1 guruh
CuO, N2O5, CO2
CaO, Na2O, Fe2O3
|
II guruh
Fe2O3, HgO, K2O
CO2,SO2, BaO
|
So`ngra har ikki guruhni A va B variantga bo`lib test savollari tarqatiladi.
Testdan ayrimlarini ilova qilamiz.
1. Fe2O3 ning nisbiy molekulyar massasi qansha?
A) 150 g¤ mol C) 160 g¤ mol
B) 120 g¤ mol D) 115 g¤ mol
2. N2O3 formulada azotning valentligi neshaga teng?
A) 5 B) 3 C) 2 D) 1
3. Asosli oksidlar qatori qaysi?
A) Na2O, CaO, BaO C) Al2O3, SO2, CuO
B) K2O, SO3, Al2O3 D) K2O, Na2O, SO3
4. Amfoter oksidlar qatorini toping?
A) CuO, Fe2O3, BeO C)Na2O, CaO, Al2O3
B) Cr2O3, Al2O3, ZnO D) Al2O3, ZnO, SaO
5.Murakkab moddalar qatori qaysi?
A) H2, O2, N2 C) CuO, Al2O3, ZnO
B) H2O, CaO, N2O3 D) Fe, Cu, H2O
Amaliy ish 7
Mavzu: Kimyo fanini o’qitishda o’yin mashqlardan foydalanish.
Didaktik o`yinlar o`rganilayotgan ob`yekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida o`quvchilarning bilishga bo`lgan qiziqishlari, faolliklarini oshirishga xizmat qiladi.
Didaktik o`yinlar o`quvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o`qish ko`nikmalarini faol o`zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo`lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi. Bu o`yinlar o`quvchilarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo`riqishlarini kamaytiradi. Darsda o`quvchilarning o`quv mehnati faoliyatini tiklsh, charchog`ini yozish, kayfiyatini ko`tarish, dam oldirish uchun turli didaktik o`yinlardan foydalanish mumkin.
Didaktik o`yinlar qatori darsning takrorlash, mustahkamlash qismida va darsdan tashqari mashg`ulotlarda o`yin mashqlardan foydalanish ham yaxshi samara beradi. O`yin mashqlarga “domino”, “kimyoviy shashka”, rebus, krossvord, uchinchisi ortiqcha, kim chaqqon, filvord, formulani top, kimyoviy topishmoq, loto, xatosini top va boshqalarni kiritish mumkin.
Kimyoni o`qitishda quyidagi o`yin mashqlardan foydalanish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |