O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


B/B/B JАDVАLI- Bilаmаn/ Bilib оldim/ Bilishni hоhlаymаn


Download 4.85 Mb.
bet70/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

B/B/B JАDVАLI- Bilаmаn/ Bilib оldim/ Bilishni hоhlаymаn
Mаvzu, mаtn, bo`lim bo`yichа izlаnuvchilikni оlib bоrish imkоnini bеrаdi. Tizimli fikrlаsh, tuzilmаgа kеltirish, tаhlil qilish ko`nikmаlаrini rivоjlаntirаdi.
Jаdvаlni tuzish qоidаsi bilаn tаnishаdilаr.
Аlоhidа /kichik guruhlаrdа jаdvаlni rаsmishаshtirаdilаr. Mаvzu bo`yichа nimаlаrni bilаsiz” vа “Nimаni bilishni хоhlаysiz” dеgаn sаvоllаrgа jаvоb bеrаdilаr (оldindаgi ish uchun yo`nаltiruvchi аsоs yarаtilаdi). Mustаqil/kichik guruhlаrdа jаdvаlning 3 bo`limini to`ldirаdilаr
B/B/B jаdvаli

Bilаmаn

Bilishni хоhlаymаn



Bilib оldim












Venn diagrammasi metodi
Venn diagrammasi - grafik ko’rinishda bo’lib, olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetlarni (ko’rinish, fakt, tushuncha) taqqoslash, tahlil qilish va o’rganishda qo’llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo’ladi.
Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o’qitishni tashkil etish shakli bo’lib, u ikkita o’zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavvurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko’rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
 ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko’rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o’ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;
 navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to’rt kishidan iborat kichik
guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o’z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;
 juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko’rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.

Masalan, 7-sinfda kislorod mavzusini o`qitishda darsning mustahkamlash qismida Venn diagrammasidan foydalanish mumkin.


O`qituvchi o`quvchilarga kislorod va ozon xossalarining o`xshash va farqli tomonlariga oid ma`lumotlarni aytishlarini kerakligini aytadi. Doskaga ikki o`quvchi chiqadi. Biri kislorodga oid, ikkinchisi esa ozon oid aytilgan ma`lumotlarni yozib boradi. (Kichik guruhlarda ham ishlash mumkin.)
Kislorod O2 Ozon O3

Barcha ma`lumotlar yozib bo`lingach, o`quvchilar kislorod va ozonga oid fikrlarni o`qib eshittiradilar. Ularning o`xshash va farqli tomonlarini taqqoslaydilar. O`qituvchi aytilgan fikrlarni izohlab xulosalaydi.



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling