O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet25/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Darsning maqsadi va vazifalari.

Dars maqsadi 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan (o’lchamli) bo’lishi maqsadga muvofiq.
Darsning 1) ta’limiy, 2) tarbiyaviy va 3) rivojlantiruvchi maqsadlari bor va ular davlat ta’lim standartlari bilan bog’liqdir.
Dars maqsadlarini ifodalashga quyidagi talablar qo’yiladi:
1) real,
2) erishsa bo’ladigan,
3) aniq (konkret) va
4) erishganlik darajasini o’lchasa (baholasa) bo’ladigan.
Darsning ta’limiy maqsadi dars jarayonida o’quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko’nikma va malakalar asosida belgilanadi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi dars jarayonida o’quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi dars natijasida o’quvchilarda qaysi bilim, ko’nikma va malakalar hamda axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.
Dars bolalarga bilim berish va berilgan bilimni ularning ko’nikmasiga aylantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv mashg’ulotlarida ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o’tish uchun sarflanadi.
Fan va texnikaning tobora rivojlanib borayotgan taraqqiyoti maktabda kimyoni o’qitishda yangi talablarni qo’ymoqda. Shundan kelib chiqib, maktabda kimyo ta’limining maqsad va vazifalariga quyidagicha aniqlik kiritilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Amaliy faoliyat bilan bog’liq maqsadlar
- o’quvchilarda to’la qonli turmush kechirishi uchun kerak bo’ladigan fikrlash, mushohada yuritish, abstrakt hamda deduktiv mulohaza yurita olish ko’nikmalarini shakllantirish;
- o’quvchilarda mustaqil ishlash, o’rganish va ta’lim olish amaliy faoliyat ko’nikmalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadlar
- o’quvchilarda ijobiy qadryatlarni shakllantirish asosida jamoaviy faoliyatda o’z o’rnini topish, muomala madaniyati va o’z hatti-harakatlarining miqdoriy jihatlarini baholay olish hamda yuqori natija olishga intilish xislatlarini tarkib toptirish.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling