammo bir hiylani o’rgatmadi: Ustozining hurmatini bilmagan shogird, ustozidan ham ustunligini aytib maqtanadi. Bu so’z podshoga yoqmaydi. Ularni kurash tushmoqlarini buyuradi. Ustoz oxirgi hiylasini ishlatib shogirdini yengadi. Ustoz hurmatini bilmagan shogird esa haloyiq va podshoning nafratiga uchraydi.
Burxoniddin Zarnudjiy «o’qituvchiga ta’lim yo’lida qo’llanma» Burxoniddin kitobining bir bo’limi «o’qituvchi, o’rtoq, fanlarni tanlash haqida» deb nomlanadi. Unda o’quvchiga quyidagicha maslahat beradi:
«O’qituvchi tanlaganingizda eng avvalo bilimliligiga, eng olijanobiga va yana keksasiga to’xtamoq kerak ... Muallim, ustozga nisbatan hurmatda bo’lish ifodasi shuki shogird muallimdan oldin yurmasligi, uning o’rniga borib o’tirmasligi lozim».
Sohibqiron Amir Temur ham o’z hukmronligi davrida ilm ahllari, muallim, mudarisslarga hurmat bilan qaraydi. Kishilarga mansab berishda ham ularning ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning o’rnini muhim deb biladi. Ko’plab maktab, madrasalar ochadi, ularga muallim va mudarislar tayin etadi. o’zining ustozlarini ham juda qadrlaydi.
Alisher Navoiy ijodida ham muallimlar ishi ularga munosabat masalalariga keng o’rin beriladi. U yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o’zlari ham bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi. Nodon, mutaassib, johil domlalarni tanqid etadi va o’qituvchi ma’lumotli o’qitish yo’llarini biladigan muallim bo’lishi zarur deydi. Masalan: «Mahbub-ul- qulub» asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o’ta qattiqqul, johil va ta’magirlarini: «Maktab tutuvchi gunohsiz yosh bolalarni jafo qiluvchidir», - deb yozadi. SHu bilan birga o’qituvchining mehnatining og’irligini xolisona baholaydi:
Navoiy o’qituvchining hurmatini qanchalik joyiga qo’ysa, unga bo’lgan talabni ham shunchalik oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma’naviy pok bo’lishlarini talab etadi. «Mudarris kerakki g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa, yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa».
Husayin Voiz Koshifiy (1440-1505), (Xuroson) «Futuvatnomai Sultoniy yoxud javomardlik tariqati» asarida ustoz-shogird munosabatlariga keng to’xtaladi. «Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi deb so’rasalar, irodat ustiga deb javob bergin. Agar irodat nima deb so’rasalar, samo va toatdir deb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb so’rasalar nimani ustoz aytsa, uni jon qulog’i bilan eshitish, chin ko’ngli bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalda ado etishdir deb ayt.
U shogirlikning 8 ta odobini ko’rsatadi: Birinchi bo’lib salom berish. Ustozning oldida oz gapirish. Boshni oldinga egib turish. Ko’zni har tomonga yugurtirmaslik. Gap so’ramoqchi bo’lsa oldin ustozdan ijozat olish. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik. Ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik. O’tirib turishda hurmat saqlash.
Koshifiy ustozlik shartlarini ham ko’rsatadi. «Bilgilkim hech bir ish ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam bo’lmagan».
Kimki ustozsiz ish boshlagan bo’lsa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib shod bo’l, bir muddat ustozga xizmat qilginda, so’ngra o’zing ustoz bo’l ... Agar komil inson kim deb so’rasalar, u pok mazxabli, o’z aybini ko’radigan dono va tamizli kishidir deb aytgil. Unda hasad, gina va baxillikdan asar bo’lmaydi.
Qadimgi YUnoniston va Rim faylasuflari - Suqrot, Pluton (Aflotun), Demosfen, Aristotel (Arastu), Siseron va Kvintillianlarning murabbiy shaxsi, faoliyatiga yondashuvlari. O’qituvchi tomonidan notiqlik san’atining egallanishi - qadimgi YUnoniston va Rim davlatlarida shaxs tarbiyasini tashkil etishga qo’yilgan muhim talab ekanligi manbalarda yaqqol ko’zga tashlanadi. YA.A.Komenskiy, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy va boshqalarining o’qituvchi shaxsi, uning kasbiy tayyorgarligi, pedagogik mahorati borasidagi qarashlari muhim ahamiyatga ega. M.F.Kvintilian ( Notiqni tarbiyalash asarida) O’qituvchining bilim saviyasi yuqori bo’lishi, bolalarni sevishi, ularni kuzatib o’rganishi, axloqi yuksak darajada bo’lishi, maqtov va jazolashni me’yorinibilishi, tarbiyalanuvchiga o’rnak bo’lishikerak” ded ta’kidlaydi.
YA.A.Komenskiy “ O’qituvchi o’z bilimlari bilan o’quvchini onggiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi, o’quvchi bilmagani uchun uni jazolamasligi, har bir o’quvchini yaxshi xislatlarini topib tarbiyalashi kerak” deb ta’kidlagan.
A.V.Disterveg “ O’qituvchi o’z fanini yaxshi bilgan, o’z kasbigni sevgan holda ishchan, talabchan, o’z fikrini o’quvchi onggiga singdira oladigan, o’z ustida doimiy ishlashi, talabchan, odil bo’lishi kerak” deb ta’riflasa.
K.D.Ushinskiy “ O’qituvchi talabchan, oq ko’ngil, adolatli, faol ishtirokchi, faol jamoatchi, vatanparvar, baynalminal bo’lishi kerak” deb ta’kidlaydi.

Nazorat uchun savollar



  1. Pedagogik faoliyat va uning xususiyatlarini izohlang.

  2. Pedagog faoliyati bilan shug’ullanuvchi o’qituvchi shaxsiga qanday talablar qo’yiladi?

  3. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini izohlang.

  4. Pedagogik mahorat nima? Uning mazmun- mohiyatini qisqacha yoriting.

  5. Pedagogik fikrlar taraqqiyotidagi o’qituvchining mahorati masalalarini qisqacha tushuntiring.

  6. Sharq mutafakkirlarining pedagogik faoliyati haqida so’zlab bering.

  7. Pedagogik fikr tarixi haqida Sharq mutafakkirlarining g’oyalarini izohlang.

  1. O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat


    1. Download 1.36 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling