O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Tibbiy elektronika. Tibbiy elektron asbob vaapparatlarning asosiy guruhlari


Download 6.53 Mb.
bet9/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95

1.2 Tibbiy elektronika. Tibbiy elektron asbob vaapparatlarning asosiy guruhlari


Elektronika bilimning amaliy sohasidir.Elektron qurilmalarning kengtarqalgan qo‘llanilishlaridan biri kasallikni aniqlash va davolash bilan bog‘liqdir. Elektronikaning, tibbiy biologik masalalarni yechish uchun elektron sistemalarni qo'llashning xususiyatlarii, shuningdek, ularga mos apparatlarning tuzilishini ko‘rib chiqiladigan boiimi — tibbiyot elektronikasi deb ataladi.
Tibbiyot elektronikasi fizika, matematika, texnika, tibbiyot, biologiya, fizologiya va boshqa fanlardan olingan ma’lumotlarga asoslanadi. U o‘zida biologic va fiziologik elektronikani mujjassamlashtiradi. Bu doimo kengayib boruvchi soha hisoblanadi, chunki elektronikaning tibbiyotda qo‘llanilishi xilma-hildir.Hozirgi vaqtda unda ko‘proq an’anaviy noelektronik xarakteristikalar —temperature, jismning siljishi, biokimyoli ko‘rsatkichlarni o‘lchashda foydalanilmoqda va elektr signaliga o'zgartirish kiritishga harakat qilinmoqa. Elektr signal sifatida beriladigan ma’lumotni uzatish va qayd qilish qulay. Tibbiy biologiya maqsadlari uchun ishlatiladigan elektron asbob va apparatlar asosan quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Tibbiy biologiya axborotini olish , uzatish va qayd qilishqurilmalari. Bunday axborot faqat organizmda (biologik to‘qima, organlar, sistema) ro‘y beradigan jarayonlar bo‘lmasdan, balki atrof-muhitning (sanitariya-gigiyena) holati, protezlarda sodir bo‘ladigan jarayonlar va h.k. haqida bo‘lishi mumkin.Bunga diagnostik apparaturalarning ko‘pgina qismi: ballistokardiograf, fonokardiograf, reograf va boshqalar kiradi. Bunday asboblarning ko‘pchiligida elektr signallar kuchaytirgichlarining bo‘lishi xarakterlidir. Bu guruh yana laboratoriya tekshirishlari uchun elektro tibbiyot apparatlarini, pH -metrni kiritish mumkin.
2. Davolash maqsadida organizmga turli fizik faktorlar (ultratovush, elektr toki, elektromagnit maydon va boshqalar) bilan dozali ta’sir ko‘rsatishni ta ’minlovchi elektron qurilmalar: mikroto‘lqinli terapiya apparatlarni, elektroxirurgiya uchun apparatlar, kardiostimulatorlar va boshqalar. Fizik nuqtayi nazardan bunday tuzilmalar har xil elektr signallariing generatori hisoblanadi.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling