O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun toshiriq Kimyo mavzulari bo`yicha krossvord filvord va chaynvord tuzing. Amaliy mashg‘ulot 8 Mavzu
- Viktorina o`tkazish bo`yicha namuna Savollar
Chaynvordlar Quyidagi qo`shimchalar bilan tugallanadigan elementlarni toping. 1 )Reniy. 2)Ganiy. 3)Gafniy. 4)Dubniy. 5)Magniy. 6)Poloniy. 7)Aktiniy. 8)Ruteniy. 9)Kremniy. 10)Germaniy. 11)Sirkoniy. 12)Neptuniy. 13)Plutoniy. 14)Alyuminiy. 15)Gadoliniy. 16)Kaliforniy. 17)Eynshteyniy 18)Protaktiniy. Mustaqil bajarish uchun toshiriq Kimyo mavzulari bo`yicha krossvord filvord va chaynvord tuzing. Amaliy mashg‘ulot 8 Mavzu: Kimyo fani bo`yicha darsdan tashqari mashg`ulotlarda intellektual ijodiy o`yinlar. Kimyo fani bo’cha darsdan tashqari mashg’ulotlarda intellektual ijodiy o’yinlardan “Zakovat”, “O`yla, izla, top”, “Kimyoviy viktorina” kabilarni foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu o`yinlar orqali o`quvchilarning kimyo fani bo`yicha olgan bilimlarini takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish mumkin. Viktorina o`tkazish bo`yicha namuna Savollar: 1.Kimyoviy tajribalarda eng ko`p ishlatiladigan asbobning nomini bilasizmi? 2. Qaysi `shakar` zaharli bo`lgani uchun ovqatlanishda ist`emol qilib bo`lmaydi? 3.Birinchi kimyogar o`zbek ayoli kim? 4.Nima uchun inert gazlarning biriga grekcha `yalqov` deb nom berilgan, u qaysi gaz? 5.Nima uchun shamning alangasi yorug` bo`ladi-yu, spirt lampasining alangasi yorug` bo`lmaydi? 6.Hidsiz kislorod gaziga hech narsa qo`shmay turib, uni qanday qilib hidli qilish mumkin? 7. Qanday suvda kartoshka botmaydi? 8.Suvga cho`kkan tuxum qanday qilsa suv betiga qalqib chiqadi? 9.Dunyoda eng engil suyuqlik nima? 10.Ikki xil eritmadan ularni haydamasdan turib, toza suvni qanday qilib ajratib olish mumkin? 11.Qaysi yirik kimyogar va taniqli kompazitor D.I.Mendeleevning yaqin do`stlaridan biri edi? 12.Davriy qonun kashf etilganiga qadar ma`lum elementlarning soni nechta edi? Hozirda esa nechta element mavjud? JAVOBLAR: 1.Kimyoviy tajribalarda eng ko`p ishlatiladigan asbob probirka. 2. Qo`rg`oshin `II` asetat tuzining mazasi shirin bo`lgani uchun u qo`rg`oshin `shakari` deb yuritiladi. Ammo bu tuz juda zaharli bo`lganidan iste`mol qilish mutlaqo mumkin emas. 3.Birinchi o`zbek kimyogar ayol-Zarifa Saidnosirova. 4.Grekcha `a` -qarshi, `ergon` - ish demakdir. O`sha paytda argon har qanday sharoitda ham, har kanday modda bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmagani uchun unga `yalqov` gaz deb nom berilgan. 5.Sham yonganda, undagi uglerodning bir qismi to`liq yonmasdan cho`g`lanadi va cho`g`langan uglerod zarrachalari shu`la tarqatadi. Spirt bug`lanib to`liq yongani uchun yorug`lik tarqatmaydi. 6.Kislorod zaryadlangan ozonator ichidan o`tkazilsa, ozonga aylanadi. Ozonning o`ziga xos hidi bor. 7.Tuzli suvda kartoshka botmaydi.Namokobga toza suv quyilsa, kartoshka yana botadi. 8.Tuxumning solishtirma og`irligi suvnikidan bir oz kattaroq bo`lgani uchun u suvga cho`kadi. Agar suvga tuz solib qo`yilsa, tuz erib ketishi bilan tuxum suv betiga qalqib chiqadi, chunki eritmaning solishtirma og`irligi tuxumnikidan katta bo`ladi. 9.Eng engil suyuqlik vodoroddir. 10. 100 ml bir molyar rux sulfat eritmasiga 100 ml bir molyar bariy sulfid quyilsa suvda erigan ikki tuz o`zaro reaksiyaga kirishib, suvda erimaydigan bariy sulfat va rux sulfid tuzlarini hosil bo`ladi. Bular bir ozdan keyin cho`kib, toza tiniq suv ajraladi. 11.Aleksandr Profirevich Borodin D.I.Mendeleevning yaqin do`stlaridan biri edi. 12.Davriy qonun kashf etilgan vaqtda 63 ta element ma`lum edi. Hozirda 118 ta element mavjud. Shu bilan birgalikda kimyodan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda turli anagrammalar, chaynvordlar, logogrif kabi didaktik o`yinlardan foydalanish o’quvchilarning kimyo fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashga, fikrlash doirasini kengaytirishga va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga yordam beradi. Anagrammalar. Ushbu anagrammalar kimyoviy so’z va iboralardagi xarflar o’rni almashtarilganda hosil bo’ladigan yangi so’z va iboralarni va ekvivalent tarzida bayon qilish yo’li bilan tuzilgan. Qadimgi va dunyoviy, ammo o’lik tillardan biri = qimmatbaho va noyob metall. Yuza birligiga to’g’ri keladigan kuch = oson bog’lanuvchi og’ir metall. Uzun ip yoki chiviq shaklidagi metall mahsulot = Issiqlik va elektr tokini yaxshi o’tkazadigan metall. Xajmdor qadah, jom= Kimyoviy idish Sof, musaffo= Havo tarkibidagi gaz. Geometrik shakl= Galogen. To’qayzor va botqoqliklarda o’simliklarning chirishidan hosil bo’ladigan zich massa, qattiq yoqilg’i = Eng aktiv metallmas. Erkak echki + “Qidir, top” ma`nosidagi buyruq fe`li +Cholg’i asboblarning tebranib tovush chiqaradigan ipi = Kimyoviy reaktsiyalarning tezligiga ta`sir etuvchi modda. Yigirish, to’qish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan juda ingichka, puxta tabiiy yoki sun`iy material + Lotin alfavitining oxiridan uchinchi harfi = Dissotsilangan proton hosil qiluvchi murakkab modda . O’rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan tarixiy afsona = Suvda eriydigan asos. Gazlama, material, gazmol = Molekulaning tarkibiga kiruvchi kichik zarracha. Xushbo’y suyuqlik, attorlik buyumi + Kuchli suv oqimi, shiddatli yomg’ir, jala = Nitrat kislota tuzlarining umumiy nomi, mineral o’g’it. ANNAGRAMMALARNING JAVOBLARI: Lotin=Oltin; 2. Bosim=Simob; 3. Sim=Mis; 4. Bokal=Kolba 5. Toza=Azot; 6. Romb=Brom; 7. Torf=Ftor; 8. Taka+Izla+Tor=Katalizator; 9. Tola+iks=Kislota; 10. Shiroq=Ishqor; 11. Mato=Atom; 12. Atir+Sel=Selitra; Logogriflar-so’zlardagi harflarni o’zgartirish, olib tashlash yoki harf qo’shish orqali yangi so’z hosil qilish o’yinidir. Quyida shunday so’zlarning yashiringan tizimi keltirilgan. 1.Tarkibida 2% dan ko’p miqdorda uglerod saqlovchi temir qotishmasi – Bir yilda ikki marta gullab, ikki marta hosil beradigan sariq gulli o’simlik (tibbiyotda buyrak toshini erituvchi ekstrakt olish uchun, halq xo’jaligida bo’yoq modda olish uchun ishlatiladi). Azotning analogi – Qora dengizni Marmar dengizi bilan bog’lab turuvchi suv yo’li. Botqoqlik yoki kon gazi – Ivitilgan sutdan olingan qaymoq. Tarkibida kislota qoldig’i va metall atomlari bo’lgan murakkab modda – suvning agregat holati. Xayvonlardan olinadigan tabiiy tola – Tolasidan dag’al mato, arqon to’qiladigan bir yillik o’simlik. Qo`sh rangli yaltiroq, yengil metall – Temir va po’lat buyumlarga ta`sir etuvchi jism. Ishqoriy metall – Qulf ochish uchun moslama. Molekulasi tarkibida uglevodorod radikali bilan bog’langan gidroksil gruppa saqlovchi organik modda - Sog’liqni mustahkamlash va jismoniy barkamol bo’lish yo’lidagi mashq va o’yinlar majmui. Uglerodning allotropik shakl o’zgarishdaridan biri – Tarkibi kvarts shpati va slyudadan iborat donador qattiq tog’ jinsi. Tarkibi qo’rg’oshin (II)-oksididan iborat qizg’ish-sariq rangli kristall modda – Ommaviy tashkilotlarning yoki bir kasbdagi kishilarnig katta yig’ilishi, kengashi. Qizil-qo’ng’ir rangdi badbo’y suyuqlik - Po’latning sifatini yaxshilovchi metallardan biri. Qattiq mineral, qimmatbaho tosh – Kontsentratsiyalari turlicha bo’lgan ikki eritma orasida yoki toza erituvchi bilan eritma orasiga erituvchi molekulalarining yarim o’tkazgich parda orqali bo’ladigan diffuziyasi. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling