O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


-BOB. TIBBIY ЕLEKTRONIKA ASOSLARI


Download 6.53 Mb.
bet6/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95

1-BOB. TIBBIY ЕLEKTRONIKA ASOSLARI.



1.1. Tibbiy еlektron asbob va apparatlarning asosiy guruhlari.


Fizika har qanday boshqa fan kabi jamiyat talablariga ko'ra taraqqiy etib keldi va taraqqiy etmoqda. Uning rivojlanishi amaliy masalalar bilan boshqariladi.O,z navbatida fizikaning taraqqiyoti amaliy, shu bilan birga texnik muommolarni yechishga imkon beradi. Masalan, elektromagnit hodisalarni tekshirish sohasidagi yutuqlar natijasida texnikaning tegishli tarmoqlari rivojlanib ketdi: elektro va radiotexnika. Asta-sekin radiotexnikaning ko‘pgina bo'limlari radioelektronika yoki elektronika deb atala boshladi.
“Elektronika" termini shartli ravishda qabul qilingan bo‘ib, unga aniq bir ta’rif berish qiyin. Ehtimol, hammadan to‘g‘rirog‘i elektronika deganda fan va texnikaning shunday tarmog'i tushuniladiki, unda elektrovakuumli, ionli va yarimo'tkazgichli qurilmalarning (asboblarining) ishi va qo'llanishi ko'rib chiqiladi.
Elektronikaning, keng ma’noda aytganda (umumiy elektronikaning), qo‘llanish sohasi bo‘yicha qurilmalarning sinfiga, nazariy savollarning tabaqasiga qarab guruhlarga bo'lish mumkin. Shuning uchun fizika bo‘limini nazarda tutib, fizik elektronikani ajratib olamiz. Unda jismlarning elektr o‘tkazuvchanligi, kontakt va termoelektron hodisalar ko'rib chiqiladi; texnik elektronika deganda, uning shunday bo‘limlari tushuniladiki, ularda asbob va apparatlaming tuzilishi,ularning ulash sxemalari tasvirlanadi; yarimo‘tkazgichlar elektronikasi deb,yarimo'tkazgichli asboblar tegishli qo'llanishining barcha yonalishlariga aytiladi.
Ba’zan hamma elektronika uchta yirik sohaga bo'linadi: vakuumli elektronika,u elektrovakuum asboblarni (elektron lampalar, fotoelekron qurilmalar, rentgen trubkasi, gaz razryadli asboblar) yaratish va qo'llashga doir barcha masalalarni o‘z ichiga oladi; qattiq jism elektronikasi, u yarim o'tkazgich asboblarni,shuningdek, integral sxemalarni ham, yaratish va qollash bilan bog'liq masalalarni o‘z ichiga oladi; kvant elektronikasi—elektronikaning alohida bo‘limi bo‘lib, lazerlar va mazerlarga tegishlidir.
Bu masalalarning barchasi bir tomondan elektronikaning mazmuni haqida taassurot yaratsa, boshqa tomondan elektronika chegarasining noaniqligini qo'shimcha marta belgilab beradi. Elektronika fan va texnikaning juda rivojlanuvchi tarmog ‘idir.





Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling