Mustaqil bajarish uchun topshiriq
Yog’lar va karbon kislotalarning ishlatilishini klaster orqali ifodalang.
Amaliy mashg‘ulot 4
Mavzu: Kimyo fanini o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari.
Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan faoliyat
Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim
Innovatsion ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Innovatsion texnologiyalar turli-tuman bo`lib, ularning ayrimlarining tasnifi va kimyoda qo`llanishi bilan tanishib chiqamiz.
«Zinama - zina» texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg’ulot o’quvchilarni o’tilgan yoki o’tilishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha yakka va kichik jamoa bo’lib (fikrlash hamda xotirlash, o’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to’plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatadi. Bu texnologiya o’quvchilar bilan bir guruh, ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. O’quvchilarni erkin, mustakil va mantikiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |