O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet28/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

6-Mavzu: Kimyo fani o’qituvchisining innovatsion faoliyatini loyihalashtirish.
Reja:

  1. Ta’lim – tarbiya jarayonida kimyo fani o’qituvchisining innovatsion faoliyatini o’ziga xos xususiyatlarini loyihalash.

  2. Innovatsion faoliyatda o’qituvchilarning pedagogik faoliyati va o’quvchilarning o’quv bilish faoliyatini uyg'unlashtirish.

Tayanch iboralar: “innovatsiya”, ta’lim innovatsiyalari, innovatsion ta’lim, o’quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, dars ishlanmasi, dars maqsadlari
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari. Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Zamonaviy sharoitda o’quvchilarning o’quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovаtsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o’qitish, Blended learning (aralash o’qitish) va mahorat darslari ta’limning innovаtsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
Innovasion texnologiyalar va interfaol metodlarning asosiy mezonlari – o`quvchilarning o’quv bilish faoliyatini boshqarish, o’quv jarayonini oldindan loyihalash, rejalashtirish, ta’lim jarayonida invariant testlardan foydalanish kabilardan iborat. Ana shu ma’nolar asosida taniqli olimlar va metodistlar tomonidan bir necha yo’nalishlar aniqlangan, ular quyidagilardir:

  1. O`quvchining o’quv-bilish faoliyatini boshqarish ta’lim jarayonining ajralmas qismidir. Pedagogik texnologiyaga oid ilmiy tadqiqotlarda ta’lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuvning nazariy biri sifatida “boshqarish algoritmi” tushunchasi ham tilga olinadi. Boshqarish algoritmi – o`quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish, uni kuzatish, nazorat qilish, uning mazmunini korrektsiyalash (tahrir etish)dan iborat tizimni ifodalovchi tushuncha sanaladi.

  2. Pedagogik texnologiyaning samaradorligini ta’minlashning ustuvor yo’nalishlaridan biri o’quv jarayonini rejalashtirish va dars sifatini baholashdan iborat bo’lib, u o’quv predmetlarining o’zaro aloqadorligi, ta’lim jarayonining uzviyligi hamda uzluksizligini ta’minlashga xizmat qilishi lozim.

Zamonaviy ta’lim texnologiyalari belgilangan maqsadga muvofiq yo'nalish va hajmga ega bo'lgan ta’lim mazmunini davlat ta’lim standartlari, o'quv rejasi, o'quv dasturi va darsliklar asosida yetkazishga xizmat qiladi. Har qanday texnologiya ta’lim maqsadiga mos sabab bilan yaratiladi.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling