O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet24/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Nazorat savollari
1. Qanday dars shakllari farqlanadi?
2. Qachon jamoaviy ishlsh maqsadga muvofiq keladi?
3. Dars bosqichlarining vaqt taqsimotini izohlang.
4. Laboratoriya ishlariga qancha vaqt sarflanadi?

5-Mavzu: Kimyo fanini o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va bosh­qarish yo’llari
Reja:

  1. O’quvchilarni to’laqonli o’quv-bilish jarayoni­ning sub’ektiga aylantirish.

  2. Maqsadga muvofiqlik loyi­ha­lash, maqsadni amalga oshirish, natija­ni tahlil qilish va baholash bosqichlari.



Tayanch iboralar: o’quv-bilish jarayoni, loyi­ha­lash, maqsadni amalga oshirish, natija­ni tahlil qilish va baholash bosqichlari.

Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim tarbiya jarayonida o’qituvchining pedagogik faoliyati va o’quvchilarning o’quv bilish faoliyati maqsadga muvofiq o’zaro uzviy tashkil etilishi darajasi ko’rsatkichi samaradorlik ko’rsatkichi sanaladi.


Ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim tarbiya jarayoni yaxlit tizim holida tasavvur qilish zarur.
Ta’lim muassasalaridagi ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning barcha shakllari mazkur ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni bajarishga xizmat qilishi lozim.
Mashg’ulotlardagi o’qituvchining faoliyati pedagogik faoliyati sanalib, mazkur faoliyat ta’lim mazmunini o`quvchilar ongiga yetkazishga qaratilgan va mazkur mazmundan kelib chiqib o’qitish vositalari, metodlari va shakllaridan foydalaniladi.
O’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan ta’lim mazmunini o’rganishga zamin tayyorlaydigan o’quvchilarning faoliyati ularning o’quv bilish faoliyati sanaladi.
Kimyo fanini rivojlanishida ko’plab umumiy mahoratlar talab qilinadi; masalan, muammolarni hal qilishda, namunalarni ifodalashda, atrof-muhitga xavf-xatar tahdid solganida yoki jamiyatning yuksalib borishiga qandaydir hissa qo’shishni tushunib yetamiz.
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish deganda, o`quvchilarda yuqori darajadagi motiv, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga bo’lgan ongli ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va ijtimoiy mеyorlarga mos hulqning paydo bo’lishi tushuniladi.
Mazkur tipdagi faollik har doim ham vujudga kelavermaydi, faqat o’qituvchining maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko’rsatishi va qulay pedagogik-psixologik muhitni tashkil etish mahorati tufayligina vujudga keladi.
Kimyo o`qitish jarayonida maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish va qulay ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirishi o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan pedagogik texnologiyalarga bog’liq bo’ladi.
O`qitish jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning intellektual imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish quyidagi umumiy omillarga bog’liq bo’ladi:

  • O’rganilayotgan mavzu yuzasidan muammoli savollar tizimi tuzish;

  • Qo’yilgan muammoli savollar tizimi asosida suhbat metodi orqali tushuntiriladigan mavzu materiallarini o’rgatish va uning tub mohiyatini ochib berish;

  • Muammoli savol asosida izlanish xarakteridagi o’quv vazifalarini qo’yish.

Yuqoridagi bosqichlar asosida o’quv materiali tushuntirilganda o’quvchilar o’zlari darrov tushunib yetmaydigan fakt va tushunchalarga duch keladilar. Natijada o’rganilayotgan mavzu materiali bilan o’quvchilar orasida muammoli vaziyat hosil bo’ladi.
Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o’quvchilarning aktiv fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida o’quv jarayonini qayta qurish muammoli ta’limning asosiy g’oyasini belgilab beradi. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni muammoli ta’lim deyiladi.
Muammoli ta’limda o’qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng murakkab tushunchalar mazmunini tushuntira borib, o’rganilayotgan mavzu materiali bilan o’quvchilar orasidagi muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga keltiriladi, o’quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada o’quvchilar bu faktlarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va umumlashtiradilar.
O’qitish jarayonida qo’yilgan maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, ularning har ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa chiqara olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsagina samara berishi mumkin.
Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish va kafolatlangan natijaga erishish o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq.
O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi maqsaddan natijaga erishish uchun qanday texnologiyani tanlashlari ularning ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq, ya’ni natijaga erishishga qaratilgan. Bunda o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi.
O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchi tomonidan bo’lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir. Chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan fanning xususiyatidan, o’quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlar va usullarni bilishi kerak bo’ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq.
Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak.
O’qituvchi tomonidan har bir mavzu, har bir dars bo’yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik xarita unga o’z fani, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishga (bir chorak, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishilgan natijasigacha ko’ra olishga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritani o’quvchining imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa o’qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Ilova


  1. Download 4.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling