O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


rasm.Yarimo‘tkazgichli integral sxemalardan biri: a


Download 6.53 Mb.
bet8/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
1.2 rasm.Yarimo‘tkazgichli integral sxemalardan biri: a —uning ko‘ndalang kesimi; b — prinsipial elektrik sxemasi.
E lektronqurilmalarniminiaturlashdayarimo‘tkazgichlidiodvatriodlarningqollanilishimuhimbo‘ldi, buesaelektrontuzilmalarzichligini 1 sm3va 2-3 elementgachayetkazishimkoniniberdi. Elektronikani miniaturlashning hozirgi vaqtda ham rivojlanayotgan navbatdagi bosqichi integral sxemalarning barpo etilishidir.
Bu mikro-miniatur elektron tuzilmaning barcha elementlari (yoki uning qismlari) ajralmas qilib konstruktiv bog‘langan va o‘zaro bir-biri bilan elektrik birlashgan.Integral sxemalarningi kkita asosiy tipi mavjud: yarim o‘tkazgichli va plyonkali.
Yarim o ‘tkazgichli integral sxemalar asl yarim o‘tkazigichlardan tayyorlanadi.Termik, diffuzli va boshqacha ishlov berish natijasida yarim o‘tkazgichning kristall panjarasini shunday o‘tkaztiriladiki, natijada uning ayrim sohalari sxemaning turli elementlari bo‘lib qoladi. Bu o‘lchovi 1 sm2ga yaqin bo'lgan plastinkadan100 va undan ko‘proq detallardan iborat, radiotexnik blokka ekvivalent bo‘lgan sxema yaratishga imkon beradi. Integral sxemalarda rezistorlar va kondensatorlar sifatida odatda p—n o‘tishlardan foydalaniladi. 1.2- rasmda yarimo‘tkazgichli integral sxemalardan biri ko‘rsatiigan: a —uning ko‘ndalang kesimi; b — prinsipial elektrik sxemasi. Turlicha shtrixlash bilan — har xil yarimo‘tkazgich yoki o‘tkazgich materriallar yoki turlicha kirishmali materiallar ko‘rsatilgan(A — kondensator, В — rezistor, 1—5—sxemaning tegishli nuqtalari).
Plyonkali integral sxemalar vakuumda tegishli tagliklar ustida turli materiallarni cho‘ktirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Shuningdek, yarim o‘tkazgichli va plyonkali sxemalarning birga qo‘shilishidan iborat bo‘lgan—gibridli integral sxemalardan ham foydalaniladilar.
Integral sxemalar ayrim elementlariing o'lchamlari judayam kichik, 0,5-10mkm tartibida bo‘ladi, shuning uchun ozginagina chang, gard va shunga o‘xshashlar ularning ishiga ta’sir etishi mumkin. Bu esa integral sxemalarning atrofidagi muhit g‘oyatda toza bo'lgan sharoitlarda tayorlanishi kerakligini jiddiy talab etadi.
Elementi 100 dan ortiq bo‘lgan integral mikrosxemalar — katta integral sxemalar (KIS) deb nom oladi.Integral sxemalami yaratish, elektron qurilmalarni miniaturlash hozirgi zamon elektronikasi taraqqiyotining bosh yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi.



Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling