Topishmoqlar
Kimyoviy elementlarga doir topishmoqlar
Ko`rinmaydi u ko`zga aslo
Gar bo`lmasa hayot bo`lmag`ay.
U bo`ladi yerda ham, samo (Kislorod)
Javobin ayt tezda o`ylamay.
Ayollarga zeb bo`glayman,
Og`izlarda yaltirab chunon.
Topsa meni insonlar balki,
Mol dunyoyu, keltiraman shon. (Oltin)
Men bormanku har bir sohada,
Yog`dularim yo`lni yoritar.
O`tma aslo kechroq mozordan,
Nurlarimchi, seni qo`rqitar.
Men bormanku har bir sohada,
Yog`dularim yo`lni yoritar.
O`tma aslo kechroq mozordan,
Nurlarimchi, seni qo`rqitar. (Fosfor)
Katta shaharchada tursam ham o`zim,
Kichik shaharchada bor farzandlarim.
Men ularni parvarish etib,
Uy to`ridan tanho joy oldim.
Farzandlarim uy-joyli qilib
Oilamning nomini oldim. (Lantan)
Men bo`laman metallarning guli
Menda bordir tiniq, musaffo,
Cohibjamol Venera nuri
Axir meni qadim zomondan
Ishlatganlar yasashib qurol.
Men tanamdan elektr to`kin,
O`tkazaman yaxshi va darhol.
Qotishmamdan yasalgan nishon,
Ko`pchilikni qiladi shodon. (Mis)
Kimyodan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda turli krossvordlar, filvordlar kabi didaktik o`yinlardan foydalanish o’quvchilarning kimyo fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashga, fikrlash doirasini kengaytirishga va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga yordam beradi.
Krossvord Krossvord- inglizcha Crossword so’zlarning kesishuvi ma’nosini bildiradi. Mantiqiy tafakkurni o’stirish maqsadida o’quvchilar bilan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda zaruriy bilim, ko’nikma, malakani takomillashtirish uchun tashkil qilinadigan boshqotirmalarning bir turi hisoblanadi.
O’yinning qoidasi shuki, krossvord kataklarini matndagi savollar asosida to’g’ri javob topish, uni berilgan yo’nalishlar bo’yicha harf yoki raqamlar yordamida to’ldirish asosida hal qilinadi.
Yozilgan so’zlar berilgan shaklning eniga ham (gorizantal), bo’yiga ham (vertikal) yoziladi va bunda kesishgan kataklardagi harflar har ikkala yo’nalishdagi so’zlarga ham tegishli bo’ladi. Bu esa to’g’ri topilgan bir so’zning kesishgan kataklaridagi harflari 2-so’zning to’g’ri topilishiga yordam beradi. Kesishgan kataklardagi harf 2-so’zning o’rtasida ham, boshida ham kelishi mumkin. Namuna sifatida “Metallmaslar” mavzusi bo’yicha tayyorlangan kimyoviy krossvordni keltirib o’tamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |