O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet22/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

II. Yangi mavzuni yoritish;
III. Birlamchi mustahkamlash: tashqi nutqda bilimlarni boshlang’ich mustahkamlash;
IV.Ikkilamchi mustahkamlash: mustaqil ish (o’z faoliyatini tekshirish va baholash bilan) ichki nutqda bilimlarni mustahkamlash;
V.Umumlashtirish: yangi bilimlarni takrorlash orqali orttirilgan bilimlar tuzumiga kiritish, umumlashtirish;
VI.Darsga yakun yasash va uyga vazifa.
Eslatma: Har bir darsning tashkiliy qismi ham bo’lib, unga ko’ra dars boshlanishidan oldin kerakli jihozlar va ko’rgazmali qurollar hamda tarqatma materiallar hozirlab qo’yiladi. Salomlashiladi, davomat tekshiriladi.
Motivatsiya – bosqichining maqsadi o’quvchilarni ongli ravishda darsdan ta’lim jarayoniga olib kirish, darsning maqsadi va mazmunining asosiy yo’nalishlari bilan tanishtirishdan iborat. Dars mavzusini dolzarblashtirish orqali o’quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash yangi mavzuni o’zlashtirish uchun lozim bo’ladigan bilimlar bazasini tekshirish, o’quvchilar bilimidagi kamchiliklarni aniqlash. Yangi mavzuga oid muammoli vaziyatni keltirib chiqarish uchun dars mavzusi va uning maqsadi aytiladi. O’quvchilar e’tibori turli ko’rgazmali vositalar, sxemalar yordamida ham og’zaki (verbal) ham ko’rgazmali (vizual) qilib yangi mavzuning xarakterli qirralari, mavzuga doir hayotiy masala muammo sifatida o’quvchilar e’tibori qaratiladi. Bu bosqichda aqliy hujum metodidan foydalanib o’quvchilar muloqotga chorlash mumkin.
Yangi mavzuni yoritish bosqichida darsning asosiy o’quv materiallari bayon etiladi. Uni bayon qilishda motivatsiya bosqichida yuzaga keltirilgan vaziyatdan kelib chiqib u yoki bu uslub qo’llaniladi. Agar motivatsiya davomida o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirishga oid bilimlari yetarli emasligi aniqlansa, bu holda o’qituvchi keyingi ta’lim jarayoniga o’zi aralashshi, qo’yilgan masala yechimini o’zi namoyish qilishi lozim bo’ladi. Agar o’quvchilar bilimi yetarli bo’lsa, o’quvchilarni guruhlarga yoki juftlarga bo’lib mustaqil ish tashkil qilinadi. O’qituvchi bu holda o’quvchilar guruhiga muammo yechimini topishda tashqaridan turib yo’l-yo’riq berib ham turish mumkin.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling